Telegram Web Link
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Yangi ochilgan hamda bo‘sh o‘rni mavjud bo'lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf aniq va tabiiy fanlar hamda 10-sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Surxondaryo viloyatida mazkur imtihonlar quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi
binosi — 1-38-guruhlar
📍Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash
markazi — 39-64-guruhlar
📍Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi
sport zali — 65-73-guruhlar

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Ma‘lumot uchun, kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#imtihon_2025
#Prezident_maktabi

Surxondaryo MTRK | Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6🤩2
#uchrashuv

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📍 Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti vakillari Prezident maktablari saralash imtihonlari hamda Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarida nazoratchi sifatida ishtirok etishmoqda.

🤝 Uchrashuv davomida mehmonlar imtihonlarda nazorat qiluvchi guruh vakillarining professionalligi, yaratilgan qulay va xavfsiz muhit, bolalarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan e’tiborni alohida ta’kidlashdi.

🔍 Kembrij vakillari jarayonlarga yuqori baho berib, ularning xalqaro talablar darajasida tashkil etilganini qayd etishdi.

📌Prezident maktablariga asosiy kirish imtihonlari bo‘yicha fikr almashildi, shuningdek, mavjud hamkorlik doirasida muloqotlar olib borildi.

🗓 Shu bilan birga, Prezident maktablarida IGCSE va AS, A Level imtihonlari jarayonlari, hamda 2026–2027 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan yo‘nalishlar ham muhokama qilindi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🤩2👍1
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆Ertaga, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱 3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha 1206 ga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
#imtihon_2025

9–12-iyul kunlari quyidagi maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

🔹 Ixtisoslashtirilgan maktablar (aniq fanlar);
🔹 Jasorat maktabi;
🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va Filiallari;
🔹 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab;
🔹 Ibn Sino nomidagi Tayanch maktabi va Filiali;
🔹 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat;
🔹 Ijod maktablari
.

🗓 Imtihonlar 9-, 10-, 11- va 12-iyul kunlari, 3 smenada (soat 08:00, 12:00 va 17:00) o‘tkaziladi.

📥 Ruxsatnomalar: ariza.piima.uz orqali yuklab olinadi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari boshlanmoqda.

Surxondaryo viloyatida mazkur imtihonlar 3 smenada quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi
binosi — 1-38-guruhlar.
📍Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash
markazi — 39-64-guruhlar.

1-smena: soat 8:00 da
2-smena: soat 12:00 da
3-smena: soat 17:00 da

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Ma‘lumot uchun, kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
17👍7
2025/07/09 07:17:31
Back to Top
HTML Embed Code: