Telegram Web Link
ҲАМКОРЛИК ДОИРАСИДА

Яқинда Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети ҳамда Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Жазони ижро этиш департаменти ўртасида ўзаро ҳамкорлик меморандуми имзоланган эди.
ЖИЭД Биринчи минтақавий ҳудуд 47-сон манзил колонияси шахсий таркиби ҳамда университет ўқитувчи-педогоглари ва талаба ёшлари иштирокида машғулот ўтказилди. Унда ходимларнинг хизмат давомида орттирилган руҳий зўриқиш ва стрессларни енгиш, жамоа ўртасидаги муносабатларни янада яхшилаш, соғлом маънавий муҳитни қарор топтириш йўллари ва усуллари ҳақида гап борди. Машғулот якунида ходимларнинг хизмат фаолияти мобайнида зиддиятли ҳолатлар юз берган тақдирда, бу ҳолатлардан осон чиқиб кетишлари бўйича психологик маслаҳатлар берилди.
Аҳмаджон СОБИРОВ,
подполковник.

👉 @postdarasmiy
ҚАРШИДА МАХСУС РЕЙД ТАДБИРЛАРИ

Қарши шаҳри ҳудудида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш, ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш, қоидабузарликларга чек қўйиш мақсадида ЙПХ ходимлари томонидан махсус кучайтирилган рейд тадбирлари ўтказилди.
Рейдлар давомида транспорт воситаларида ўткир тиғли жисмлар, совуқ қуролларни сақлаб юрганлик ҳолатларини аниқлашга алоҳида эътибор қаратилди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
Yo‘l yotiq chiziqlari

Toshkent shahar IIBB YHXB Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi tomonidan poytaxt aholisi va mehmonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida tungi vaqtlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, jumladan yo‘llarimiz joriy ta’mirdan chiqarilib, yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari olib borilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
Шунчаки ишонч...

Илгари қулфлар бўлмасди. Ё шунчаки одамларда бир-бирига нисбатан ишонч кучли бўлган, ё ўғрини ўзи бўмаган.

"Суюнчи" фильми қаҳрамони Анзират бувиниинг "Ўзи қишлоғимизда битта ўғри бор, у ҳам ўзимизни қишлоқда ўғрилик қилмайди", деган сўзларини эсладингизми?  
Zahri qotilning kasri

Toshkent shahar IIBB JQB, Yashnobod tumani IIOFMB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda tuman hududida bir erkak va ayol kishi shubhalanib, to'xtatiladi. Ular xolislar ishtirokida tekshirib ko'rilganida, yonidan jami 119 dona, grammlarga ajratilib o'ralgan, o'tkir hidli, oq rangli giyohvandlik vositasi topilgan. O'ylab ko'ring, agar ushbu zahri qotil aniqlanmasdan iste'molchilarga yetib borganida, qanchadan qancha insonlarga zarar yetkazishi mumkin edi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

JUMBOQ:


Afg'oniston hududida hayoti bilan vidolashgan sobiq ittifoq askarlari jasadlarini tashishga yo'naltirilgan "An-12" samolyoti nomi "X" deb atalgan. Mashhur Golland futbolchisi Ruud Gullit ham aynan shu laqabni olgan. Diqqat savol: "X" o’rnida qaysi so’zlar yashiringan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot
ҲАЙДОВЧИЛАР МАМНУНЛИГИ ОРТДИ

Президентимизнинг жорий йил 9 июль кунидаги видеоселектор йиғилишида берилган топшириқлари ижроси юзасидан Самарқанд вилоятида корхона ва ташкилотлар, маиший бинолар олдига асоссиз ўрнатилган "тўхташ тақиқланади" йўл белгилари олиб ташланмоқда.
Вилоят ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ва Самарқанд шаҳар ободонлаштириш бошқармаси томонидан Самарқанд шаҳрининг "Кўксарой" майдонидаги базмгоҳ ва давлат ташкилотлари олдидаги белгилар олинди.
Самарқанд вилояти.
👉 @postdarasmiy
#bilasizmi

Olimlarning aniqlashicha, yoqimtoy hayvonlarni tomosha qilish stress darajasini 2 barobar kamaytiradi.
Rasmlar tanlovi

Poytaxtimiz bo'ylab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga yo'llarda harakatlanish qoidalari yuzasidan "Qoidalarni bilaman hayotimni asrayman" mavzusida amaliy va ko'rgazmali keng qamrovli targ'ibot ishlari amalga oshirilib, yo'l harakati qoidalari bo'yicha rasmlar tanlovi o'tkazilmoqda. Unda bolajonlar o'zlari chizgan rasmlar bilan faol ishtirok etishmoqda.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
Xorijiy talabalar ishtirokida

O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tumani IIOFMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi. Unda IIOFMB M va FRB katta inspektori, katta leytenant A. Butayev, universitet xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Oxundoyev hamda xorijiy talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda yashash tartibi, vizaviy tartib-qoidalar, vaqtinchalik ro‘yxatga turish va boshqa muhim huquqiy masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarning savollariga javoblar berilib, ochiq muloqot tarzida fikr almashildi.
O‘z muxbirimiz,
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
2025/07/13 20:28:06
Back to Top
HTML Embed Code: