Telegram Web Link
Mirobod tumanida xalq dardi eshitilyapti: ochiq qabullar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada samarali tashkil etish, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, xalq qabulxonalariga hokimlarning shaxsan rahbarlik qilishi va ish kunlarini aynan aholi bilan suhbatdan boshlashi zarurligi alohida ta’kidlangan edi.

Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tomonidan aholi uchun ochiq qabullar muntazam tashkil etilmoqda.

🔴 Navbatdagi bunday qabul joriy yilning 20 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sh. Sultanova, tuman hokimi o‘rinbosari F. Madaminova hamda qator mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

👥 Qabulda tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan 15 nafar fuqarolarning ijtimoiy, uy-joy, ish bilan ta’minlash, infratuzilma, xotin-qizlar va yoshlar muammolari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

🔎 Har bir masala individual tarzda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlarga aniq va ijroga yo‘naltirilgan topshiriqlar berildi. Qabul jarayonida ko‘plab muammolar o‘sha joyning o‘zida hal etildi.

❗️ Bu kabi ochiq qabullar aholining davlat idoralariga ishonchi, ochiq muloqot madaniyati va muammolarni tezkor hal etish mexanizmlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Xalq davlatga emas, davlat xalqqa yaqin bo‘lishi kerak” degan ezgu g‘oya bugungi amaliy ishlar orqali o‘z isbotini topmoqda.

| Facebook | Instagram| Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🤩1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Yangihayot tumani hokimi har ish kunini fuqarolar muammolarini eshitish va ularni hal etishga qaratilgan qabullar bilan boshlamoqda.

💬 Bugun ham erta tongda Yangihayot tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi bilan birga tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

🔹 Qabul davomida mahallalarda yashovchi 10 nafar fuqaroning kommunal xizmatlar, ish bilan ta’minlash, uy-joy va boshqa dolzarb masalalardagi murojaatlari tinglandi.


🟢 Ayrim muammolar joyida hal etildi, vaqt va o‘rganish talab qiluvchi masalalar yuzasidan esa fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Ta’kidlash joizki, bunday qabullar belgilangan grafik asosida mahallalarda ham muntazam o‘tkazilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTube | Web-site
3
Murojaat va ijro

Sayyor qabuldan so‘ng tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov “Elobod” mahallasi hududidagi 105-koʻp qavatli uy manzilida boʻldilar va fuqarolar murojaatiga asosan hududni oʻrgandilar.

Oʻrganishlar jarayonida hududning sanitar holati, noqonuniy qoʻshimcha qoʻrilmalar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etilgan savdo va xizmat koʻrsatish maskanlaridagi holatga baho berildi. Hashar jarayonlarini tashkil etish hamda hududni tartibga keltirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, “Buyuk Ipak yoʻli” metro bekatidan harakatlanganda piyodalar yoʻlaklarini ta’mirlash hamda aholiga qulay sharaitlarni yaratish belgilab olindi.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2👎1🔥1👏1
2025/07/14 17:46:16
Back to Top
HTML Embed Code: