Telegram Web Link
🇺🇿 Delegatsiya a'zolari "Shahrisabz" turistik markazining Miraki shaharchasida bo'lishdi.

🇺🇿 “Shahrisabz” turistik markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

🏦 Hisor tog‘i yonbag‘rida turizm klasterini tashkil etish doirasida 400 mln dollarlik 117 loyiha amalga oshirilmoqda.

🏗 Hududda osma koʻpriklar, selfi maydonchalari, ziplaynlar, suvda sayohat, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari barpo etilgan Miraki nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham sevimli manzilga aylanmoqda.

🏢 Miraki Spa and Resort kurortida ikkita mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar markaz, 600 o‘rinli mehmonxona va 300 o‘rinli yotoqxona mavjud. Markazning salohiyati yiliga 300 ming nafargacha sayyohni qabul qilish imkonini beradi.

🏗 Mirakida yo‘llar qurilib, modernizatsiya qilindi, kommunal tarmoqlar o‘rnatildi, elektr ta’minoti yaxshilandi. Hisorak suv ombori hududida uzunligi 2 km dan ortiq kanat yo‘li va dengiz sathidan 2700 metr balandlikda restoran qurildi.

🧑‍💻Master-rejaga asosan 10 kilometr uzunlikdagi velo-yoʻlak, 9,750 metrlik piyoda yoʻlaklari, tungi yoritish chiroqlari va koʻpriklar qurilgan. Shu bilan birga, 240 gektar yerda turistik loyihalar uchun tadbirkorlarga sharoit yaratilib, 12 ta loyiha amaliyotga tatbiq etildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Forwarded from VisitTashkent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Londonda O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyati targ'ib qilindi

Gastroturizmni rivojlantirish va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida 2025-yilning 21-22-iyun kunlari Londonning eng go‘zal go‘shalaridan biri - Tauer ko‘prigi yaqinida “Uzbek Culture and Food Festival” nomli yorqin xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tourism potential and culture of Uzbekistan presented at London

With the aim of promoting gastronomic tourism and strengthening international cultural ties, a vibrant international event — the "Uzbek Culture and Food Festival" — was held on June 21–22, 2025, in one of London's most picturesque locations, near Tower Bridge.


В Лондоне представлен турпотенциал и культура Узбекистана

С целью развития гастротуризма и укрепления международных культурных связей 21 и 22 июня 2025 года в одном из самых живописных уголков Лондона, вблизи Тауэрского моста, состоялось яркое международное мероприятие “Uzbek Culture and Food Festival”.

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍86👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇺🇿 Xayrli tong, ona shahrim!

🇺🇿 🇺🇿 Доброе утро, родной Ташкент!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🕊32
🟢 Press-tur o‘z ishini boshladi

🇺🇿Ayni vaqtda poytaxt hokimligi tomonidan tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari belgilangan manzillar sari yo‘l olishdi. Unda jurnalist, blogerlar, davlat va nodavlat telekanallarning vakillari ishtirok etmoqda.

📍Press-tur davomida ishtirokchilar Toshkent shahridagi Bo‘zsuv va Bo‘rijar kanallari atrofida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishadilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!



🟢 Пресс-тур стартовал

🇺🇿В настоящее время участники пресс-тура, организованного хокимиятом города Ташкента, направляются по намеченному маршруту. В составе делегации — журналисты, блогеры, а также представители государственных и негосударственных телеканалов.

📍В ходе пресс-тура участники ознакомятся с реализованными проектами вблизи каналов Бозсу и Бурижар, расположенных на территории столицы.

🟢Оставайтесь с нами и следите за развитием событий!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👎1
📍Suv bo'yida tashkil etilgan hordiq maskani

🟠Press-tur ishtirokchilari Bo‘zsuv kanalining Shayxontohur tumani hududidan o‘tgan qismida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Azaldan poytaxtliklarning sevimli salqin maskani hisoblangan kanal qirg‘og‘i hozirda yangi qiyofaga kirgan. Endilikda bu yerda nafaqat suvning salqinidan bahra olish, balki turli sharoitlardan foydalanib, dam olish imkoniyati ham mavjud.

🧑‍💻Kanal qirg‘og‘ida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, velo yo‘laklar, piyodalar yo‘laklari va sport maydonchalari qurilgan. Shuningdek, selfi zonalari ham tashkil etilgan bo‘lib, bu joylar mehmonlarga qulaylik yaratadi.

Jurnalistlar bajarilgan ishlar bilan batafsil tanishib, mutaxassislar va yurtdoshlarimizdan intervyu olishdi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
📍Press-tur ishtirokchilari navbatdagi manzil — Bo‘zsuv kanali bo‘yida barpo etilgan yangi sayilgohga yetib kelishdi

🧑‍💻Yillar davomida e’tibordan chetda qolgan Bo‘zsuv kanali bo‘yidagi hudud endi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Shayxontohur tumanining Gulxaniy ko‘chasidan o‘tuvchi qismda kanal atrofi to‘liq obodonlashtirilib, odamlar dam oladigan va sport bilan shug‘ullanadigan makonga aylandi.

🟠Avvallari faqat texnik vazifani bajargan ushbu hudud endi piyodalar yo‘lakchalari, veloyo‘lak, favvora va sun’iy sharshara, bolalar maydonchalari, skeytbord zonasi, yashil hudud va ko‘prik ham bor.

💡Kechqurun esa Bo‘zsuv kanali bo‘yini chiroqlar yoritadi. Odamlar sayr qiladi, sport bilan shug'ullanadi, farzandlari bilan vaqt o‘tkazadi.

Endi bu shunchaki kanal qirg'og'i emas. Bu – shaharning yuragida yangi hayotga ega bo‘lgan ochiq makon.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
2025/07/14 21:58:13
Back to Top
HTML Embed Code: