Telegram Web Link
📢📢📢06.07.2025 sanada olingan BLOKLI test materiallari bemalol olib foydalanishingiz mumkin👇👇👇
#Diqqat
⚡️⚡️ OXIRGI ASOSIY REPETITSION TESTI...! ⚡️⚡️

IMTIHON TAQDIRNI HAL QILADI. REPETITSION TEST ESA UNGA TAYYORLAYDI!

☝️☝️☝️ 13-IYUL 📆 Yakshanba kuni Prezident maktabining ENG MUHIM ASOSIY imtihoni bo'lib o'tadi💯.

☝️Test da ishtirok etish narxi: 30 000 so'm

Kimlar ishtirok eta oladi?
Prezident maktabi saralash boshqichi+Al-Xorazmiy maktabi imtihoni repetitsion testiga 3-4-sinf o'quvchilari


DIQQAT‼️ Saralash imtihoniga Zarur bo'lgan Formulalar+Tavsiyalar = HAMMASI BIR TESTDA!

Kursimizda bo'lmagan o'quvchilar ham bemalol qatnashishlari mumkin...

👉👉👉Manzil: Furqat tuman "Ardaxshon" MFY Gaz idorasi ro'parasidan kiriladi

Telegram kanal: @Piramida_ATM
Telegram guruh: www.tg-me.com/PiramidaArdaxshon

Murojaat uchun telefonlar:
📞+998945053252
📞+998905892799
📞+998948850990
📣ABITURIYENTLAR DIQQATIGA🔈
Eng so'ngi marta o'zingizni sinaysiz...!
👋👋👋Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va oʻquvchilar 🔥🔥🔥

➡️🟢 13-IYUL 🟢⬅️
🗓 Sana: 13.07.2025 Yakshanba kuni
Soat: 08:00 da
🏫 "PIRAMIDA" o'quv markazimizda bo'lib o'tadigan
😀 Barcha OTM ga topshiruvchi o'quvchilarimiz uchun tayyorlangan
Barcha fanlardan
☑️DTS talablariga mos darajada tuzilgan
😀 BLOKLI va HAFTALIK DIAGNOSTIK TESTLARIMIZ ga taklif etamiz ...😀😀😀

📊Kursimizda bòlmagan Abituriyentlar ham bemalol qatnashishi mumkin...

💸BLOKLI Test uchun to'lov: 10 ming sòm

💸 HAFTALIK Test uchun to'lov: 5 ming sòm

📌📌📌Manzil: Furqat tumani "Ardaxshon" MFY, Gaz idorasi ro'parasida

🌐Telegram manzilimiz😀👇👇
Kanal: @Piramida_ATM
Guruh: @PiramidaArdaxshon

🌐Murojaat uchun telefonlar:
Admin ☎️ +998945053252
+998905892799
+998948850990
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.

Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/28279

Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/24856

(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
PIRAMIDA ATM 🧑‍🎓👩‍🎓
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha…
❗️Imtihonga oid muddatlar:
#abituriyent

14-23-iyul — test jarayonlari;

24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);

8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);

17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

***

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

❗️Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.



👉 @xushnudbek 👈
🏫 "PIRAMIDA" O'QUV MARKAZIMIZDA
📆 Sana: 13.07.2025 da o'tkazilayotgan
BLOKLI va HAFTALIK DIAGNOSTIK TEST jarayonlari davom etmoqda.....
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent

3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;

Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Ertadan boshlanadigan test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).


👉 @xushnudbek 👈
2025/07/14 15:34:17
Back to Top
HTML Embed Code: