Telegram Web Link
#sheʼriyat_kechasi #Muhammad_Yusuf
#Termiz_shahri

Maktabimizda o‘zbekning qalbidan mangu joy olgan, yosh-u keksalarning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo birlashganda” shiori ostida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

🎼Ochiq osmon ostida tashkil etilgan kechamiz butun maktab jamoasi bilan o‘zgacha fayzga to‘ldi. Unda shoirning hayot va ijod yo‘li haqida o‘quvchilarimiz ma‘lumotlar berib o‘tdilar. Ayniqsa, katta hayajonlarga to‘la bo‘lgan o‘quvchilar va ustozlar o‘rtasidagi sevimli shoirimizning she’rlaridan ijro etish chorlovi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, barchani she’riyat dunyosiga olib kirdi.

🎤Ustozlarimiz ijro etgan Muhammad Yusuf she’rlaridan yaralgan qo‘shiqlar hamda o‘quvchi qizlarimiz raqslari ham kechamizga ko‘rk berdi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4S_maʼnaviyat_festivali
#Prezident_maktablari
#Termiz #Qarshi

⚡️Ayni vaqtda Qarshi shahridagi Prezident maktabida “4S” — Spirituality, Sport, Science, Socializing deb nomlangan keng ko‘lamli ma’naviyat festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident maktablari o‘rtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlar o‘rtasida sport va milliy urf-odatlarni keng targ‘ib etish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qituvchilar o‘rtasida jamoaviy ishlashni tizimli tashkil etishga qaratilgan ushbu fevtivalga maktabimiz jamoasi mehmon sifatida tashrif buyurgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 19:32:11
Back to Top
HTML Embed Code: