Postda-На посту-41.pdf
6.3 MB
“Postda-На посту” gazetasining 2025-yil 9-oktabr kungi 41 (4735)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
👉 @postdarasmiy
👉 @postdarasmiy
Сайёҳ миннатдор бўлди
Шаҳрисабзга Англиядан келган 77 ёшли Кристина хонимнинг соғлиғи кутилмаганда ёмонлашиб қолади. У ҳудудда хизмат олиб бораётган Қашқадарё вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таминлаш бошқармаси ходимларига мурожаат қилади. Ходимлар томонидан кўрсатилган биринчи тез тиббий ёрдам, масъулиятли ёндашув туфайли сайёҳнинг соғлиғи барқарорлашади.
Хорижлик меҳмон бундан мамнун бўлиб, бошқарма ходимларига самимий миннатдорлик билдирди.
Жавлонбек АЛЛАЕВ,
капитан.
Қашқадарё вилояти.

#JUMBOQ
Dunyoda ipak, atlas, tuya juni kabi qimmatbaho matolar ko‘p. Lekin hozirda kv metri yarim millon dollardan ortiqqa baholanadigan qimmatbaho mato bo‘lib, ulardan olinadi. Savol, ular nimaligini toping.
Ushbu savolning javobini Navro'zbek, Murodjon Raxmatulloyev, Doston, Azamat Axmatov, Shamsiyev O.,Mansur kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz.
Javob: To‘g‘ri javob o‘rgimchaklar. 15 mingta madakaskar o‘rgimchaklari 30 gr to‘r bera oladi. Bir necha metrli matoni olish uchun esa millionlab o‘rgimchaklar va yillab vaqt kerak bo‘ladi.

Qalqon-Щит 2025-9.pdf
10.4 MB
Mushtariylar diqqatiga!
“Qalqon-Щит” jurnalining 2025-yil sentabr soni nashrdan chiqdi.
Mazkur sonda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli ilohotlar hamda sohada xizmat qilayotgan xodimlar faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar, shuningdek, badiiy adabiyot va she'riyat namunalaridan bahramand bo‘lasiz.

Nomdor sportchi mag‘lub etildi
6-sentabr kuni Guliston shahrida aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha “Amir Temur Fighting Championship” turniri tashkil etildi.
Unda mamlakatimiz bilan birga, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjondan kelgan MMA ustalari qatnashdi.
Quvonarlisi, oktagonga ko‘tarilgan vakillarimiz orasida IIV akademiyasi kursanti Mahmudjon Davurovning jangi ham tomoshabop o‘tdi. Ozarbayjonlik Nematli Xatai bilan jang qilgan sportchimiz ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratib, bayrog‘imizni boshi uzra baland ko‘tardi.
Turnir yakunida barcha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida
Yakkasaroy tumanida IIOFMB xodimlari tomonidan “Profilaktika kuni” doirasida mahallalar va ijtimoiy obyektlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. “Qushbegi” MFYda avtomoyka va avtoservis xodimlari bilan mulk daxlsizligi, “Belariq” va “Muqimiy” mahallalarida esa velosiped, aravacha o‘g‘irliklarining oldini olish bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi. 323-sonli DMTTda kiberxavfsizlik mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, muqaddam sudlangan fuqarolar bilan profilaktik uchrashuv tashkillashtirildi. Bunday tadbirlar aholining huquqiy ongini oshirish va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi, albatta.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari “Alvon beret” ni kiyish huquqini berish bo‘yicha sinovlarni topshirishdi.
Ushbu sinovlar Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari doimiy jangovar shayligini saqlash, harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish, turli xil extremal va nostandart vaziyatlarda tezkor, aniq hamda sifatli qaror qabul qilish kabi jihatlarini yanada mustahkamlash, jangovar bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
2 bosqichli sinovlar davomida ishtirokchilar – jismoniy tayyorgarlik me‘yorlarini topshirish, test sinovlari, qurol-aslaha va maxsus vositalar bo‘yicha savol-javob, sport akrobatikasi, tog‘ tayyorgarligidan amaliy me‘yorlarni topshirish, pistolet va avtomatdan maxsus amaliy otish mashg‘ulotlarini bajargan bo‘lsa, keyingi bosqichda, 10 km ga yugurish, suvli to‘siqlardan o‘tish, har xil turdagi to‘siqlarni bo‘linma tarkibida yengib o‘tish va yakunda qo‘l janggi olishuvi (sparring) kabi shartlarni yengib o‘tib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Uch kun davomida Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Birlashgan dala o‘quv maydoni negizida tashkillashtirilgan, sinovlar davomida
ishtirokchilar bor kuch va mahoratini ishga solib, yuksak intizom, yuqori bilim va metin iroda namoyish etgan holda, mashaqqatli sinovlarni yengib o‘tishdi, yakunda 14 nafar harbiy xizmatchi “Alvon beret” ni kiyish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yuqori saviyada tashkillashtirilgan sinovlarning yopilish marosimida, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan, bu kabi mashaqqatli sinovlarda toblanib, yuksak vatanparlik va jasorat namoyish etgan yurt posbonlarini sharafli nomga sazovor bo‘lganligi bilan samimiy muborakbot etib, ularning xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini ta‘kidlab o‘tdi.
IIV Qorovul qoʻshinlari
qoʻmondonligi
axborot guruhi
Китоб жавонингизга
Оилада бахтга эришиш йўллари
Дейл Карнеги ХХ асрнинг энг муваффаққиятли шахсларидан бири. Унинг китоблари инсонлар учун ўзига хос ҳаёт дарслигига айланиб кетган. Инсон психологиясини қунт билан ўрганган Карнегининг энг устун тарафи ҳаёт ҳақиқатларини оддий ва содда қилиб тушунтириб бера олишидадир.
Гарчи Карнеги вафотига ярим асрдан ошган бўлса-да, унинг асарлари ҳамон энг кўп чоп этилувчи нашрлар рўйхатидан тушгани йўқ. Ҳозиргача инсонлар унинг ғоялари ва фалсафаларидан руҳланадилар, асарларини севиб мутолаа қиладилар.
Батафсил 👉

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ПОЙДЕВОРИ
Осуда кунларга етиб келишимизда, таҳликали даврларда мустақиллигимизни мустаҳкамлаш йўлида фидокорона хизмат қилган фидойи инсонлар талайгина. Ана шундайлардан бири ҳеч шубҳасиз, Ички ишлар вазири маслаҳатчиси, 1-даражали «Шон-шараф», «Буюк хизматлари учун», «Фидокорона хизматлари учун» орденлари ҳамда «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси» фахрий унвони соҳиби, генерал-полковник Зокиржон Алматовдир. Устоз ҳозир ҳам келажагимиз эгаларини мафкуравий хуружлардан, айниқса, терроризм ва экстремизм хавфидан огоҳликка даъват этмокда. Қолаверса, уларни эл-юрт тақдирига дахлдорлик ҳисси билан яшашга, замонавий билимларни, касб-хунарларни эгаллашга ундамокда. Бугун, улуғ устозимиз табаррук 76 ёшга тўлгани муносабати билан уларга узоқ умр ва мустаҳкам соғлик тилаб қоламиз!
Ҳурмат билан,
ИИВ Бирлашган таҳририяти ижодий жамоаси.
@Postdarasmiy