#JUMBOQ
Taxminlarga ko'ra, uni tayyorlash 6000 yil avval boshlangan. Uni foydali tomonlari haqida Gerodot, Ibn Sino, Marko Polo va Lev Tolstoylar yozib ketishgan. Avval uni "dasht malhami" deb ham atashgan. XIX asrda G'arbiy Yevropada "sutli shampan" deb reklama ham qilishgan.
U nima?
Ushbu savolning javobini Qurbonov Ulug'bek, Joʻrabek, Shamsiyev O., Oqiljon Beknazov kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz.
Javobi: qimiz.

Ота-оналар ҳам рағбатлантирилди
Жиззах вилояти Қўриқлаш бошқармасида соҳа вакиллари ҳамда уларнинг оила аъзолари иштирокида хизмат интизоми ва қонунийликни мустаҳкамлашга бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Тадбирда ижобий натижаларга эришаётган ходимлар ва уларнинг ота-оналари рағбатлантирилди.
Ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
👉 @postdarasmiy

Ajdodlarni xotirlab
IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari qoʻshinga qarashli Toshkent, Navoiy va Andijon viloyatlaridagi harbiy qismlarga biriktirilgan Jasorat maktabi oʻquvchilari bilan birgalikda hududlardagi ʼʼQatagʻon qurbonlari xotira muzeylarida boʻlishdi.
Ushbu tadbirlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ʼʼSiyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib qilish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ʼʼtoʻgrisidagi PQ/270-sonli qarori ijrosini taʼminlash va yosh avlod qalbida yurtga sadoqat ruhini shakllantirish, ajdodlarimiz xotirasini eʼzozlash maqsadida tashkil etildi.
Xotira maydonlari boʻylab, oʻrganishlar davomida harbiy xizmatchilar va yosh oʻquvchilar Qatagʻon qurbonlari mangu xotirasini yod etib, ularni shonli tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
IIV Qorovul qoʻshinlari
qoʻmondonligi
axborot guruhi
O'QUVCHILAR QUVONCHI CHEKSIZ
Ichki ishlar vazirligining joriy yil 31-martdagi farmoyishiga asosan hududlardagi taʼlim muassasalariga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq Yangi Namangan tumanidagi 60-sonli maktabda kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Bugun Yangi Namangan tumanida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, taʼlim sohasi va mahalla faollari, maktab maʼmuriyati hamda nuroniylar ishtirokida kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlangan 60-sonli maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil 👉

FUQAROLAR OGOHLIGI BORASIDA
Buxoro viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari aholining kiberxavfsizlik borasidagi savodxonligini oshirish maqsadida ko'plab profilaktik tadbirlar olib borishmoqda. Xususan, tadbirlar davomida aholining ko'p hollarda duch kelayotgan kiberjinoyat turlari, ularning yangi shakllari hamda firibgarlik yo'llari haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga ularni oldindan tanish va bartaraf etishga qaratilgan targ'ibot materiallari tarqatilmoqda. Shuningdek, xodimlar tomonidan har bir xonadonga kirib, fuqarolarni internet makonida hushyorlik va ogohlikka chorlovchi tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O'z muxbirimiz.

Самолётнинг қора қутиси
Овозни ёзиб олувчи ускуна ва парвоз маълумотларини қайд этувчи детектордан иборат қурилма Қора қути деб аталади. Унинг ранги зарғалдоқ рангда. Қора дейилиши эса ҳалокатлар билан боғлиқ. У ўзида охирги 25 соатлик маълумотни сақлаб қолади. У 426 метр чуқурликдан сигнал беради. У -55 дан +70 С даражага чидамли корпусга эга. Ҳатто портлаш зарби ҳам, ёнғин ҳам зарарлай олмайди.
У Австралиялик олим Девид Уоррен томонидан 1950 йилларда ихтиро қилинган.

Давлат тилини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори
Батафсил: https://uza.uz/posts/773410
👉 @postdarasmiy
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори
Батафсил: https://uza.uz/posts/773410
👉 @postdarasmiy
21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни
ОТА ТИЛИМ, О, ОНА ТИЛИМ
Қат-қатингда кўринур феълим,
Юрагимсан, қалбим ва дилим.
Бирлаштирдинг, халқ бўлди элим,
Ота тилим, о, Она тилим!
Билга қоғон ҳайқириғи сен,
Қошғарийнинг чақириғи сен,
Тенгриқутнинг адл туғи сен,
Она тилим - ягона тилим!
Сенда сурон солмишди Темур,
Сенда собит қолмишди Темур,
Бир сўз-ла юрт олмишди Темур,
Она тилим - мардона тилим!
Тойғоқ, Араб-Ажамдан то Чин
Қанот ёйдинг мисоли лочин.
Хуросонда очдинг қулочинг,
Она тилим - дурдона тилим!
Алишернинг илкида чечак,
Кимга меҳнат, кимгадир эмгак.
Шайбонийдан армонли эртак,
Она тилим - афсона тилим!
Ўралтовлар қайраган тилим,
Ҳинди элда яйраган тилим,
Сандувочлар сайраган тилим,
Она тилим - мастона тилим!
Соғинганлар сени деб адо,
Видоларда берурсан садо.
Яхши сўзсан, мен сенга гадо,
Она тилим - шоҳона тилим!
Иқбол МИРЗО,
Ўзбекистон халқ шоири.
👉 @postdarasmiy
ОТА ТИЛИМ, О, ОНА ТИЛИМ
Қат-қатингда кўринур феълим,
Юрагимсан, қалбим ва дилим.
Бирлаштирдинг, халқ бўлди элим,
Ота тилим, о, Она тилим!
Билга қоғон ҳайқириғи сен,
Қошғарийнинг чақириғи сен,
Тенгриқутнинг адл туғи сен,
Она тилим - ягона тилим!
Сенда сурон солмишди Темур,
Сенда собит қолмишди Темур,
Бир сўз-ла юрт олмишди Темур,
Она тилим - мардона тилим!
Тойғоқ, Араб-Ажамдан то Чин
Қанот ёйдинг мисоли лочин.
Хуросонда очдинг қулочинг,
Она тилим - дурдона тилим!
Алишернинг илкида чечак,
Кимга меҳнат, кимгадир эмгак.
Шайбонийдан армонли эртак,
Она тилим - афсона тилим!
Ўралтовлар қайраган тилим,
Ҳинди элда яйраган тилим,
Сандувочлар сайраган тилим,
Она тилим - мастона тилим!
Соғинганлар сени деб адо,
Видоларда берурсан садо.
Яхши сўзсан, мен сенга гадо,
Она тилим - шоҳона тилим!
Иқбол МИРЗО,
Ўзбекистон халқ шоири.
👉 @postdarasmiy