Telegram Web Link
#ilmiy_metodik_kengash

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev, masʼul xodimlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan taniqli olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribali amaliyotchi oʻqituvchilari hamda darslik mualliflari ishtirok etdi.

Kengash kun tartibida Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 7-sinflar uchun algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsliklar, 5-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma, shuningdek Prezident maktablari huzurida tashkil etilgan “Bitiruvchilar kengashi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori” nomli to‘plam muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida kun tartibiga kiritilgan darsliklarning mualliflari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur darsliklarga nisbatan oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan berilgan taqrizlar tinglandi.

Yigʻilish yakunida Ilmiy-metodik kengash tomonidan taqdimotlar chogʻida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 11:41:02
Back to Top
HTML Embed Code: