#JUMBOQ
XIX asrda Hindiston hududida kobralar nihoyatda ko‘payib ketdi. Ular hatto odamlarning uylariga ham kira boshladi. Britaniyalik amaldorlar ilonlarning sonini qisqartirish maqsadida har bitta o‘ldirilgan kobra uchun mukofot berilishini e'lon qilishdi. Hindlar mukofot olish ilinjida ilonlarni yoppasiga qira boshlashdi. Qisqa vaqt ichida gazandalarning soni ancha kamaydi. Ammo oradan muayyan vaqt o‘tgach, hokimiyat vakillari mukofot berilishini bekor qilishdi.
Savol: nima uchun britaniyalik amaldorlar o‘z qarorini bekor qildi?
Ushbu savolga Ismoiljon, Sardor, Yunusov, Mansur, Jo'rabek kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!
Javob: Chunki ayrim kimsalar kobralarni uyida ko‘paytirib, keyin o‘ldirib, o‘ligini mukofot olish uchun topshira boshlashgan edi.

AMALIY O‘Q OTISH MASHQLARI
Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida IIV Buxoro akademik litseyida joylashgan zamonaviy elektron tirda amaliy o‘q otish mashqlari o‘tkazildi. Olib borilgan mashg‘ulotlar xodimlarning jangovar, jismoniy va psixologik tayyorgarligini yanada mustahkamlab, ularning kasbiy mahoratini oshirishga hissa qo‘shadi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy

МЎМАЙ ДАРОМАД ИЛИНЖИДА
“Қорадори 2025” тезкор профилактик тадбири доирасида Хатирчи тумани ИИБ ТҚХ ЖҚБ ходимлари “Деҳқонобод” маҳалласида истиқомат қилувчи 50 ёшли киши мўмай даромад илинжида томорқасидан 168 туп каннабис гиёҳвандлик ўсимлигини парвариш қилаётганлигини аниқлашди. Бундан ташқари, унинг хонадонидан 260 грамм қуритилган заҳри қотил топилди.
Навбаҳор туманининг “Чорвоқгузар” маҳалласида яшовчи 1976 йилда туғилган аёл ҳам ҳовлисида 19 туп каннабис гиёҳвандлик ўсимлигини ўстираётгани маълум бўлди. Ҳар иккала ҳолатда ҳам ашёвий далиллар холислар иштирокида расмийлаштириб олинди. Айни пайтда гумон қилинувчиларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.

АЁЛЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА БАҒИШЛАНДИ
Урганч шаҳрида хотин-қизларнинг иш билан банд бўлмаган қисмини касб-ҳунарга ўқитиш ва бандлигини таъминлаш мақсадида “Бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси” ташкил этилди. Шаҳар ИИОФМБ ҳамда Адлия бўлими ҳамкорлигида ўтказилган мазкур тадбирга шаҳар ҳудудидаги ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган хотин-қизлар таклиф этилди. Улар бу ерда тегишли ташкилотлар томонидан касб-ҳунар ўргатиш бўйича амалга оширилаётган ишлар, яратилган шароитлар билан яқиндан танишишди. Шундан сўнг уларга шаҳар ҳудудида мавжуд бўлган бўш иш ўринлари таклиф этилди ва тегишли тартибда шартномалар имзоланди.
Тадбирда соғлигида муаммолари бўлган аёллар чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказилиб, тажрибали шифокорлар томонидан даво муолажалари белгиланди.
“Меҳнат ярмаркаси”да давлат ва жамоат ташкилотлари масъул вакиллари иштирок этиб, аёлларнинг муаммолари, хоҳиш ва истакларини эшитишди ҳамда тегишли тавсиялар беришди.
Ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.

#mutolaa_zavqi
«Navoiy» romani
O'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo`shgan taniqli adib, shoir va jamoat arbobi Oybek tomonidan yaratilgan ushbu roman oʻzbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy siymosini aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos.
Oybek ushbu asarni yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlar ochib berilgan. Darhaqiqat, «Navoiy» romani oʻzining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning koʻzgusi bo'lgani, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni toʻqima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tirofga loyiq asardir.
Batafsil 👉

Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
❗️Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раисининг ўринбосарлари тайинланди
Бу ҳақда Оила ва хотин қизлар қўмитаси ахборот хизмати маълум қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорига мувофиқ, Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раҳбариятига янги тайинловлар амалга оширилди.
Унга мувофиқ, қўмита раисининг биринчи ўринбосари лавозимига Абдуллаева Умида Ҳазратовна, қўмита раиси ўринбосари лавозимига эса Нурматова Мукаррам Ахмедовна тайинланди.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

#ИҚТИБОС
Ҳамма одамлар адашади, бироқ буюк одамларгина адашганини тан олади.
© Бернарле Фонтенель,
Француз ёзувчиси.
@Postdarasmiy

Kiberjinoyatchilikni oldini olish uchun
Namangan viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Namangan shahrida joylash “Sardoba” bozori va “Megapolis” savdo majmuasida, aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga va fuqarolar orasida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni.
Tojikistonda Nogironlar va keksalar kuni.
Ukrainada Oila kuni.
Rossiyada Oila, sevgi va sadoqat kuni.
#muhim_voqealar
Mil. av. 52 yil – Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun.
1796-yil – AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
1920-yil – Ingliz mustamlakasi Sharqiy Afrika Keniya deb nomlandi.
1994-yil – O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun.
1998-yil – Google asoschisi Larry Page “To google” (o‘zbekcha: gugllash) feʼlini so‘zlar ro‘yxatiga kiritdi.

SHIFOKOR RAG‘BATLANTIRILDI
Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali oliy toifali shifokori Elbek Dilov kechki navbatchilik vaqtida sovuq qurol bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. U yuqori professionallik, fidoyilik va mas’uliyat bilan harakat qilib, fuqaroning hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali oliy toifali shifokori Elbek Dilov kechki navbatchilik vaqtida sovuq qurol bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. U yuqori professionallik, fidoyilik va mas’uliyat bilan harakat qilib, fuqaroning hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#JUMBOQ
Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ikki narsa go'dakning tanasini chiniqtiruvchi vositalardir degan. Birinchisi alla. U ruhiy ozuqa beradi. Ikkinchisi aynan go'dakning tanasini chiniqtiruvchi predmet hisoblanadi.
Diqqat savol: Ikkinchi predmet nima?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

#ҚИЗИҚ_ФАКТ
Дунё спорт оламидаги энг катта медаль 2019 йил БААда Абу-Даби ва Макка ўртасидаги пойгада ғалаба қозонгани учун Халид Ал Сувейдийга топширилган. Медалнинг диаметри 1,49 метрни ташкил қилган.

Profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tuman IIOFMB profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv otkazdi. Tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini taminlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida hokim inspektorlarning joriy faoliyati, erishilgan natijalar va mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi mahallalar kesimida alohida etirof etildi.
Hokim inspektorlar fuqarolar bilan davlat ortasidagi ishonchli koprik ekani, ular orqali xavfsizlik va barqarorlik taminlanishini takidladi. Mazkur uchrashuv profilaktika tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Oz muxbirimiz.
Toshkent shahri.