Telegram Web Link
🔺TTPU vakillari ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurdi

2024-yil 27-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Farg‘ona viloyatida joylashgan “Avtooyna”, “UzSungwoo” korxonalari hamda Andijon shahrida ish faoliyatini boshlagan “VUM-FAW Trucks Uzbekistan” zavodiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar korxonalarning zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari bilan yaqindan tanishib, texnologik jarayonlar, sifat nazorati va muhandislik yechimlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Universitet vakillari korxona xodimlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ta’lim yo‘nalishlari, malaka oshirish kurslari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlikdagi dasturlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Ushbu tashrif universitet va avtomobilsozlik sohasi korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida malakali muhandis kadrlarni birgalikda tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


🔺TTPU representatives visited production enterprises

On May 27, 2024, representatives of Turin Polytechnic University in Tashkent visited the manufacturing enterprises of “Avtooyna” and “UzSungwoo” in the Fergana region, as well as launched “VUM-FAW Trucks Uzbekistan” factory in Andijan.

During the visit, university delegates closely observed the production processes and held discussions on technological innovation, quality control, and engineering solutions.

A presentation was delivered to the company employees about the educational programs, professional development courses, research activities, and international cooperation initiatives of Turin Polytechnic University in Tashkent. All questions raised by the participants were addressed in detail.

This visit marked an important step toward fostering mutual cooperation between the university and automotive industry enterprises, and toward jointly preparing highly qualified engineering specialists in the future.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🔥1👏1
polito.uz
🔺TTPU "UniPromo Challenge" tanlovini e'lon qiladi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba yoshlar orasida ijodkorlik va media sohasida iqtidorlarini aniqlash va ularni rag'batlantirish maqsadida TTPU umumiy faoliyati aks etgan videorolik…
❗️"UniPromo Challenge" tanloviga ro'yxatdan o'tish muddati uzaytirildi!

Talabalarimizning murojaatlari va takliflari inobatga olinib, "UniPromo Challenge" tanloviga ro‘yxatdan o‘tish va videoroliklar yuborish muddati uzaytirildi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan e'lon qilingan mazkur tanlov talaba yoshlarning ijodkorligi va media sohasidagi iste’dodini kashf etish hamda ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.

🔗Ro'yxatdan o'tish

🗓 Muddat: 12.06.2025, 23:59

Shoshiling, ijodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


❗️The registration deadline for the "UniPromo Challenge" has been extended!

Taking into account the suggestions and requests of our students, the deadline for registration and video submission for the "UniPromo Challenge" competition has been extended!

This competition, announced by Turin Polytechnic University in Tashkent, aims to discover and encourage the creativity and media talents of young students.

🔗 Register here

🗓 Deadline: 12.06.2025, 23:59

Don't miss your chance to showcase your creativity — hurry up and take part!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3🙏3👍2
🔺TTPUda "UzMedEn" loyihasi doirasida "Medical Engineering Laboratory" ochildi!

“UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zamonaviy “Medical Engineering Laboratory” tashkil etildi.

🇺🇿🇪🇸 Mazkur laboratoriya Ispaniyaning nufuzli Edibon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Computer Controlled Biomedical Parameters and Biosignals Unit qurilmasi bilan jihozlandi.

💡 Ushbu texnologik uskunalar yordamida talabalar va mutaxassislar quyidagi biosignallarni o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
🔵Elektrokardiografiya (EKG)
🔵Puls oksimetriya (SpO₂)
🔵Qon bosimi (BP)
🔵Kapnografiya (etCO₂)

🔬Ushbu laboratoriyaning ochilishi mamlakatimizda tibbiyot muhandisligi yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, ushbu sohadagi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

🔺"Medical Engineering Laboratory" was opened at TTPU under the "UzMedEn" project!

🇺🇿🇪🇸 As part of the "UzMedEn: Development of a New Master’s Program and Advanced Training Courses in Medical Engineering in Uzbekistan" initiative, a state-of-the-art Medical Engineering Laboratory has been established at the Turin Polytechnic University in Tashkent.

The lab is equipped with the Computer Controlled Biomedical Parameters and Biosignals Unit, developed by the renowned Spanish company Edibon.

💡 This cutting-edge technology allows students and professionals to study and analyze the following biomedical signals:
🔵Electrocardiography (ECG)
🔵Pulse Oximetry (SpO₂)
🔵Blood Pressure (BP)
🔵Capnography (etCO₂)

🔬The opening of this laboratory marks a vital step in the development of high-quality education and training in the field of medical engineering in Uzbekistan.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍62🔥2
#OAV #TV #Dunyo_boylab

🔺Elektromobillar O‘zbekistonda: yangi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘nalishlari

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Seyran Asanov “Dunyo bo‘ylab” telekanali
orqali efirga uzatiladigan “На прямой связи” ko‘rsatuvining navbatdagi soni mehmoni bo‘ldi.

🔹 Ko‘rsatuvda O‘zbekistonda elektromobillar sanoatining bugungi holati, ishlab chiqarish salohiyati, ekologik xavfsizlik, infratuzilma va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imtiyozlar xususida atroflicha fikr almashildi.

▶️ https://youtu.be/6yhVumljsN4

🔺Electric Vehicles in Uzbekistan: New Opportunities and Development Directions

Senior Teacher at the Department of Mechanical and Aerospace Engineering of Turin Polytechnic University in Tashkent Seyran Asanov
was a guest on the latest episode of the “На прямой связи” program, broadcast on the “Dunyo Bo‘ylab” TV channel.

🔹 The program featured an in-depth discussion on the current state of the electric vehicle industry in Uzbekistan, production capacity, environmental safety, infrastructure, and government incentives.

▶️ https://youtu.be/6yhVumljsN4

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2
📢 Birinchi bosqich onlayn imtihoniga START berildi!

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish uchun 1-bosqich onlayn imtihonlari bugun 23:59 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Imtihonni topshira olmagan abituriyentlar uchun shu kun yakuniga qadar qayta urinib ko‘rish imkoniyati mavjud.

🔗 Imtihonda qatnashish uchun havola: https://bit.ly/43iVmEj

🎓 Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan barcha abituriyentlarni 2025-yil 1-iyun kuni Universitetimizda kutib qolamiz!


Batafsil ma'lumot olish uchun:
📞+99871 203 0777

💬 Imtihon haqidagi taassurotlaringizni izohlarda kutamiz!

📢 The First Stage of the Online Entrance Exam has STARTED!

Dear applicants!

The first stage of the online entrance exam for admission to Turin Polytechnic University in Tashkent will be available until 23:59 today.

Applicants who are unable to pass the exam have the opportunity to re-attempt it by the end of the day.

🔗 Click the link to participate in the exam: https://bit.ly/43iVmEj

🎓 All applicants who successfully pass the exam are invited to our University on June 1, 2025.


For more information:
📞 +99871 203 0777

💬 We look forward to hearing your impressions about the exam in the comments!

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤩2👏1
🔺TTPU talabasi shaxmat bo'yicha xalqaro "TEPE SIGEMAN & CO 2025" turniri g'olibi bo'ldi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov Shvetsiyaning Malmo shahrida o‘tkazilgan nufuzli TePe Sigeman & Co 2025 turnirida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi!

🏅Ushbu xalqaro musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib, dunyoning yetakchi 8 nafar grossmeysteri ishtirokida “round-robin” formatida o‘tkazildi. Javohir Sindarov turnir davomida ikkita muhim g‘alabani (Zhongyi Tan va Erwin L’Ami ustidan) hamda beshta durang natijani qayd etib, 4.5/7 ochko bilan yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq nafaqat shaxmatchi sifatida yuksak natija, balki FIDE Circuit 2025 reytingida muhim ochkolarni qo‘shib, 2026-yilgi Nomzodlar turniri uchun muhim saralash pog‘onasidir.

TTPU jamoasi nomidan Javohir Sindarovni samimiy muborakbod etib, kelajakda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!


🔺TTPU student became the winner of the international "TEPE SIGEMAN & CO 2025" chess tournament!

An international grandmaster and a student of Turin Polytechnic University in Tashkent Sindarov Javokhir has proudly secured first place at the prestigious TePe Sigeman & Co 2025 tournament held in Malmö, Sweden!

🏅This international tournament consisted of 7 rounds and was held in a round-robin format, featuring 8 of the world's leading grandmasters. During the event, Sindarov Javokhir scored two important victories (against Zhongyi Tan and Erwin L’Ami) and five draws, finishing with 4.5/7 points to win the championship.

This achievement is not only a significant success in his chess career, but also earned him valuable points in the FIDE Circuit 2025 ranking, increasing his chances of qualifying for the 2026 Candidates Tournament.

On behalf of the TTPU community, we sincerely congratulate Sindarov Javokhir and wish him even greater achievements in the future!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥10👏2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺

*️⃣Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish milliy ilmiy-texnik laboratoriyasi faoliyati OAV nigohida.

📺📺

*️⃣The activities of the National Scientific and Technical Laboratory for Experimental Research of Buildings and Structures under Turin Polytechnic University in Tashkent, are in the spotlight of the media.

#OAV #Uzbekistan24

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏32
🔺Andijonda O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28–29-may kunlari Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida rektorlar I forumi tashkil etildi.

💠 Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shaxrux Daliyev, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev, Andijon viloyati hokimligi, ikki davlat elchixonalari vakillari hamda 50 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shu jumladan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov ishtirok etdi.

Forumda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari, xususan, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, tajriba almashildi.

🔺Shuningdek, forum doirasida TTPU va Ozarbayjon texnika universiteti o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha maxsus kelishuvlar imzolandi.

Ushbu forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.


🔺 The First Uzbekistan–Azerbaijan Rectors' Forum of higher education institutions held in Andijan

On May 28–29, 2025, the First Uzbekistan–Azerbaijan Rectors' Forum of higher education institutions was held at Andijan State University under the theme “Priority Directions for Enhancing Cooperation in Higher Education”.

💠 The forum was attended by First Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan Shaxrukh Daliyev, Deputy Minister of Science and Education of the Republic of Azerbaijan Idris Isayev, representatives of the Andijan regional administration, embassies of both countries, and heads of more than 50 higher education institutions, including First Vice-Rector of Turin Polytechnic University in Tashkent, Alisher Ashurov.

During the forum, participants discussed the prospects for cooperation in higher education, science and innovation, particularly in the areas of academic exchange, joint educational programs, and collaborative research initiatives.

🔺Additionally, specific agreements on student and staff exchange were signed between Turin Polytechnic University in Tashkent (TTPU) and Azerbaijan Technical University.

This forum marked an important step in strengthening the strategic partnership between Uzbekistan and Azerbaijan in the fields of education, science, and innovation.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2
2025/07/14 03:09:33
Back to Top
HTML Embed Code: