Telegram Web Link
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мўғулистонга давлат ташрифи якунига етди, давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди. Аэропортда олий мартабали меҳмонларни Мўғулистон ташқи ишлар вазири Батмунх Батцэцэг ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди.

Программа государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Монголию завершилась, глава нашего государства отбыл в Ташкент. В аэропорту высоких гостей проводили министр иностранных дел Монголии Батмунх Батцэцэг и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlar uchun imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:

Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlar ko‘rinishida sheriklik asosida foiz va ustama to'lovlarisiz kapitalga ulush kiritadi;

20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlarni xizmatlar ipotekasi orqali yillik 18% ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov ta’minotisiz tadbirkorga taqdim etadi;

Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing) uchun resurs joylashtiradi;

Tadbirkorga kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda 5 mlrd so‘mgacha kafil bo‘lib beradi;

Kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya qilib beradi;

Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha (o'z faoliyatini o'stirgan tadbirkorlar uchun 150 mln so'm) qismini qayta moliyalashtiradi.

Batafsil:📱@edcomuz ☎️ 71-205-57-57
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Olmazor yoshlarni sevadi — "Bitiruvchi 2025" GALA-KONSERTI muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

💃🕺 Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu bayramona tadbir Olmazor tumanida yoshlarga yorqin lahzalar, musiqaga boy va ilhomlantiruvchi kecha tuhfa etdi.
Sevimli san’atkorlarning ijrolari, yorqin raqslar va madaniy chiqishlar tadbir mehmonlariga bayramona kayfiyat ulashdi.

🎙 Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy masalalar va yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon O‘sarov hamda Olmazor tumani hokimi ishtirok etib, bitiruvchilarni mustaqil hayot sari qo‘ygan ilk qadamlari bilan samimiy tabrikladilar.

“Bitiruvchi 2025” – bu nafaqat musiqiy bayram, balki yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yayotgan yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan ko'rsatilayotgan katta e’tibor, e’tirof va ishonchning amaliy ifodasidir.

#Dolzarb_90_kun
#Yoshlar_oyligi

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
👍3🔥1🥰1👏1
🇺🇿Toshkent delegatsiyasi O‘zbekiston va Rossiya hamkorligidagi loyiha - Shahrisabzdagi "Oqsaroy Hospital" kardiojarrohlik va tashxis markaziga tashrif buyurdi.

🏢Markaz sobiq elektr tarmoqlari boshqarmasining xususiylashtirilgan binosida joylashgan. Qurilish ishlari 2025-yil fevralda yakunlangan. Loyihaning umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lib, shundan 10 millioni investitsiyalardir.

🧑‍💻Markaz tarkibiga poliklinika, ko‘chma tashxis xizmati, jarrohlik bo‘limi va malaka oshirish markazi kiradi. To‘liq quvvatda ishga tushgach, 130 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.



🇺🇿Делегация Ташкента посетила кардиохирургический и диагностический центр “Oqsaroy Hospital” в Шахрисабзе — совместный проект Узбекистана и России.

🏢Объект размещён в приватизированном здании бывшего управления электросетей. Строительство завершено в феврале 2025 года. Стоимость проекта — 12 млн долларов, из них 10 млн — инвестиции.

🧑‍💻Центр включает поликлинику, мобильную диагностику, хирургическое отделение и центр повышения квалификации. При выходе на полную мощность создаст 130 рабочих мест.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
#poytaxtdeputatlari #munosabat #deputatlik_faoliyati

❗️Муносабат

📌 Мақсад - жамият ва давлат ҳаётининг муҳим масалаларини ҳал этишда маҳаллий Кенгашларнинг ролини ошириш


📣 Куни кеча Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги 98-сонли Фармони имзоланди.

🗞 Фармон қарийб бир ярим йил давомида Сенат раҳбарияти, қўмита раислари, мутасадди вазирлик ва идоралар раҳбарлари, олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари, илмий тадқиқот институтлари экспертлари, шунингдек маҳаллий Кенгашлар вакиллари (жами 59 нафар) иштирокида тайёрланди.

🗞 Фармонда 7 та устувор йўналишлар асосида маҳаллий Кенгашларни ривожлантиришга оид 53 та чора-тадбирдан иборат “Йўл харитаси”ни 2030 йилга қадар амалга ошириш режалаштирилган.

👉 Батафсил👈

✍️ Сакинахон Саид Газиева - Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутати


__________________________________


❗️Мнение

📌 Цель – повышение роли местных Кенгашей в решении ключевых вопросов общественной и государственной жизни


📣 За последние восемь лет в нашей стране кардинально изменилось отношение к местным Кенгашам. Это проявляется в изменении их конституционно-правового и организационно-институционального статуса. Согласно новой редакции Конституции, полномочия представительных и исполнительных органов местной государственной власти были разделены, а должности председателя местного Кенгаша и хокима четко разграничены. На местном уровне закреплен принцип разделения властей.

🗞 Полномочия и ответственность местных Кенгашов увеличились в шесть раз, созданы постоянно действующие секретариаты, в Сенате учрежден Центр содействия органам территориального представительства, а в законодательство введены новые институты – «Запрос Кенгаша» и «Расследование Кенгаша».

🗞 Сегодня хокимы реализуют ключевые проекты в регионах в консультации с Кенгашами. Ярким подтверждением этому служит то, что если раньше сессии в регионах проводились раз в квартал, то теперь они созываются ежемесячно, а при необходимости – даже дважды в месяц.

👉 Более 👈

✍️ Саид Газиева Сакинахон Шерзодовна – Депутат Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3😁2
🇺🇿 Delegatsiya a'zolari "Shahrisabz" turistik markazining Miraki shaharchasida bo'lishdi.

🇺🇿 “Shahrisabz” turistik markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

🏦 Hisor tog‘i yonbag‘rida turizm klasterini tashkil etish doirasida 400 mln dollarlik 117 loyiha amalga oshirilmoqda.

🏗 Hududda osma koʻpriklar, selfi maydonchalari, ziplaynlar, suvda sayohat, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari barpo etilgan Miraki nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham sevimli manzilga aylanmoqda.

🏢 Miraki Spa and Resort kurortida ikkita mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar markaz, 600 o‘rinli mehmonxona va 300 o‘rinli yotoqxona mavjud. Markazning salohiyati yiliga 300 ming nafargacha sayyohni qabul qilish imkonini beradi.

🏗 Mirakida yo‘llar qurilib, modernizatsiya qilindi, kommunal tarmoqlar o‘rnatildi, elektr ta’minoti yaxshilandi. Hisorak suv ombori hududida uzunligi 2 km dan ortiq kanat yo‘li va dengiz sathidan 2700 metr balandlikda restoran qurildi.

🧑‍💻Master-rejaga asosan 10 kilometr uzunlikdagi velo-yoʻlak, 9,750 metrlik piyoda yoʻlaklari, tungi yoritish chiroqlari va koʻpriklar qurilgan. Shu bilan birga, 240 gektar yerda turistik loyihalar uchun tadbirkorlarga sharoit yaratilib, 12 ta loyiha amaliyotga tatbiq etildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/07/13 01:39:42
Back to Top
HTML Embed Code: