Telegram Web Link
#Shusha_2025
#Termiz_shahri
#Turon_ijodiy_jamoasi

🎼Termiz shahridagi Prezident maktabining “Turon” bolalar ijodiy jamoasi Ozarbayjon Respublikasining Boku va Shusha shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi sifatida ishtirok etish uchun yaqinda jo‘nab ketishmoqda.

🔗Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarimizga berilgan bunday ishonch va shu bilan birga mas’uliyatli vazifa Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasiga o‘zgacha faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi.

🤝Ishonamizki, o‘quvchilarimiz o‘zlariga berilgan bu ishonchni munosib oqlab, Yangi O‘zbekistonda har tomonlama yetuk va barkamol, yuksak ma’naviyatli, iqtidorli hamda ulkan salohiyatli avlodlar yetishib chiqayotganligini butun jahonga namoyon etadilar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati

📌Termiz shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnisota universiteti talabasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti Mo‘tabar Abdumurodova tomonidan “Study in USA” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📝M.Abdumurodova maktabimizda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari, chet el oliygohlariga hujjat topshirish jarayonlari, shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔗Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Ayniqsa, AQShdagi eng yirik oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri bo‘lgan Minnesota universiteti kompuslaridan tayyorlangan lavhalar o‘quvchilarning chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Ubbiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha amalga oshiriladi.


Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

▪️10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshladi;

▪️Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

🤖 @piima_admission_chatbot

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi

2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.

🤩 Agentlik tizimidagi ijod maktablarining 11-sinflari uchun Ona tili fanidan boʻlib oʻtgan qura tashlash jarayoni vidolavhada.

📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM
#olimpiada_natijalari

⚡️STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI NATIJALARI EʻLON QILINDI

🤩 Joriy yilning 16-17–may kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtgan edi.

📆 19-20-may kunlari hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilarning nazorat materiallari tekshirib chiqildi va 22-23-may kunlari apellyatsiya jarayonlari o‘tkazildi.

🗣Mazkur havola orqali natijalar bilan tanishish mumkin:

🌐 https://gov.uz/oz/ima/news/view/56491

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol #direktor_kubogi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🏆Termiz shahridagi Prezident maktabida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasiga start berildi.

⚽️Musobaqa 5-6-sinflar hamda 7-8-sinflar kesimida tashkil qilingan bo‘lib, “Blue” hamda “Green” sinflar qur’a tashlash yo‘li bilan o‘zaro bellashmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/07/05 04:24:00
Back to Top
HTML Embed Code: