Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma

Milliy dasturga ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

💥Dunyoning nufuzli oliygohlarida talaba bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimizni Milliy dasturda kutib qolamiz.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
11
#imtihon_2025
#Al_Beruniy_maktabi

Ayni vaqtda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 6 184 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan (bir o‘ringa o‘rta hisobda 103 nafar talabgor).

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etilmoqda. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.


Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥7👍53💯1

#Ochiq_muloqot

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-ustozlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🌐 Unda mas'ullar va oliygoh pedagogik jamoasi ishtirok etdi hamda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.


Ochiq muloqot davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Alisher Ubbiyev institut jamoasiga tanishtirildi.

Shundan so‘ng, vazir Hilola Umarova institut muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi va mazkur oliygoh qoshida tashkil etilgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotini ko‘zdan kechirdi.

🌐 Unda ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z takliflari bilan bo‘lishdi.

Uchrashuvda, shuningdek maktabgacha ta’lim yo‘nalishida klaster usulida kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: foydalanishga topshirish arafasida turgan mazkur MTT institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2025/07/12 14:12:17
Back to Top
HTML Embed Code: