Telegram Web Link
Psixologik-profilaktik tadbir

Namangan davlat texnika universitetida o‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, sog‘lom va xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlash maqsadida ota-onalar ishtirokida psixologik-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda asosan zo‘ravonlik va tazyiq holatlarini erta aniqlash va oldini olish usullari, qizlar bilan ishlashda eʼtiborli va professional yondashuvlar, taʼlim muassasalarida sog‘lom, xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉@postdarasmiy
Joriy yilning 29-iyun (yakshanba) kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Tashpulatovning aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida shaxsiy qabuli rejalashtirilgan.

Qabul, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida, soat 10:00dan boshlab oʻtkaziladi (Manzil: Taras Shevchenko koʻchasi, 62).

❗️Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektron navbat tashkil etiladi.

Жорий йилнинг 29 июнь (якшанба) куни Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-майор Азиз Ташпулатовнинг аҳоли мурожаатларини ўрганиш мақсадида шахсий қабули режалаштирилган.

Қабул, ИИВ Транспорт ва туризм объектларида хавфсизликни таъминлаш департаменти биносида, соат 10:00дан бошлаб ўтказилади (Манзил: Тарас Шевченко кўчаси, 62).

❗️Фуқароларга қулайлик яратиш мақсадида электрон навбат ташкил этилади.

29 июня т.г (воскресенье) запланировано проведение личного приема министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-майора Азиза Ташпулатова с целью рассмотрения обращений населения.

Прием будет проводиться в здании Департамента обеспечения безопасности на объектах транспорта и туризма МВД, с 10:00 часов (Адрес: улица Тараса Шевченко, 62).

❗️В целях создания удобства для граждан будет организована электронная очередь.

Telegram | Instagram | Facebook
Бу факт

Болани юзига уриш унинг миясидаги 300-400 ҳужайрани ўлдиради. Бошини силаш ва меҳр бериш эса мияда янги ҳужайраларни пайдо қилади.

👉@postdarasmiy
Bilimlar sinovi

IIV Namangan akademik litseyida maxsus professional tanlov o‘tkazilmoqda.
Imtihonlarda nomzodlar taʼlim muassasalarida tarix, ona tili, adabiyot va tarbiya fanlaridan egallagan bilim-ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Jarayon shaffof va ishonchli tarzda davom etishi uchun ota-onalar guvohligi va nazorati uchun barcha sharoitlar yaratildi.
O‘z muxbirimiz,
👉@postdarasmiy
ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР

* Ер юзасининг 71 фоизга яқинини океанлар эгаллаган бўлиб, бу сайёрамиздаги энг катта экотизим ҳисобланади.
* Океанлар дунёдаги кислороднинг 50 фоиздан ортиғини ишлаб чиқаради.
* 230 мингдан ортиқ денгиз организми турлари аниқланган. Олимларнинг фикрича, яна миллиардлаб турлар кашф қилиниши керак.
* Океан оқимлари глобал иқлим тизимини тартибга солади ва бутун дунё бўйлаб ҳароратга таъсир қилади.
* Ер сайёрасидаги энг йирик вулқон – Таму Массиф Тинч океани тубида жойлашган. У қуруқликдаги энг йирик вулқон Мауна Лоадан 50 марта каттароқ.
👉@postdarasmiy
YO‘LLARDA HARAKATLANISH MADANIYATI

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari Kogon tumanidagi “Avtomotoxavaskorlar” oʻquv tashkilotida boʻlajak haydovchilar bilan “Yoʻllarda harakatlanish madaniyati” boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib bordi. Jarayonda oʻquv tashkiloti xodimlarining turmush sharoiti, oilaviy ahvoli, mavjud muammolari ham o‘rganildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉@postdarasmiy
#LIVE

Bugun Xalqlar doʻstligi saroyida IIV ashula va raqs ansambli sanʼatkorlari ishtirokida "Dillarda Vatan madhi" deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda. Konsertda ansamblning taniqli san'atkorlari tomonidan kuylangan dil tortar taronalar  tomoshabinlar, ya'ni ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolariga manzur bo'lmoqda.
👉@postdarasmiy
2025/06/29 04:33:59
Back to Top
HTML Embed Code: