Telegram Web Link
🎙️"O‘zbekiston ovozi" ko‘chasi bo‘ylab sayohat

📍Ayni vaqtda jurnalistlar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yangilangan "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasida bo‘lib turishibdi.
2,1 km uzunlikdagi gastronomik maskanda 100 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, veloyo‘lak, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, yoritish chiroqlari va kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Ko‘chaning o‘ziga xos jihati – u 24 soat davomida faoliyat yuritadi va har bir mehmon uchun qulay hordiq muhitini yaratadi.

📹 Jurnalistlar loyihaning amalga oshirilish jarayoni, yangi ish o‘rinlari va mahalliy biznes uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Press-tur davom etadi

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1👏1
📣📣📣Diqqat Tanlov!

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar diqqatiga!

Joriy yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman bosqichlari boshlanganini e’lon qilamiz.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🔹14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.
Nomzodlar Adabiyot, San’at, Fan, Ta’lim, Madaniyat, Sport, Jamoatchilik va IT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

👉👉👉 Hujjatlar joriy yilning 30-oktabr sanasiga qadar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
👍43👏1
🏢Jurnalistlar "School 21" da

🎙️Press-tur ishtirokchilari "School 21" raqamli texnologiyalar maktabiga yetib kelishdi. Bu joy – IT sohasida o‘qituvchisiz, reytingsiz, mutlaqo bepul ta’lim beriladigan noyob maskan.

🧑‍💻 Jurnalistlar o‘quvchilar bilan suhbatlashib, dasturlash tillari, "tengdosh-tengdoshga" tamoyili va "Hovuz" saralash jarayoni haqida qiziqarli ma’lumotlar olishdi.

📈Bu yerda har bir ishtirokchi o‘zi uchun qulay jadvalda o‘qiydi, amaliy loyihalar yaratadi va haqiqiy tajriba orttiradi.

📍Bu manzil bloger va jurnalistlarda ko‘plab savollar uyg‘otdi va qiziqishlariga sabab bo‘ldi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
🏥Shahar o‘smirlar dispanseri – jurnalistlarni kutib oldi

📍Jurnalistlar Shahar o‘smirlar dispanserining yangilangan binosini ko‘zdan kechirish uchun manzilga yetib kelishdi.
Yangi markaz 15–18 yoshdagi yoshlar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

👩‍⚕️Jurnalistlar tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, dispanserning kardiologiya, gastroenterologiya, qizlar salomatligi va sport tibbiyoti bo‘limlari faoliyati bilan tanishishdi.

🩺Ayniqsa, yosh sportchilar uchun tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tizimi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
2025/10/27 16:03:06
Back to Top
HTML Embed Code: