Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Ochiq_muloqot
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-ustozlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🌐 Unda mas'ullar va oliygoh pedagogik jamoasi ishtirok etdi hamda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shundan so‘ng, vazir Hilola Umarova institut muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi va mazkur oliygoh qoshida tashkil etilgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotini ko‘zdan kechirdi.
🌐 Unda ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z takliflari bilan bo‘lishdi.
Uchrashuvda, shuningdek maktabgacha ta’lim yo‘nalishida klaster usulida kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: foydalanishga topshirish arafasida turgan mazkur MTT institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8💯1