Telegram Web Link
🔥PREMYERA🔥

Angliyalik ta'lim maslahatchisi Roy Andersenning «O'qituvchi, ota-ona, farzand» kitobida maktab ta'limiga oid qator muammolar va ularning yechimiga doir amaliy tavsiyalar berilgan. Muallif ko'p yillar davomida maktab ta'limi mohiyatini chuqur o'rgangan va izlanishlar olib borgan mutaxassis hisoblanadi.

Muallif ushbu kitobda «Aslida maktab qanday dargoh?», «O'quvchilar qay maqsadda maktabga jalb qilinadi?», «Ta'limdan ko'zlangan maqsadlarga erishilmasligi sabablari nimalardan iborat?», «O'quvchilar qanday qilib fanlarni yaxshiroq o'zlashtiradilar?», «O'quvchilar o'tilayotgan mavzularni haqiqiy hayot bilan qay taxlit bog'lashlari mumkin, ya'ni olingan bilimlarni keyinchalik qachon, qayerda va qanday qo'llaydilar?», «Sun'iy intellekt hukmronlikka o'tayotgan dunyoda yoshlar o'z o'rinlarini topishlari nechog'lik muhimligini anglaydilarmi?» kabi savollarga javob izlaydi. Ushbu so'roqlar esa har bir millat, xususan, o'zbek ota-onasi, o'qituvchisi uchun dolzarbdir.

Roy Andersen «O'qituvchi, ota-ona, farzand»

Nashriyot: Yangi asr avlodi
Betlar soni: 304
Narxi: 36 ming soʻm

Buyurtma berish:
Sayt: Book.uz
Telegram: @bookuzbot
Tel: +998712300050

📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi
​​Yomonliklar yomon odamlar ko'p bo'lgani uchun bo'lmaydi

Zo'ravonlik, talonchilik, poraxo'rlik, nohaqlik, xudbinlik, zulm kabi yomon illatlar yomon kimsalarning ko'pligi uchun emas, balki, odamlarning bu kabi voqealarga e'tiborsizliklari,
yovuzlikni ko'rib o'tib ketaverish, ularni "ko'rmaslikka olish", nohaqliklarga "to'xta" deya olmasliklari oqibatidir.

Nega "to'xta" deya olmaymiz?

Bu hodisani psixologiyada konformizm degan holat tushuntirishga harakat qiladi. Komformizm - qalban qoshilmasa-da, amalda kopchilik firiga ergashish. Bunda shunday holat ro'y beradiki, o'zim qarshi bo'lsam ham, qolgan odamlarning fikriga qo'shilaman. Bu holatga "Ko'pchilik nima desa - shu" degan maqol mos tushadi.

Mana nima uchun yomonliklar yomon odamlar bo'lgani uchun emas, balki, biz yomon hodisalarni boshqalar bilan birga kuzatuvchi bo'lib qolaverishimizdan sodir bo'ladi.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali
Video
Videoni diqqat bilan kuzatsangiz hozirgi odamlarning psixologik beqarorligiga, ya'ni, asabiylik, tushkunlik, siqilish, ruhiy charchoqlarga sabab bo'layotgan asosiy omillardan biri deb insonlar real muloqotdan ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga o'tib ketayotganligi ko'rsatilgan. Odamlar o'zaro bir-biri bilan dildan gaplashmayapti, muloqotning asosiy qismi internetda o'tyapti. Bu esa kuzatuvlarimga qaraganda 2 ta holatga sabab bo'lyapti:

birinchidan, real muloqotning kamligi odamlarning ichki kechinmalarini "tashqariga chiqarib yuborish"iga to'sqinlik qilmoqda.

Samimiy muloqot terapevtik kuchga ega. "Ichkarida yig'ilib qolgan" va "chiqarib yuborilmagan" noroziliklar, ehtiyojlar psixologik portlashga, ruhiy passivlikga sabab bo'ladi;

ikkinchidan, yosh avlodda muloqot ko'nikmalari, muomala, o'zini tutish, o'zini boshqarish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelyapti.

Farzandingiz muloqotsiz o'sib, raqamli zombiga aylanishini xohlamasangiz, ular bilan muloqot qiling, sayrlarga chiqing.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​Yuqori maqsadli insonlar odamlarni o'zlariga jalb qiladi

Yuqori maqsadlarga ega insonlar oilasi bilan, yaqinlari va atrofdagilar bilan yaxshi ijtimoiy aloqada bo'lishar ekan. Bunga sabab qilib bir tadqiqot natijasini keltirib o'tilgan. Unga ko'ra, yuqori motivatsiyali, ya'ni maqsadlari katta insonlar past motivatsiyali insonlarga qaraganda ko'proq odamlarni o'zlariga jalb qilish xususiyatiga ega bo'lishar ekan.

Chunki, bu kabi insonlar atrofdagilar bilan munosabatlariga ko'proq e'tibor berishadi, oilasiga doimiy g'amxorlik qilishadi, o'zlariga ko'proq investitsiya kiritishadi. Bu omillar esa ko'chada ham, oilada ham turli tushunmovchilik, nizo va konfliktlarni oldini oladi va sog'lom munosabatlarni ushlab turadi.

Natijada esa, maqsadli odamlar samaraliroq vaqtni boshqarish imkoniyatiga, pozitiv ruhiy holatga, kamroq stressli vaziyatlarga ega bo'ladi. Bunday odamlarning umumiy hayotdan qoniqish darajasi ham yuqoridir. Bu kabi energiyaga to'la insonlar atrofdagilarni o'ziga jalb qilishi ajablanarli emas.

🌐 Maqola bilan batafsil tanishish uchun.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
- Sen rostanam, shu kiyimni kiymoqchimisan?
- Ha, yomonmi?
- Did borasida bahslashilmaydi, albatta. Lekin men kiyolmasdim.

Dialogni psixologik tahlil qilamizmi? 😊

Suhbatda nima ko'zga tashlanadi?

@farzandruhiyati
Sizga shunaqa tuyulmayapti

Yuqoridagi dialogni psixologik tahlil qilishingizni so'raganimning sababi bor. Siz shu kabi dialoglarni qanday idrok qilishingiz menga qiziq edi.

Bu yerda passiv agressiya mavjud. "Sen rostanam shu kiyimni kiymoqchimisan?" savoli insonni tanlovini shubha ostiga qo'yadi. Passiv agressiya deyishimning sababi nima uchun suhbatdosh unday kiyim kiya olmasligining sababi ochiq aytmayapti.

Biz kun davomida oila bag'rida, o'qishda, ishda ko'p odamlar bilan muloqotga kirishamiz. Ba'zan o'zimiz bilib-bilmay boshqalarga passiv agressiya qilsak, ba'zan passiv agressiyani qurboniga aylanamiz.

Passiv agressiya nima o'zi u nimasi bilan xavfli?

Passiv agressiya insonni manipulyatsiya qilishning o'ziga xos usulidir.

Odatda agressiya yaqqol namoyon bo'ladi. Aynan shuning uchun ham biz uning psixikamiz uchun salbiy ta'sirini tez payqaymiz, undan qutulishga harakat qilamiz. Lekin passiv agressiyani anglashning o'zi mushkul. Chunki unda tashqaridan qaraganda juda sokin usulda ruhiyatingizga zarba beriladi. Aynan shu sabab ruhiyatimiz uchun xavflidir. Quyida passiv agressiyani ko'rinishlarini ko'rib chiqamiz:

1. Passiv ayblov (ota qiz farzandiga agar o'g'il bo'lganingda hozir yonimga kirib qolgan bo'larding deyishi).

2. Passiv kutilma (falonchining kelini vaqtli turib bunaqa narsalar pishirib berar ekan)

3. Passiv jazolash (sababini tushuntirmasdan gaplashmay qo'yish, namoyishkorona yomon kayfiyatda o'ziga o'zi jahl qilib yurish)

4. Passiv mahrum qilish (farzand biror xato qilganda ota-ona ochiq gaplashmasdan ruhiy yoki moddiy qo'llab-quvvatlashni uzib qo'yishi).

5. Sarkazmdan foydalanish. Masalan xodim biror muammoga yechim sifatida fikrini aytganda, "Juda ham aqllisiz", "naqadar dono fikr", deya istehzoli kulib qo'yish.

Shaxs o'ziga nisbatan ham passiv agressiya qilishi mumkin. Passiv agressiyaning bu ko'rinishi o'z hayotini passiv vayron qilish deyiladi. Unga qaramliklar, zararli odatlarni kiritish mumkin.

Sizga qanday passiv agressiya qilishgan?

O'zingiz ham kimgadir passiv agressiya qilganmisiz?


@farzandruhiyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolaning telefonga bog'lanib qolmasligining eng birinchi sharti - bu ta'qiqlash.

Aziz Rahimovning bu fikrlariga munosabatingiz qanday?

@psixologkanali
"Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi"

1⃣ Biz ziddiyatlardan qochamiz.

Juftimiz bilan endigina uchrashgan paytimiz ziddiyatlarga yon berish juda oson: anchadan beri kutilayotgan dam olish kunlarini yoki shirin tunni buzmaslik uchun chidashga to'g'ri keladi. Ammo bu hol uzoq davom etsa, bu tanishuv yoki nikoh maqsadlariga putur etkazadi: nikoh - ikki kishining bundan bu yog'iga muammolarga birgalikda yechim topadigan kichik guruh. Shunday ekan, ziddiyatli vaziyatda biz o'z fikrimizni bildirishimiz kerak.

Biroq, ko'pchilik odamlar bu kabi holatlarda "qochish"ni afzal ko'rishadi, chunki oddiy inson uchun munosabatlardagi har qanday mojaroga yechim topish har doim ham qiyinchilik tug'diradi. Doimo janjallashadigan oilada o'sib ulg'aygan bola bundan mustasno.

Muammo va yechim

⚡️Davomi bor...

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​"Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (2-qism)

2⃣ Juftliklarning biri yoki ikkalasi ham o'z emotsiyalarini nazorat qila olmaydilar.

Bunday oilada er-xotin qarama-qarshi qutbda - doimiy bahs-munozarada bo'ladi. Muhit doimo keskin: arzimagan narsalarga ham qizishib ketishlari mumkin; shuningdek, ular tortishuvli masalalarni bosiqlik bilan hal qilish usulidan ko'ra, jang bilan hal qilishni afzal ko'rishadi va bu Uchinchi jahon urushiga aylanadi.

Muammo va Yechim

3⃣ Orqaga qaytib, o'tgan vaziyatni tahlil qila olmaslik.

Ko'pgina juftliklar janjallashib, keyin bir necha kun davomida "chuqur muzlash" rejimiga o'tadilar - ular bir-birlari bilan gaplashmaydilar - shu yo'l orqali xafaligini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lishadi. Keyin ular oxir-oqibat muzdan tushib, go'yoki, hech narsa bo'lmagandek ko'rinadilar. Ba'zan kechirim so'rashlari ham mumkin, lekin boshqa yangi janjal boshlashdan qo'rqib, hech qachon muammo haqida gapirishga qaytmaydilar, o'tgan ishni tahlil qilishmaydi va natijada, "yopiqlik qozon yopig'ligicha qolib ketaveradi".

Muammo va Yechim

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​"Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (4-qism)

4⃣ Samimiy, yaqin o'zaro suhbatlar yo'qligi.

Mojarolarning oldini olish, muammolarni hal qilish yoki hissiy yaqinlik bo'lmagan oilada o'sishning natijasi - o'zini emotsional jihatdan yolg'iz deb hisoblaydigan insondir. Bunday insonlarning yaqinlari ko'p bo'lishi mumkin, ammo ular o'zlarini ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydigan insonga muhtoj deb hisoblaydi. Bitta xonada birga yashaydigan jufti u uchun shunchaki, xonadosh xolos. Shuning uchun bunday insonlar bolasiga yoki ishiga haddan ortiq diqqat-e'tiborini qaratadigan bo'lib qoladi.

Muammo va yechim

5⃣ Jamoaviy hamkorlikning yetishmasligi

Juda ko'p odamlar oilani boshqarishda yoki moliyaviy ta'minotda ko'proq harakat qilyotganliklarini aytishadi, juftini esa oila uchun unchalik ham qayg'urmasligidan shikoyat qiladilar; natijasda sherigidan ranjish va o'zini qadrsizlangandek his qilish ro'y beradi.

Muammo va yechim

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
⚡️Amerikalik ismi anonim qolishini istagan ayol hikoyasi

Chekish saratonni keltirib chiqarishi haqida yana bir ilmiy tadqiqot haqida eshitganimdan so'ng, men chekishni tashlashga urinib ko'rishga harakat qildim. Har safar shunga o'xshash narsani eshitganimda, chekishni tashlashga urinardim, lekin bunday qilolmas edim. Ammo bu safar men qilishim kerak, degan qarorga keldim. Men g'ururli odamman. Odamlar meni yomon tomondan ko'rishlarini xohlmayman.

Shunday qilib "Balki, shu mag'rurligimdan foydalanib, shu la'nati odatimni yo'qotishim mumkin" deb o'yladim. Men haqimdagi fikrlari juda muhim bo'lgan insonlar ro'yxatini tuzib chiqdim. Keyin esa tashrif qog'ozlarini olib, har birining orqa tomoniga: "Sizga bundan buyon bitta ham sigareta chekmaslikka va'da beraman", deb yozib chiqdim. Shu hafta ichida tashrif qog'ozlarini ro'yxatimdai barcha odamlarga - otam, onam, akam, boshlig'im, sobiq erim, eng yaqin do'stimga (unashtirilgan bo'lg'usi erimdan tashqari) - hammaga yubordim.

Men hozir uchrashib yurgan yigitni juda hurmat qilardim va uning men haqimdagi fikrlari men uchun juda muhim edi, shunigdek, meni shaxs sifatida hurmat qilishini juda xohlardim. Unga tashrif qog'ozini berishga ancha vaqt ikkilanib yurdim. Bir kun oldiga bordimda, qog'ozni berib, hech nima demasdan ortimga qaytib ketdim. Agar men unga bergam va'damni bajara olmasam, o'lib qolsa kerak, deb o'yladim.

Nikotin iste'molini to'xtatish, men uchun eng qiyin ish edi. Men yana chekishim kerak, deb 100 martalab o'ylagan paytlarim bo'ldi; bu hayollar miyamdan chiqib ketmasdi. Ammo, shunday holat bo'lishi bilanoq, mening ro'yxatimdagi barcha odamlar men va'damni bajara olmasam, men haqimda nima deb o'ylashlarini tasavvur qildim. Va bu ish berdi.

Men shundan buyon biror marta ham og'zimga sigara olmadim. Aytgancha, o'sha yigit haqiqiy qallob ekan, razil inson ekan - buni kech bildim. Men uni qanday yoqtirib qolganimni bilmayman, ammo o'sha inson menga eng qiyin sinovlardan o'tib olishimga yordam berdi. Men uni hozir yoqtirmayman, shunga qaramay, undan haligacha minnatdorman.

🔥 Psixologik tahlili

© Robert Chaldinining "Ta'sir psixologiyasi" kitobidan

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (6-qism)

6⃣ Pul sarflash, farzandlarga munosabat, kiyim-kechak kabi maishiy masalalarga turlicha fikrga egaligi.

Bular o'ziga xos dolzarb mavzular - turli marosimlarga har xil kiyimlar kiyish, pulni boshqarish g'oyalari yoki bolalarni qanday tarbiyalash. Har ikki juftlikda ikki xil qarash. Bu mavzularda ko'pincha kimning gapi kuchliroq ta'sir qilsa, o'shaning fikri ustun bo'ladi. Biz qanday qilib murosaga kelish haqida emas, balki kim birinchi bo'lib taslim bo'lishi va kimning qo'li baland kelishi haqida o'ylaymiz.

7⃣ Sizda turli xil turmush tarzi va kelajakka nisbatan noaniq qarashlar mavjud.

Siz hech qachon yuqorida aytilganlarning birortasini hal qilolmaysiz, chunki sizning turmush tarzingiz tartibsiz va "g'alati" - tunda dam olish o'rniga miyangiz farzandlar muammosi yoki ishga qanday kiyim kiyish bilan band bo'ladi; kunduzi esa aksi - ishda hayolingiz uyda, ko'chada, bolalarda.

🔅Bularning barchasi qilishdan ko'ra aytish osonroq ekanligini tushunaman. Ammo, bu - qiyin. Lekin qo'l cho'zmasangiz, daraxtdagi mevani uzib ololmaysiz.

🌐 Batafsil

⚡️Post oilaviy munosabatlar bo'yicha mutaxassis Robert Taibbining maqolasi asosida tayyorlandi

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zida bolaga o'z muammosini hal qilish uchun o'ziga qo'yib berish kerak. Mustaqillik, javobgarlik, o'z-o'zini boshqarish, m'asuliyat kabi xislatlar o'shanda shakllanadi.

@psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Utarov degan psixolog bor ekan. Bitta ikkita fikrlarini eshitib ko'rdim.

@psixologkanali
Forwarded from ZAYNOBIDDINOV JAVLONBEK
Qizlar oʻqishi kerakmi?
Men uchun oʻzi bunaqa fikr kelishi kulgili. Qizlar oʻqishi deganda shu oliy maʼlumotli boʻlishi diplomi bormi yoʻqmi shu bilan oʻlchanyabdi gʻalati emasmi shaxs sifatida ayol oʻz fikrini yetkazib bera olishi erkin jamiyat bosimisiz oʻzi hoxlagan ishni qila olishi shu oʻqimishli ayol kishi emasmi.
Shu tok shou dan ham koʻrinib turibdi qizlar ozgina fikr bildirsa yoki uni prinsiplariga toʻgʻri kelmaydigan gap aytsa ayollik hislatidan chiqib ketadi dib oʻylashadi. Qiz bola har doim jim oʻtirishi kerak erkakni koʻziga tik qaramaslik kerak qayerdan kelgan bunday qarashlar nega unaqa eng qizigʻi qizlar ham rozi bunga. Oʻzgarish kerak qizlar oʻqishi kerak va shart ular jamiyat uchun zarur faqat erkaklar bilan rivojlanayotgan davlat qurib BOʻLMAYDI.
​​Nega ba'zilar ba'zilardan baxtli?

📌 Maqola Finlandiya va Irlandiya misolida ko'rib chiqilgan.

Finlar bilan irlandlarda bir qancha o'xshashliklar mavjud:

• ikkisi ham kichik davlatlar qatoriga kiradi;

• ikkisida ham daromadlar yuqori.

Ko'p jihatdan o'xshash bo'lgan bo'lsa, nega unda Finlar ketma-ket 7 yil davomida eng "baxtli" davlat bo'lib kelyapti, irlandlar esa bu bo'yicha 17-o'rinda?

Irlandlardan farqli ravishda Finlarni "baxtli" qiladigan 3 ta muhim jihat bor ekan. Bular:

• tabiatni sevish;

• ijtimoiy ishonch;

• moddiyatning birinchi o'rinda turmasligi.

🔥Maqola bilan batafsil tanishib chiqing. Qiziq narsalar topasiz.😊

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
2024/06/01 16:20:35
Back to Top
HTML Embed Code: