Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tilmoch va Ovozify jamoalari katta mehnat qildilar - sun’iy intellekt yordamida professor Ruslan Salahutdinovning ICT Week Uzbekistan 2025’dagi ma’ruzasini to‘liq o‘zbek tiliga tarjima qilib, keng auditoriyaga yetkazishdi 🔥💪🏻
@pulatovkh
@pulatovkh
🔥14👍4👏4💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ovozify shuningdek, Anton Jo‘rayevning (NVIDIA) ICT Week Uzbekistan 2025 doirasidagi ma’ruzasini sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga tarjima qildi. 🇺🇿
Ha, hozircha ayrim noaniqliklar bo‘lishi mumkin, ammo bu katta ish, uni yigitlar o‘z kuchlari bilan bajarishmoqda. Venchur fondlarimiz e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan loyihalar aynan shulardir.

❤🔥8🔥7💯4👍3👏2
Forwarded from Umed Rahimov 🦄
Мы поговорили с Муратом Абдрахмановым — одним из крупнейших венчурных инвесторов Центральной Азии и основателем MA7 Ventures, и Ельжаном Кушекбаевым — активным бизнес-ангелом и партнёром MA7.
Мурат вложил более $25 млн в стартапы по всему миру и совершил 10+ успешных экзитов. В его портфеле такие компании, как ChocoFamily, Jiji.ng, Zeely, FintechFarm и Higgsfield.AI. Ельжан за последние годы проинвестировал в 90 проектов, сделал 12 успешных экзитов и был признан самым активным ангельским инвестором региона.
Обсудили будущее венчура в регионе, роль ангелов и фондов, человеческий капитал, барьеры выхода стартапов на глобальные рынки и влияние AI на бизнес и общество.
Полный выпуск смотрите на YouTube: https://youtu.be/IW7GRMS053A
@umedschannel

YouTube
Венчур и стартапы в Центральной Азии как меняется экосистема и куда движутся инвестиции
В этом подкасте мы поговорили с Муратом Абдрахмановым — одним из крупнейших венчурных инвесторов Центральной Азии, основателем MA7 Ventures, и Ельжаном Кушекбаевым — активным бизнес-ангелом и партнёром MA7 Ventures.
Мурат вложил более $25 млн в стартапы…
Мурат вложил более $25 млн в стартапы…
❤7❤🔥4🔥1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimida qatnashdim. Ushbu tadbirda aql-zakovatli, intiluvchan, g‘oyalarga boy va yuragi ilhomga to‘la yigit-qizlarni uchratganimdan juda xursand bo‘ldim. 44 ta jamoa, 300 dan ortiq ishtirokchi, yuzlab yangi tashabbus!
Yosh shifokorlar va texnologiya sohasi mutaxassislari kelajak tibbiyoti uchun yechimlar izlab, bir maqsad yo‘lida birlashmoqda. Raqamli vositalar orqali inson hayotini saqlab qolish, tashxisni yanada aniq va davolashni yanada qulay qilish haqida o‘ylamoqda.
Aslida ularning har birining o‘ziga xos hayotiy hikoyasi, shu davraga qo‘shilishiga turtki bo‘lgan shaxsiy sabablari bor. Ko‘pchilik “Hackathon”ga mukofot uchun emas, balki yaqinlarining og‘rig‘ini his etgani va ularning hayotini o‘zgartiruvchi chora topishni istagani uchun kelgan. Shu bois ham ularning ko‘zlari yonib turibdi, amaliy natijalarning samarali va manfaatli bo‘lgani ham shundan. Endilikdagi umumiy maqsadimiz — bu loyihalarni to‘xtatib qo‘ymaslik, ularni yakuniga yetkazish, rivojiga ko‘maklashish va investorlarni jalb etishda yordamlashishdir.
Ishtirokchilar orasida o‘z g‘oyalarini dadil himoya qilayotgan, noyob mahsulotlar yaratayotgan va murakkab texnologiyalarni ishonch bilan o‘zlashtirayotgan qizlar ko‘pligidan mamnunman.
“HealthTech AI Hackathon” — mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladigan keng ko‘lamli “AI Hackathon” umummilliy loyihasining bir qismidir. 2026-yil yakuniga qadar unda minglab yosh mutaxassislar qatnashadi. Ishonchim komilki, ular orasida yurtimizni yuksak marralarga olib chiqadigan bo‘lajak novatorlar, olimlar va yetakchilar bor. Keyingi bosqich Samarqandda o‘tkaziladi!
G‘oyalaringiz, jasoratingiz va yangilanishlarga bo‘lgan ishonchingiz uchun barchangizga rahmat! Bu — boshlanishi, eng katta g‘alabalar hali oldinda!
—
Приняла участие в награждении победителей конкурса HealthTech AI Hackathon, представивших свои IT-приложения в области медицины, который прошёл в Нукусе. Я увидела множество умных, целеустремлённых, горящих идеями молодых людей, которых объединила эта платформа. Более 300 участников в составе 44 команд!
Молодые врачи и специалисты в сфере технологий консолидируются, чтобы искать решения для медицины будущего. Они думают о том, как с помощью цифровых инструментов спасать жизни, как сделать диагностику точнее, а лечение доступнее.
У каждого из них — своя история, своя личная причина быть здесь. Многие пришли на Hackathon не ради награды, а потому что видели боль близких и захотели найти решение, которое может изменить их жизнь. Поэтому их глаза горят, поэтому результаты такие сильные. Теперь наша общая цель — не останавливаться, а довести эти проекты до конца, поддержать их развитие, оказать содействие в поиске инвесторов.
Очень рада тому, что среди участников 40% девушек, смело защищающих свои идеи, создающих уникальные продукты и легко ориентирующихся в сложных технологиях.
HealthTech AI Hackathon — это часть масштабного Общенационального проекта AI Hackathon, который охватит все регионы страны. До конца 2026 года в нём примут участие тысячи молодых специалистов. Я уверена, что среди них есть будущие новаторы, учёные, лидеры, которые будут успешно двигать нашу страну вперёд.
Следующий этап пройдёт в Самарканде!
Спасибо вам за идеи, за смелость и за веру в перемены.
Всё только начинается!

🔥19👏6❤3
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HealthTech AI Hackaton
Nukus | 06.10.2025
—
HealthTech AI Hackaton
Нукус | 06.10.2025
Nukus | 06.10.2025
—
HealthTech AI Hackaton
Нукус | 06.10.2025
🔥26❤1👍1🤔1
Meta vitse prezidenti bilan suhbat | Sigma Podkast
Sigma Podkastning navbatdagi qahramoni AQShdagi Karnegi-Melon universiteti professori, Meta kompaniyasining vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov. Shuningdek, podkastda bevosita Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ham ishtirok etgan.
Suhbatni tomosha qilish orqali biz hozirda tobora ko'proq foydalanayotgan sun'iy intellekt qanday yaratilgani, o'zi umuman ushbu sanoat qanday ishlashi va O'zbekiston Respublikasi tomonidan ishlatilayotgan sun'iy intellekt modellari haqida bilib olasiz.
O'ylaymizki, hayot yo'lini oddiy matematika olimpiadalaridan boshlab keyinchalik dunyoning yetakchi kompaniyalari va universitetlariga yetib borgan hamyurtimizning hikoyasini tinglash sizga foydali bo'ladi.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/yzT840bx2vk?si=L4v7kms4HNYAODuv

🔥11❤4❤🔥3💯3👍2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.
Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.
Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.
Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.
Facebook|Instagram|X

❤4
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.
“Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.
Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.
Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.
❤5🔥2
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.
Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.
O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.
Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

❤4👍1
2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.
Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada ko‘p ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
– dedi Prezident.
Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.
Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,
– dedi Prezident.
Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.
Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.
👍6🔥2🤔2❤1👏1
Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.
Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.
Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.
Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.
Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.
Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

🔥2
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.
Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.
Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.
Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.
Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

👍4🤔1