Telegram Web Link
#qabul_2025
#murojaat_uchun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2025/2026-oʻquv yili uchun oʻquvchilar qabuli boʻyicha Call-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

2025/2026-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablariga oʻquvchilar qabuli boʻyicha Call-markaz 10-maydan oʻz faoliyatini boshladi.

☎️ Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

🤖 Murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatboti yaratildi;

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi barcha maktablarda murojaatchilar savollariga javob berish uchun Murojaatlar markazi ishga tushdi.

📍Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida farzandini oʻqitish istagida boʻlgan ota-onalar oʻz hududida joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etilgan Murojaatlar markaziga borib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boʻlib oʻtmoqda.

“Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq.

Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur”,
-
dedi davlatimiz rahbari.

Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi.

Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratildi. Bog‘cha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayapti.

Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.

@hilola_umarova
Oʻtgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning taʼlim dasturi joriy qilindi.

Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi qayd etildi.

Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming oʻquvchi 2 milliondan 5 million soʻmgacha oylik olayapti.

Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.

Lekin, ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/05 12:35:10
Back to Top
HTML Embed Code: