Telegram Web Link
Uyushqoqlik bilan

Poytaxtimizning Olmazor tumani hokimligida Tozalik va ozodalik oyligi munosabati bilan saf yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tuman prokuraturasi, IIOFMB, favqulodda vaziyatlar bo'limi, soliq inspeksiyasi, mahalla yettiligi, kommunal soha vakillari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda boshqa mas'ul xodimlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida mahallalarda tozalik va ozodalikka e'tiborni kuchaytirish, shuningdek obodonlashtirish tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish zarurligi takidlab o'tildi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Буюклар сўзи

Кимнинг қўлида қуйидаги беш нарса жилови бўлса, яхши ҳаётининг гарови бўлур: биринчиси – тансиҳатлик, иккинчиси – омонлик, учинчиси – ризқининг мўллиги, тўртинчиси – содиқ дўст ва бешинчиси – фароғат. Кимки шу беш нарсадан маҳрум этилган – хуш ҳаёт эшиги унинг олдида бекилган.

Абдураҳмон Жомий

👉 @postdarasmiy
Yangi film premyerasi

Poytaxtimizdagi muhtasham O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Hudud” nomli badiiy filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Ijod studiyasi" tomonidan suratga olingan. Filmda yosh profilaktika inspektorining mahallada faollar bilan hamkorlikda olib borgan faoliyati, jinoyatchilikning oldini olish hamda sodir etilganlarini “issiq izida” fosh etish sahnalari aks ettirilgan. Shuningdek, kinoda qiziqarli va yumorga boy sahnalar ham borki, bu asarni yanada tomoshabop bo‘lishini ta’minlagan.
Ushbu filmda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor bilan suhbatni keyingi sonimizda o‘qishingiz mumkin.
O‘z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
Жиноятчиликка қарши кураш ишлари муҳокама қилинди

Андижон вилояти ИИБда 2025 йилнинг 9 ойи давомида жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликлар профилактикасини таъминлаш ҳамда жамоат тартиби ва фуқаролар осойишталигини сақлаш бўйича амалга оширилган чора-тадбирлар муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди. Унда масъул раҳбарлар ҳисоботлари эшитилиб, хизмат вазифаларини бажаришда камчиликка йўл қўйган ходимларга нисбатан интизомий чоралар кўрилди, фидокорона фаолият кўрсатаётган бир қатор ходимлар эса рағбатлантирилди. Шунингдек, галдаги вазифалар юзасидан кўрсатмалар берилди.
Ўз мухбиримиз.
Андижон вилояти
.
👉 @postdarasmiy
HUQUQBUZARLIKKA QARSHI BIRGALIKDA!

Pop tumani IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan “Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi”da yoshlar bilan profilaktik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yot g‘oyalarga berilmaslik, uyali aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda firibgarlik va bezorilik holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
O‘z muxbirimiz.
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Savol: piyodalar yo‘lagidagi sariq g‘ishtli chiziq nima uchun yotqizilgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot
#Байрамга_туҳфа

МИРИШКОРДА ВОЛЕЙБОЛ МАЖМУАСИ
Туман ИИБ ходимлари учун қишки ва ёзги волейбол ўйингоҳи касб байрами арафасида қурилиб, фойдаланишга топширилди. Тадбирда вилоят ИИБ раҳбарияти  ва туман ҳокими ҳамда соҳавий хизматлар ходимлари ва фахрийлар иштирок этишди.
Волейбол мажмуасининг тантанали очилишидан сўнг меҳмонлар у ерда  яратилган шарт-шароитлар билан яқиндан танишдилар.                                                                         
Мажмуанинг фойдаланишга топширилиши ходимларга байрам совғаси бўлди.

Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
2025/10/25 16:22:57
Back to Top
HTML Embed Code: