Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qamchiq”da BYD xandaqqa tushib ketdi

“Qamchiq” dovonida BYD rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa tushib ketgan.

FVB qutqaruv otryadi maxsus texnika yordamida avtomobil xandaqdan chiqarib olgan. Hodisa oqibatida tanjarohati olganlar yo‘q.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😁198😱6👎5🔥4
Ronaldu “Al-Nasr”da yiliga 350 mln yevro ishlab olishi mumkin

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya klubi bilan shartnomasini uzaytirgandan so‘ng qancha daromad ko‘rishi taxmin qilinmoqda.

🔹 Yiliga 208 mln yevro (haftasiga 4 mln yevro)
🔹 “Al-Nasr” klubining 15 foiz ulushi (taxminan 39 mln yevro qiymatda)
🔹 Imzo qo‘yish bonusi 29 mln yevro, shartnomaning ikkinchi yili faollashsa, 44 mln yevrogacha oshadi
🔹 Har bir gol uchun 94 ming yevro (ikkinchi yilda 20% ko‘payadi)
🔹 Har bir golli pas uchun 47 ming yevro (ikkinchi yilda 20% ko‘payadi)

Qo‘shimcha mukofotlar:
“Al-Nasr” chempion bo‘lsa – 9,4 mln yevro bonus
Ronaldu eng yaxshi to‘purar bo‘lsa – 4,7 mln yevro bonus
Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lsa – 7,6 mln yevro mukofot

Shaxsiy qulayliklar:
🔹16 nafar xizmatkor (3 haydovchi, 4 xizmatkor, 2 oshpaz, 3 bog‘bon, 4 qo‘riqchi)
🔹4,7 mln yevro shaxsiy samolyot xarajatlari klub hisobidan qoplanadi
🔹70 mln yevro miqdorida homiylik shartnomalari Saudiya va Osiyo kompaniyalari bilan tuziladi


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😱65🔥30👍26👎11🎉7
Чўзилувчан тери, узун тил ва кўзи билан сут пуркаш: жаҳон рекордини ўрнатган ғалати инсонлар

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/120732

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😱84👎1🎉1
Qalampir LIVE
Agar O‘zbekistonda yadroviy holat sodir etilsa, xalqqa tovon puli to‘lanadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi”ga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi.…
O‘zbekistonda yadroviy falokat bo‘lsa, o‘zbekistonliklar tovon puli oladi

Senat bu to‘g‘risidagi “Vena konvensiyasi”ga qo‘shilish qonunini ma’qulladi.

Endi agar yadroviy falokat sodir bo‘ladigan taqdirda O‘zbekiston fuqarolari xalqaro qonunlarga muvofiq tovon puli olishi ta’minlanadi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😁111👎48😱1412🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇪Keniyada namoyishlar oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda moliyaviy qonun va politsiya zo‘ravonligiga qarshi noroziliklar kuchayib bormoqda. Politsiya namoyishchilarni tarqatish jarayonida kamida 16 nafar shaxsni o‘ldirgan va 400 dan ortiq insonlarni yaralagan.

Shuningdek, namoyishchilar politsiya hibsida halok bo‘lgan bloger Albert Ojvangni yod etib ko‘chaga chiqishgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👎207😱5😁2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daniya Ukraina bilan birgalikda qurol ishlab chiqaradigan birinchi davlat bo‘ladi – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng mudofaa tizimi bo‘yicha yangi xabarni e’lon qilgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😁32👍20👎11🔥4🎉1
Markaziy Osiyoning eng tinch mamlakati e’lon qilindi

Xalqaro iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan e’lon qilingan “Global Tinchlik Indeksi” (Global Peace Index, GPI) reytingida Qozog‘iston 56-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng tinch mamlakat bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi o‘rinlarni egallagan:

•Qozog‘iston – 56-o‘rin;
•O‘zbekiston – 67-o‘rin;
•Qirg‘iziston – 78-o‘rin;
•Tojikiston – 79-o‘rin;
•Turkmaniston – 87-o‘rin.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
39👎36😁14👍3🤝1
🇮🇩🇰🇿Indoneziyada ikki nafar qozog‘istonlik o‘limga hukm qilinishi mumkin

Bali orolida ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi va bir amerikalik narkotik savdosi bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilinib, hibsga olingan.

Ular 49 grammga yaqin “metamfetamin” bilan ushlangan. Qozog‘iston fuqarolariga qo‘yilgan ayblovlar o‘lim hukmi bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍3111👎11🎉1🤝1
Qalampir LIVE
🇮🇷Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi Eron parlamenti Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qilishni rejalashtirmoqda. “Biz parlamentda Eronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatuvchi…
🇮🇷Eron MAGATE bilan hamkorlikni rasman to‘xtatdi

Eron parlamenti tomonidan ilgari qabul qilingan “MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.

Eron hukumati bu qarorni yadro quroli ustida kelib chiqqan urushda MAGATEning sust pozitsiyasi bilan izohlagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
80👍17🔥10🤝3👎1
🇬🇧🇹🇯Britaniyada tojikistonlik fuqaro soqoli sabab deportatsiyadan qutuldi

Buyuk Britaniyadan boshpana so‘ragan Tojikiston fuqarosi o‘z vatanida soqolini olishga majbur bo‘lishi sababli mamlakatdan deportatsiya qilinmaslik huquqini qo‘lga kiritdi.

Tojikistonda soqol rasmiy tarzda taqiqlanmagan. Biroq so‘nggi 10 yillikda yuz minglab erkaklarning soqoli majburlab oldirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍99😁4318👎7🔥4
Qalampir LIVE
🇺🇸Tarixda ilk bor musulmon erkak Nyu-York meri bo‘lishi mumkin AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Demokratik partiya praymerizida 33 yoshli musulmon siyosatchi, shtat assambleyasi a’zosi Zohran Mamdani shahar meri lavozimiga ko‘rsatilgan birinchi musulmon…
🇺🇸Tramp Nyu-York meri bo‘lishga yaqin turgan musulmonni haqorat qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Zohran Mamdanini “aqldan ozgan kommunist” deb atadi.

Shuningdek, Oq uy egasi Mamdanini “xunuk, ovozi yoqimsiz va unchalik aqlli emas” deya ta'riflagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH]
👎205😁16👍6😱6🔥3
🇯🇵Yaponiyada 9 kishini o‘ldirgan “Twitter qotili” dorga osildi

Yaponiyada 2017-yilda 9 kishini (asosan 15-26 yoshdagi ayollarni) o‘ldirib, jasadlarini bo‘laklagan Takaxiro Siraisi dorga osib o‘ldirildi.

Siraisi o‘z qurbonlarini Twitter orqali tuzoqqa tushirib, Tokiodagi kvartirasida o‘ldirib, jasad bo‘laklarini sovitkichlarga yashirib qo‘ygan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😱6117👍15🎉4👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp bo‘lgan voqealarni ko‘pirtirib yuboryapti – Xomanaiy

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSH rahbari Donald Trampning Erondagi yadro obyektlarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi da’vosini vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatish deya baholadi.

“Eron Amerikaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi, Tramp yadro obyektlariga bergan zarbasini haddan tashqari bo‘rttirib yubormoqda”, degan Eron rahnamosi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍108😁2115🎉4👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇮🇷🇺Finlyandiya Rossiyaning keyingi nishoni bo‘lishidan xavotir olmoqda

Rossiya chegarasida joylashgan Kuhmo shahri yaqinida ruslar harbiy obyektlarni ko‘paytirayotgani Finlyandiya aholisini sarosimaga solmoqda.

“Uzoq yillik tinchlikdan so‘ng, endi hamma urush haqida gapirmoqda”, deydi shaharcha odamlaridan biri.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😁59👍1512😱12👎7
🇪🇺🇷🇺Yevropa Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini tasdiqlay olmadi

Yevropa Ittifoqi sammiti Slovakiya hamda Vengriya vakillarining qarorni ma’qullamagani sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini tasdiqlay olmagan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
😁67👍24👎129🎉1
Qalampir LIVE
Farg‘onada YPX xodimi bolaning hayotini saqlab qoldi Buvayda tumanida mashinada yolg‘iz qolgan bola tasodifan oynani ko‘tarib yuborgan, oqibatida boshi siqilib qolgan. Voqeani ko‘rgan YPX xodimi tezkorlik bilan harakat qilib, bolaning hayotni saqlab qolgan.…
Mashina oynasiga boshi qisilib qolgan bolaning hayotini saqlab qolgan YPX xodimi taqdirlandi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida erkak Nexia mashinasini e’tiborsizlik qilib yo‘l chetida qoldirib, do‘konga kirib ketgan. Oqibatda uning 5 yoshli o‘g‘li bexosdan boshi bilan mashina yon oynasiga qisilib qolgan.

Hodisada avtomobil oynasini sindirib, bolani qutqarib qolgan YPX xodimi taqdirlandi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍16231😁14🔥3🎉2
🇦🇿Ozarbayjonda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Bakudagi eski pirotexnika hududida qayd etilgan.

Hududga xavfsizlik kuchlari safarbar etilgan. Jabrlangan yoki vafot etganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍3311🎉5👎4😱2
2025/07/13 07:48:40
Back to Top
HTML Embed Code: