Telegram Web Link
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi

🤩 BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:

🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.

📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.

🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.

🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#27_iyun
#Matbuot_va_OAV_xodimlari_kuni

Hurmatli ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlari!

Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

So‘z va matbuot erkinligini rivojlantirishda, aholining media savodxonligini oshirishda,Yangi Oʻzbekistonda erishilayotgan ulkan yutuqlarni keng targʻib etishda sizlarning oʻrningiz beqiyos.

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari, kasb bayramingiz yana bir bor muborak boʻlsin! Qadamingiz shaxdam, qalamingiz oʻtkir, ijodingiz haqiqatga yoʻgʻrilgan boʻlsin!

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/06/29 17:21:58
Back to Top
HTML Embed Code: