Telegram Web Link
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ilm_eng_buyuk_sharaf

🔔 Agentlik tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🤩 Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda mustaqil hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.

🗣Joylarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.

🟢Ushbu tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakillari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, deputatlar, shoir va yozuvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shusha_2025
#Termiz_shahri
#Turon_ijodiy_jamoasi

🎼Termiz shahridagi Prezident maktabining “Turon” bolalar ijodiy jamoasi Ozarbayjon Respublikasining Boku va Shusha shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi sifatida ishtirok etish uchun yaqinda jo‘nab ketishmoqda.

🔗Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarimizga berilgan bunday ishonch va shu bilan birga mas’uliyatli vazifa Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasiga o‘zgacha faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi.

🤝Ishonamizki, o‘quvchilarimiz o‘zlariga berilgan bu ishonchni munosib oqlab, Yangi O‘zbekistonda har tomonlama yetuk va barkamol, yuksak ma’naviyatli, iqtidorli hamda ulkan salohiyatli avlodlar yetishib chiqayotganligini butun jahonga namoyon etadilar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati

📌Termiz shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnisota universiteti talabasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti Mo‘tabar Abdumurodova tomonidan “Study in USA” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📝M.Abdumurodova maktabimizda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari, chet el oliygohlariga hujjat topshirish jarayonlari, shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔗Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Ayniqsa, AQShdagi eng yirik oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri bo‘lgan Minnesota universiteti kompuslaridan tayyorlangan lavhalar o‘quvchilarning chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Ubbiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha amalga oshiriladi.


Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

▪️10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshladi;

▪️Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

🤖 @piima_admission_chatbot

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 16:51:37
Back to Top
HTML Embed Code: