Telegram Web Link
Kursantlar amaliyotda

Namangan viloyat IIBda IIV Akademiyasi kursantlari uchun o‘quv-tanishuv tashkil etilib, ish o‘rganish amaliyotini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari dastlab kursantlarning amaliyot davri uchun Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayinlangan murabbiylar tanishtirib, ularning vazifalari, kursantlarning xizmatni o‘rganish jarayonida qonunchilik, xizmat intizomi, shaxsiy xavfsizlik hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga amal qilishlari muhimligi alohida taʼkidlandi.
Yig‘ilish so‘ngida o‘quv davrida namunali xulqi va darslarni yaxshi o‘zlashtirgan bir qator kursantlar hamda ularning ota-onalariga akademiya rahbariyatining tashakkurnomalari va minnatdorlik xatlari topshirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉@postdarasmiy
«Эгизаклар» спектакли намойиш этилди

Сурхондарё вилояти ички ишлар органлари ходимлари Термиз шаҳридаги «Санъат саройи»да «Эгизаклар» номли спектаклни зўр қизиқиш билан томоша қилишди. Вилоят мусиқали драма театри ижодий жамоаси томонидан саҳналаштирилган ушбу спектаклда миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш, ёшларни ёт ғоялардан асраш каби мавзулар кўтарилган. Спектакль ходимларга жуда манзур бўлди. Улар томошадан ҳам эстетик завқ, ҳам маданий ҳордиқ олишди.
Ўз мухбиримиз,
Сурхондарё вилояти.

👉@postdarasmiy
Ёзги таътилда

Вилоят ИИБга қарашли “Зомин” соғломлаштириш оромгоҳида 2- мавсум бошланди. Оромгоҳ 120 нафар болани қабул қилиш имконига эга бўлиб, ёзги таътилда 12 кундан 5 та мавсум ташкил этиш ва 600 нафар болани қамраб олиш кўзда тутилмоқда.
Ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
👉@postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IIV YOUTUBE kanali “Silver Play Button” (kumush tugma) maxsus mukofoti bilan taqdirlandi
———
ИИВ
YOUTUBE канали «Silver Play Button» (кумуш тугма) махсус мукофоти билан тақдирланди

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Abdullajon" filmi haqida qisqacha

Film 1991-yilda rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan. Oʻzbek kino tarixidagi birinchi ilmiy-fantastik komediya hisoblanadi. Unda qishloqda yashovchi odamlar va begona sayyoradan kelgan mehmonning doʻstligi haqida hikoya qilinadi.
Filmda bosh qahramon Abdullajon rolini o‘ynagan Shuhrat Qayumov. Uning aytishicha, u «Abdullajon» filmidan keyin boshqa kartinalarda bosh rollarni o‘ynamagan. Bunga sabab – men uchun kinoda rol o‘ynashdan ko‘ra, kino suratga olish ancha qiziqroq, deydi u. Shuhrat Qayumovning «Illusion Pictures» nomli o‘z prodyuserlik kompaniyasi bor va u 2003-yildan buyon xorij kinokompaniyalari bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqda.

👉@postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YPX xodimlari haqida haydovchilar fikri qanday?

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

👉@postdarasmiy
ТРЕНИНГ ВА ТАҚДИМОТ

Навоий вилояти ИИБда хизмат қилаётган ходималар билан психологик тренинг ўтказилди. Унда мутахассислар томонидан оила мустаҳкамлигини сақлашда оналарнинг ўрни, уларнинг руҳий ҳолатини яхшилаш, ходималарни оилада ва хизматда учраб турадиган стрессли вазиятлардан ҳимоялаш бўйича муҳим тавсиялар берилди.
Тренингдан сўнг хотин-қизларнинг жамиятдаги ролини ошириш, оила ва фарзанд тарбиясидаги салоҳиятини юксалтириш борасидаги қадриятларни ўзида мужассам этган китоблар тақдимоти ўтказилди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.


👉@postdarasmiy
Psixologik-profilaktik tadbir

Namangan davlat texnika universitetida o‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, sog‘lom va xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlash maqsadida ota-onalar ishtirokida psixologik-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda asosan zo‘ravonlik va tazyiq holatlarini erta aniqlash va oldini olish usullari, qizlar bilan ishlashda eʼtiborli va professional yondashuvlar, taʼlim muassasalarida sog‘lom, xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉@postdarasmiy
2025/06/28 06:55:49
Back to Top
HTML Embed Code: