Telegram Web Link
“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Tadbirda Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi O.Kozixonova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh.Sultanova, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari va boshqalar ishtirok etdi.

❗️“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari:

🥇 Mirzo Ulug‘bek tumani “Turon” mahallasi xotin-qizlar faoli Maxmudova Zebiniso Qurbonovna;
🥈Chilonzor tumani “Xirmontepa” mahallasi xotin-qizlar faoli Babadjanova Nargiza Polatbaevna;
🥉 Uchtepa tumani “Tinchlikobod” mahallasi xotin-qizlar faoli Madaminova Noila Ulug‘bekovna.

G‘oliblar “Faxriy yorliq” hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
👍6🔥1
#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📌 Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deputatlar nazoratida


🔸 Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlari deputatlari joylarda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar bilan tanishdilar. Tashriflar davomida deputatlarga tegishli tashkilotlarning mas’ul vakillari hamrohlik qildi.

📍 Shayxontohur tumanida deputatlar dastlab “Jangoh” mahalla fuqarolar yig‘ini, 7-uyda olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish va elektr tarmoqlarining mavsumiy tayyorgarligi bilan tanishdilar. Mazkur hududda “Yangijangoh plyus” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida mas’ul J.Xushbakov ma’lumot berdi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 259-son qarori asosida modernizatsiya qilingan “Xadra” podstansiyasida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar deputatlar e’tiboriga taqdim etildi. Bu borada A.Ismailov tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

📍 Chilonzor tumanida ham deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganishni davom ettirdilar. Avvalo, “Yangi Komolon” mahallasidagi ichimlik suvi nasos stansiyasida olib borilgan texnik yangilanish ishlari o‘rganildi. So‘ngra “Bo‘g‘zor” mahallasi, 7-mavze hududida o‘rnatilgan yangi transformator punkti va 7-mavze, 37-uyda bajarilgan mavsumiy ta’mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, “Bog‘iston kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishish chog‘ida mas’ullar A.Ismailov va K.Xamroyev deputatlarga amalga oshirilgan ishlarning texnik jihatlari haqida axborot taqdim etdilar. Tashrif davomida deputatlar, shuningdek, “Chilonzor” podstansiyasida elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan tanishdilar. Bu obyekt ham VKning 259-son qarori asosida yangilangan bo‘lib, elektr uzilishlarini kamaytirish va barqaror ta’minotga erishish maqsadida muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nazorati Uchtepa tumanida ham davom ettirildi. Deputatlar bu yerda 5-son issiqlik markazida amalga oshirilgan ishlar, issiqlik tarmoqlarining texnik tayyorligi bilan tanishdilar. Shuningdek, “Veolia Energy Tashkent” MChJ XKda zaxira va dispetcherlik xizmatlari faoliyati o‘rganildi. Tumandagi 15-mavze, 21-uyda olib borilgan mavsumiy ta’mirlash ishlari hamda “Bog‘iston Lyuks” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati joyida o‘rganilib, mas’ullar Sh.Pulatov, Q.Nig‘matov va A.Naimov deputatlarga ishlar jarayoni va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot berdilar.

🔻 Har bir tuman kesimida deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar va tavsiyalar berildi.

🔻 O‘tkazilgan nazorat tadbirlari Toshkent shahrida kuz-qish mavsumida aholining issiqlik, suv va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishini ta’minlash, mavjud infratuzilma obyektlarining barqaror ishlashini kafolatlashga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar izchil davom etayotganini ko‘rsatdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi 21-oktabr, soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Toshkentda “Germaniya tibbiyot akademiyasi” ochildi

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida “Germaniya tibbiyot akademiyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔵Loyiha Migratsiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Aaxen universitet klinikasi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.

🧑‍💻Ochilish marosimida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Toshkentdagi Germaniya elchixonasi — Missiya rahbarining o'rinbosari Klemens Shvanhold, "Capmont GmbH" kompaniyasi bosh direktori Armin Veibel, Aaxen universiteti klinikasi direktori Mario Hoben va boshqa xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.

📝Ochilish marosimida loyiha haqida batafsil ma'lumot hamda kutilayotgan natijalar taqdim etilib, akademiya bilan tanishuv tashkil qilindi.

🎓Akademiya Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot mutaxassislarini Germaniya standartlari asosida tayyorlash, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.


🌍"Germaniya tibbiyot akademiyasi" bitiruvchilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, Germaniyada yuqori va barqaror maosh asosida hamshira sifatida ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



🇩🇪 В Ташкенте открылась "Немецкая медицинская академия"

Сегодня на базе Республиканского техникума общественного здоровья №1 имени Абу Али ибн Сино в столице состоялась торжественная церемония открытия "Немецкой медицинской академии".

🔵Проект реализован в сотрудничестве с Агентством по миграции, Министерством здравоохранения, Министерством высшего образования, науки и инноваций, Университетской клиникой Аахена (Германия) и швейцарской компанией "Globogate Concept AG".

🧑‍💻
В церемонии открытия приняли участие директор Агентства по миграции Бехзод Мусаев, министр высшего образования, науки и инноваций Кунгратбай Шарипов, министр здравоохранения Асилбек Худаяров, заместитель главы миссии посольства Германии в Ташкенте Клеменс Шванхольд, генеральный директор компании "Capmont GmbH" Армин Вейбель, директор клиники Университета Аахена Марио Хобен и другие зарубежные гости.

📝
В ходе мероприятия была представлена подробная информация о проекте и его целях, а также организована экскурсия по академии.

🎓
Академия стала новым этапом сотрудничества между Германией и Узбекистаном, направленным на подготовку медицинских специалистов среднего звена по немецким стандартам, поддержку их профессионального развития и создание новых возможностей для трудовой миграции.


🌍Выпускники "Немецкой медицинской академии" получат диплом, признаваемый обеими странами, и смогут начать профессиональную деятельность в Германии, где предусмотрены высокие и стабильные условия оплаты труда.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1🥰1👏1
2025/10/25 10:56:07
Back to Top
HTML Embed Code: