Telegram Web Link
“ВАЗИР КУБОГИ” МУСОБАҚАСИ

Наманган вилоятида “Вазир кубоги” мусобақасининг волейбол бўйича гуруҳ босқичига старт берилди.
Очилиш маросимида вилоят ИИБ раҳбарияти иштирок этиб, жамоаларга муваффақият тилади.
Беллашувларда ИИВ Транспорт ва туризм объектларида хавфсизликни таъминлаш департаменти, ИИВ Қўриқлаш департаменти, Тошкент шаҳар ИИББ, Наманган, Сирдарё ва Тошкент вилояти ИИБ терма жамоалари иштирок этмоқда.
Ўз мухбиримиз,
Наманган вилояти.

👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Медитация нима?

Бу ақлнинг бутун фаолиятини муайян бир нарсада жамлаш ҳолати. Мазкур жараён муроқаба деб ҳам аталади. Ички тинчлик, онгни тозалаш ва маънавий ўсиш йўли.
Медитация орқали инсон ўзини чуқурроқ англайди, раҳм-шафқат ва меҳрни кучайтиради. Асаб тизимини тинчлантиради, стрессни камайтиради. Юрак ва қон босимини меъёрга солади. Уйқуни яхшилайди, иммунитетни оширади. Диққат ва хотирани кучайтиради. Кайфиятни кўтариб, “бахт гормонлари”ни фаоллаштиради.
OQQAN DARYO OQAVERADI...

Guliston shahar Oxunboboyev mavzesida yashovchi Xudoyberdi Bekmurodovlar oilasini mahalladoshlari «Xodimlar oilasi» deyishadi. Asli Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ulg‘aygan Tursuntosh bolaligida harbiy shifokor amakisining libosiga havas qilardi. U ota-onasiga «Men harbiy bo‘laman» deganida esa, ular qiz bolada harbiylikka qiziqish o‘tkinchi havas, deya e’tibor qilishmagan edi. Tursuntoshning orzulari qat’iyati bilan ulg‘aydi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ЯНА ИСТЕЪМОЛГА ЯРОҚСИЗ ГЎШТ

Сирдарё вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳи ходимлари ҳудудий ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш хизматлари, соғлиқни сақлаш ҳамда бошқа мутасадди идоралар билан ҳамкорликда бозорларда истеъмолга яроқсиз маҳсулотлар сотилишининг олдини олишиб, нафс балосига учраб сифатсиз гўшт ташиётган кишилар йўлига тўсиқ қўйишмоқда.
2025 йил 15 октябр куни Сирдарё туманида ҳудудида жойлашган Сирдарё ЙПХ масканида COBALT русумли 70 Қ 389 СВ давлат рақам белгили автомашина тўхтатиб текширилганида, ҳайдовчи Б.Эркаев бошқарувидаги ушбу автомашина юкхонаси ва салонида гўшт олиб кетаётгани маълум бўлади.
Батафсил👉

👉 @postdarasmiy
25 октябрь - Ички ишлар органлари ходимлари куни


Устоз ва шогирд


Суратда: ИИВ ЭКБМ Физик-кимёвий ва техник экспертизалар бўлими бош эксперти(чапда) подполковник Баходир Рахматов шогирди бўлим катта эксперти подполковник Зокир Шарипов билан.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

XIX asrning boshida nima ixtiro qilinganidan keyin qarindoshlar o’rtasidagi nikoh qisqargan?

Ushbu savolning javobini Azamat Axmatov, Qurbonov Ulug'bek, Shamsiyev O., S.Tursunboyeva, Mansur kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz.

Javob: Velosiped.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YPX inspektorlarisiz avtomobil yo'llarini qanday tasavvur qilasiz?

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.

👉@Postdarasmiy
ALOHIDA EʼTIBORGA OLINDI

Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Toshkent va Qibray tumanlarida tungi oʻrganish ishlarini olib bordi. Jarayonda tuman IIBlar faoliyati, hududlarda qoʻllanilayotgan xavfsizlik choralarining samaradorligi oʻrganildi. Xususan, ijtimoiy obyektlar, tibbiyot birlashmalari, bozorlar va jamoat joylarida osoyishtalikni taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar nazoratdan oʻtkazildi. Oʻrganish davomida aholining xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash, shuningdek, jamoat joylarida videokuzatuv qamrovini kengaytirish, patrullik nazoratlarini kuchaytirish masalalari ham alohida eʼtiborga olindi.

@Postdarasmiy
Faxriylarga e’tibor

Xonadonlarimiz fayzi, hayotimizda katta o‘rin tutuvchi keksalarga hurmat ko‘rsatish, ularga har tomonlama ko‘mak berish, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy faolligini yanada oshirish barchamizning burchimiz. Yangihayot tumani IIOFMB tomonidan ham ichki ishlar organlari faxriylari holidan xabar olindi, dildan suhbat qurilib, ularga ehtirom va e’tibor ko‘rsatildi. Ularning duolari, hayot tajribalari va maslahatlari jamiyatimiz uchun beqiyos xazinadir.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
MAVSUMGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA

IIV Namangan akademik litseyida “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, yong‘in, is gazi va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
Райҳон мия қаришини секинлаштиради

Олимларнинг аниқлашича, райҳон экстракти хотира ва диққатни яхшилаб, фикрлаш жараёнларини рағбатлантиради ва ҳатто Альцгеймер касаллиги ривожланиши хавфини камайтиради.
Чунки унинг таркибида кучли табиий антиоксидантлар – розмарин ва хлороген кислоталари мавжуд. Улар стресс ҳолатидан чиқишга, нейронлардаги ёшга оид ўзгаришларни секинлаштиришга ёрдам беради ва бош мияни яллиғланиш жараёнларидан ҳимоя қилади.
Тадқиқотчиларнинг фикрича, бу хусусиятлари учун райҳонни когнитив саломатликни қўллаб-қувватлаш учун озуқавий қўшимчалар, нутрицевтиклар таркибига киритиш мақсадга мувофиқ бўлади.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
MMA NOQONUNIY SPORT TURIMI?

Ba’zilar MMAni noqonuniy tashkillashtiriladigan, hech qanday qonun-qoidalarga asoslanmagan, hatto oxiri o‘limgacha davom etadigan ko‘cha, qafas janglari yoki boshqa taqiqlangan yo‘nalishlar bilan adashtirishadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Aslida MMA (inglizcha Mixed Martial Arts) alohida sport turi bo‘lib, «aralash jang san’atlari», «aralash yakkakurash» deb talqin qilinib, turli jang sa’nati texnikalarini o‘z ichiga umumlashtiradi. O‘zbekistonda MMA assotsiatsiyasi 2019-yil tashkil topgan bo‘lib, unga qadar professional sportchilarimiz asosan xorijda o‘z janglarini o‘tkazishgan. Ushbu sport turi bo‘yicha mamlakatimizdan chiqqan ilk qaldirg‘ochlar Sunnat Ilyasov, Gulbahor Amantayeva, Ayubxon Kamolovlar bo‘lishgan.

@Postdarasmiy
2025/10/20 10:17:52
Back to Top
HTML Embed Code: