Telegram Web Link
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.

📆 Bugun, 30-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:

🟢 Prezident maktablaridan 334 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha;

🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;

🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi Matematika fani bo‘yicha;

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!

Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.

Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.

Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.

Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.

Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.

Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
Forwarded from Alisher Ubbiyev
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Qadrli va aziz bolajonlar!

Sizlarni bugungi quvonchli sana — 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagisizlar. Har biringizda yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan salohiyat, buyuk orzu va cheksiz imkoniyatlar mujassam. Ushbu kuch — Sizning ilmga bo‘lgan intilishingiz, go‘zal tarbiyangiz va yurtga bo‘lgan sadoqatingiz bilan mustahkamlanib boradi.

Bugun maktablarda chuqur o‘rganayotgan fanlaringizga, bir zamonlar bolaligida xuddi sizlar kabi zehni o‘tkir, ilmga chanqoq bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlari, ustozlari bergan saboqlar tufayli ular dunyoni lol qoldirgan buyuk shaxslarga aylanishgan. Bugun ilm-fan eshigining kaliti — aynan Sizning qo‘lingizda.

Mamlakatimizda Sizning bilim olishingiz, yuksak orzularingiz sari intilishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, orzularingiz sari dadil qadam tashlang.

Men ishonaman, Sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan, bilimli, vatanparvar va kasb-hunar egasi bo‘lgan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz.

Bu kabi shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ota-onangiz, ustozlaringiz, qolaversa, jonajon O‘zbekistonimiz kutgandek yigit-qizlar bo‘lib ulg‘ayishingizga ishonaman.

Aziz bolajonlar! Sizlarga doimo sog‘lik-salomatlik, baxtli bolalik, oila davrasida quvonchli damlar va orzularingiz ro‘yobini tilayman!

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Ubbiyev
#qabul_2025
#1_iyun_20_iyun

🔔 DIQQAT, EʼLON!

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#festival

🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli oʻquvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida tashkil etilgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

🤩 Oʻquvchilarimiz mazkur nufuzli festivalda oʻzbek milliy kuy-qoʻshiqlari, folklor raqslari va hunarmandchilik namunalari, ijodiy koʻrgazmalari orqali Vatanimizning boy madaniyatini namoyish etib, ishtirokchilar va tashkilotchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni oʻz milliy qadriyatlari, sanʼat va anʼanalari asosida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur festival doirasida oʻquvchilarimiz Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan muloqotda boʻldi.

Shuningdek, oʻquvchilarimiz Ozarbayjon ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, festival taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 09:08:56
Back to Top
HTML Embed Code: