Telegram Web Link
Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan poytaxtning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan xizmat faoliyati, shuningdek koʻngilochar va savdo obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlarni oʻrganish davom etmoqda

▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазирлиги ишчи гуруҳи томонидан пойтахтнинг Чилонзор ва Учтепа туманларида тунги вақтларда ташкил этилаётган хизмат фаолияти, шунингдек кўнгилочар ва савдо объектларида хавфсизликни таъминлашга қаратилган ишларни ўрганиш давом этмоқда

▶️ Батафсил
———
Рабочая группа МВД продолжает изучение деятельности служб, организуемых в ночное время в Чиланзарском и Учтепинском районах столицы, а также мер, направленных на обеспечение безопасности на развлекательных объектах и в торговых точках

▶️ Подробно

Телеграм канал
“Гулшан”лик ўғри

Жорий йилнинг 3 октябрь кунига ўтар кечаси Боғот туманидаги “Гулшан” маҳалласи ҳудудида автомашинани олиб қочиш жиноятини муҳокамасига қаратилган йиғилиш бўлиб ўтиб, унда вилоят ИИБ ЖХХ ЙҲХБ, туман ИИБ, туман ҳокимлиги масъуллари, маҳалла фуқаролар йиғини фаоллари ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этишди. Сўзга чиққанлар туманни жиноятдан холи ҳудудга айлантириш борасида амалга оширилаётган чора-тадбирларга тўхталиб, содир этилган мазкур жиноят автомашина эгасининг эътиборсизлиги оқибатида рўй берганини таъкидлаб ўтишди. Шунингдек, жиноят содир этган шахс “Гулшан” маҳалласида яшовчи фуқаро эканлиги ва унга нисбатан туман ИИБ ҳузуридаги Тергов гуруҳи томонидан жиноят иши қўзғатилгани жамоатчилик эътиборига етказилди.
Муҳокама якунида, тадбир иштирокчиларига йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси томонидан тайёрланган мавзуга оид таъсирли видео лавҳалар намойиш этилди.
Ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

XVIII asrda Benjamin Franklin momaqaldiroq paytida havo shari bilan tajriba o‘tkazganida bir narsani isbotlagan — momaqaldiroq elektr hodisasi ekanini.
Savol: Shu hodisani xavfsiz o‘rganish uchun keyinchalik qaysi ixtiro yaratilgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida bilasizmi?
———
Ўзбекистон Республикаси фуқароларини турган жойи бўйича рўйхатдан ўтказиш тартиби ҳақида биласизми?

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
YANGI TELEKO‘RSATUV YO‘LGA QO‘YILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida jinoyatchilik sabablari va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yangi media-loyiha doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rahbariyati va хodimlari bilan bir qatorda aktyor va rejissyorlar ham ishtirok etdi. Suhbat davomida “Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” nomli teleko‘rsatuvni tayyorlash, uni tizimli ravishda efirga uzatish, jamoatchilikka yetkazish va profilaktik mazmundagi samarali kontent yaratish bo‘yicha taklif va g‘oyalar muhokama qilindi. Teleko‘rsatuv orqali jinoyatlarga olib keluvchi omillar mohiyati ochib berilib, ularni bartaraf etishda davlat organlari va jamiyat hamkorligining ahamiyati keng targ‘ib qilinadi.

@Postdarasmiy
Haydovchi qidiruvda ekan

Tungi soat 01:20 larda Chilonzor tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalyon YPX inspektori, serjant D.Shomurodov “Damas” rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Hujjatlarini tekshirilish davomida haydovchi M.O.ning o‘zini tutishi xodimda shubha uyg‘otadi. Uning ma’lumotlari planshet yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu kimsa Jinoyat kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Chilonzor tumani IIOFMBga topshirilgan.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Самарқанд вилояти ИИБ ходими қўл жанги бўйича “Жаҳон кубоги” ғолиби

Жорий йилнинг 6-9-октябр кунлари Қозоғистон Республикаси Астана шаҳрида спортнинг қўл жанги тури бўйича бўлиб ўтган “Жаҳон кубоги” мусобақасида Самарқанд вилояти ИИБ ходими кичик сержант Орифжон Номуродов 67 кг вазн тоифасида фахрли 1-ўринни қўлга киритди.

Ушбу ғалаба билан ходимимизни муборакбод этамиз!
Самарқанд вилояти.
👉 @postdarasmiy
2025/10/23 06:46:52
Back to Top
HTML Embed Code: