Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев:

"Касаба уюшмаларининг корхона ва ташкилотларда меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилишдаги жонбозлиги алоҳида эътирофга сазовор".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida Yakkasaroy tumanida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

💠 Yakkasaroy tumanida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, tumandagi 73-sonli umumta’lim maktabida joriy etilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 64 nafar o‘quvchi chuqurlashtirilgan bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

👉 Bugun ushbu ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining sifati va loyihaning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev hamda soha mutasaddilari tashrif buyurishdi.

💠 O‘rganish davomida maktabda tashkil etilgan zamonaviy o‘quv xonalari, kasbga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi maxsus kurslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan auditoriyalar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar bilan muloqot chog‘ida ular egallayotgan bilimlar, kasbiy yo‘nalishlar va kelajak rejalari haqida fikr almashildi.

💢 Shuningdek, loyiha doirasidagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh ko‘nikmalarni berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Mutasaddilarga chuqurlashtirilgan darslar sifatini oshirish, metodik yondashuvlarni takomillashtirish va kurslarning amaliy samaradorligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🥴21🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент:

"Касаба уюшмалари яраштирувчи, муросага келтирувчи бўғин сифатида иш берувчи ва ходим ўртасидаги низоларни судгача ҳал қилишда фаоллик кўрсатиши мақсадга мувофиқ".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ишсиз қолган, меҳнат жараёнида касаллик ёки ногиронликка чалинган одамларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш кафолатларини кучайтириш зарурлиги қайд этилди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев:

Биз эришаётган натижаларда 8 миллионга яқин аъзога эга, энг халқчил ва катта нодавлат ташкилоти бўлган касаба уюшмаларининг муносиб ҳиссаси бор.


Президент Шавкат Мирзиёев:

В достигаемых нами результатах есть достойный вклад профсоюзов, насчитывающих в своих рядах около 8 миллионов членов и являющихся самой народной и крупной негосударственной организацией.


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan davlat xizmatchilari o‘rtasida “Zakovat” bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

🇺🇿Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent shahar filiali hamkorligida tashkil etildi.

🎓 O‘yin ochilishida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev ishtirok etib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar.

🧠O'yinda Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarining faol xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘zbek tili, adabiyot, tarix va madaniyatga oid savollarga javob berish orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv ularning intellektual salohiyati va jamoaviy ishlash qobiliyatini namoyon etdi.

🏆 Qizg‘in raqobat yakunida Mirzo Ulug'bek tumani davlat xizmatchilaridan yig'ilgan “Ziyo” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
_____________

🇺🇿В честь Дня узбекского языка, который отмечается 21 октября, среди государственных служащих был проведён интеллектуальный конкурс «Заковат».

🇺🇿Мероприятие было организовано в сотрудничестве с хокимиятом города Ташкента, Ташкентским городским отделением Республиканского центра духовности и просвещения, а также Ташкентским городским филиалом Агентства по эффективности управления.

🎓 В открытии игры приняли участие руководитель Республиканского центра духовности и просвещения Отабек Хасанов, заместитель хокима города Ташкента Дурдона Рахимова и президент ННО «Интеллектуальный клуб Заковат» Абдурасул Абдуллаев, которые пожелали участникам успехов.

🧠В игре команды, состоящие из активных сотрудников государственных организаций Ташкента, проверяли свои знания, отвечая на вопросы, связанные с узбекским языком, литературой, историей и культурой. Конкурс продемонстрировал их интеллектуальный потенциал и способность работать в команде.

🏆 По итогам напряжённой борьбы почётное первое место заняла команда «Зиё», собранная из госслужащих Мирзо-Улугбекского района. Победители были награждены дипломами и памятными подарками.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥22🔥2😍1
🏫 107-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilib, foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 107-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarori hamda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori asosida amalga oshirilgan ushbu loyiha natijasida muassasa binosi tubdan yangilandi.

🏗 Ta’mirlash doirasida:

— bino fasadi, ichki interyer, ichki kommunikatsiyalar, isitish va suv ta’minoti tizimlari yangilandi;
— guruh xonalari, yotoq va o‘yin zallari zamonaviy dizaynda qayta jihozlandi;
— oshxona va ma’muriy xonalar zamonaviy mebel hamda texnik uskunalar bilan ta’minlandi.

Endilikda 210 nafar tarbiyalanuvchiga mo'ljallangan ushbu tashkilot bolajonlar uchun qulay, xavfsiz va estetik jihatdan chiroyli muhitga ega zamonaviy ta’lim maskaniga aylandi.
______________________
🏫 Государственное дошкольное образовательное учреждение №107 полностью реконструировано и сдано в эксплуатацию

В Алмазарском районе города Ташкента завершены работы по реконструкции Государственного дошкольного образовательного учреждения №107, и оно передано в пользование детям.

В результате проекта, реализованного на основании Постановления Президента Республики Узбекистан о государственной программе «Обод махалла» и соответствующего решения хокима города Ташкента, здание учреждения было полностью обновлено.

🏗 В рамках ремонтных работ:
— обновлены фасад здания, внутренний интерьер, внутренние коммуникации, системы отопления и водоснабжения;
— групповые комнаты, спальни и игровые залы переоснащены в современном дизайне;
— кухня и административные помещения оборудованы современной мебелью и техникой.

Теперь учреждение, рассчитанное на 210 воспитанников, превратилось в современный образовательный центр с комфортной, безопасной и эстетически привлекательной средой для детей.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
👍4
2025/10/23 02:44:45
Back to Top
HTML Embed Code: