Telegram Web Link
АМАЛИЙ КЎНИКМАЛАР МУСТАҲКАМЛАНДИ

Қизилтепа тумани ИИБ шахсий таркибининг касбий малакасини ва жанговар шайлигини ошириш мақсадида ўқув машғулотлари ташкил этилди. Машғулотлар давомида ходимларнинг саф тайёргарлиги, ўқотар қуроллар ва махсус воситаларни тўғри қўллаш бўйича амалий кўникмалари мустаҳкамланди. Шунингдек, уларга қонунчиликдаги янгиликлар борасида маълумотлар берилди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.

👉 @postdarasmiy
TUNGI REYD TADBIRLARI

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Buxoro shahri avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarlik holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan tungi nazorat-reyd tadbirlari tashkil etildi. Tekshiruvlar davomida aniqlangan bir necha turdagi qoʻpol qoidabuzarliklar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda chora koʻrildi.
U.SHUKURLAYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
#JADIDLAR_BISOTIDAN

Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim.

© Abdulla Avloniy

@Postdarasmiy
ЁШЛАР ФИКРИ АСОСИДА

Навоий вилояти ИИБда фаолият олиб бораётган ёш ходимлар ўртасида мониторинг ўтказилди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Kasb_fidoyisi
HAR JABHADA FAOL

Ohangaron tumani IIB JXX Probatsiya guruhi inspektori, leytenant Shohsanam Isomiddinova O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tamomlab, ichki ishlar organlari safiga xizmatga qabul qilingan faol yoshlardan. Bo‘sh vaqtlarida turli janrlardagi badiiy asarlarni mutolaa qilishni yaxshi ko‘radi. Tikish-bichish, chevarlikka ham qiziqishi baland.
Yaqinda o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi «Zakovat» bellashuvida Shohsanam va uning jamoadoshlari faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi. Xizmat faoliyatining dastlabki bosqichlarida Sh. Isomiddinovaga kapitan Bahrom Berdiyev murabbiy sifatida biriktirilib uni probatsiya xizmatining sir-asrorlari bilan tanishtirgan. Yosh xodima Shohsanam Isomiddinova har jabhada faol bo‘lishga harakat qilib, xizmatda yuksak marralarni zabt etishni maqsad qilgan.

@Postdarasmiy
SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ

UY-JOY BILAN TA’MINLANISH HUQUQI

Savol: Xodimlar uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshila­shga muhtoj bo‘lganlar hisobidan qanday holatlarda chiqariladi?

Javob: Quyidagi holatlarda:
– yashash maydonining qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy normalariga muvofiq uy-joy bilan ta’minlanganda;
– turarjoy sotib olish (qurish) uchun imtiyozli uzoq muddatli
ipoteka krediti ajratilganda;
– xodim yoki uning turmush o‘rtog‘i shaxsiy uy-joyga egalik qilish huquqiga ega bo‘lganda;
– hisobga turganidan so‘ng xiz­mat joyida yoki yangi xizmat joyiga ketganda xizmat uy-joyi berilganda;
– ichki ishlar organlaridan bo‘shaganda yoki pensiyaga chiqqanda;
– xodim xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda vafot etganida.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Mingboshi, qo‘shbegi, botirboshi, valiy noib, qal’abon, qo‘rboshi, yovar, to‘pchiboshi, to‘qsabo, ponsadboshi, xos soqchilar, qozi askar, qozi rais, 5 kishilik guruh. Bular Qo‘qon xonligidagi harbiy mansablar. Ularning birini vazifasi tayin. Masalan, Mingboshi –oliy qo‘mondon, qo‘shbegi –o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi, to‘qsabo –o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i, to‘pchiboshi –to‘pchilar bo‘linmasi boshlig‘i va hokazolar.
Savol: Botirboshining vazifasi qanday bo‘lgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot
Xavfsiz muhitni taʼminlash – sarhisob va rejalar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Paxtachi tumanida hududning kriminogen vaziyati hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Tumanda oʻtkazilgan inspektorlik tekshiruvlari natijasi, unda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar ham muhokama etildi.
Yigʻilish davomida Paxtachi tumani hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ular orasida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar, bu boradagi ishlar ham tanqidiy muhokama qilindi.
Xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida ham boshqarma boshligʻi tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
👉 @postdarasmiy
#BU_QIZIQ

Nimaga tova tutqichida teshik bo'ladi?


Bu hammamiz ko'rgan ammo e'tibor bermagan narsa ekan. Tova tutqichidagi teshik aslida ovqat qilayotganimizda qoshiqni tiqib qo'yishimiz, o’zimizga ma’qul joyga osib qo’yish hamda qo’l kuymasligi uchun qulay bo’lishiga moslangan.

@Postdarasmiy
Профилактика инспекторларига компьютерлар берилди

Чироқчи тумани ИИБда бир гуруҳ профилактика инспекторларига хизматда фойдаланиш учун замонавий компьютер техникалари топширилди.
Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда жамоат тартибини сақлаш, фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш, криминоген вазиятни жиловлашда замонавий компьютер техникалари профилактика инспекторларининг ишини енгиллаштириш билан бирга, фаолият натижадорлигини оширишга хизмат қилиши таъкидланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Саломатлик

Қоринни йўқотиш учун фойдали бўлган беш маҳсулот ҳақида биласизми?
#JUMBOQ

Mingboshi, qo‘shbegi, botirboshi, valiy noib, qal’abon, qo‘rboshi, yovar, to‘pchiboshi, to‘qsabo, ponsadboshi, xos soqchilar, qozi askar, qozi rais, 5 kishilik guruh. Bular Qo‘qon xonligidagi harbiy mansablar. Ularning birini vazifasi tayin. Masalan, Mingboshi –oliy qo‘mondon, qo‘shbegi –o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi, to‘qsabo –o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i, to‘pchiboshi –to‘pchilar bo‘linmasi boshlig‘i va hokazolar.
Savol: Botirboshining vazifasi qanday bo‘lgan?

Ushbu savolga Inoyatova Elnora, Qurbonov Ulug'bek, Risqulova Muslima kabi o'quvchilarimiz toʻgʻri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javobi: Beklikdagi harbiy ishning ahvoli uchun ma’sul.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BAYROQDORLAR

Toshkent viloyati IIBB xodimlari sport mashgʻulotlarida...

@Postdarasmiy
2025/07/13 22:23:05
Back to Top
HTML Embed Code: