Telegram Web Link
🇮🇱Isroil fuqarolariga qo‘yilgan barcha cheklovlar olib tashlandi, biroq Isroil armiyasi qo‘mondoni Eyal Zamir urush tugamaganini, bu sulh ekanini aytdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹Italiyada dunyodagi eng tor mashina yaratildi

Italiyalik avtomexanik dunyodagi eng tor avtoulovni yaratdi. Avtomashina 48 sm kenglikda bo‘lib, mototsikldan ham torroq qilib ishlangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇷🇺“Krokus”dagi terakt bo‘yicha tergov yakunlandi

Rossiya Tergov qo‘mitasi 2024-yil 22-mart kuni “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt bo‘yicha tergovni yakunladi. Hujum oqibatida 149 kishi halok bo‘lgani, 609 kishi yaralangani va bir kishi bedarak yo‘qolgani aytildi.

Mazkur ish doirasida 19 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Hujumni uyushtirganlar “Viloyat Xuroson” terror tashkiloti a’zolari bo‘lgan, biroq Tergov qo‘mitasi buyurtmachi sifatida Ukrainani ko‘rsatmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇵🇰🇮🇷Pokiston Eronni Isroil bilan urushdagi natijalari bilan tabrikladi

Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Osif Eronning Isroil tajovuziga qarshi mudofaasini olqishlab, buni “musulmon dunyosining g‘alabasi” deb atagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇸🇹🇷Tramp va Erdo‘g‘an Gaagada sammit vaqtida ko‘rishib suhbatlashdi

Gaagadagi NATO sammiti doirasida AQSH va Turkiya rahbarlari Donald Tramp va Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Suhbatda mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilingan. Erdo‘g‘an urushni to‘xtatgani uchun AQSH Prezidentini olqishlagan hamda G‘azodagi fojiaga tezroq barham berish kerakligini va Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilishga urinish mumkinligini ta’kidlagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇰🇵🇷🇺Kim Chen In Putin uchun yirik harbiy zavod quryapti

“Newsweek” jurnali xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen In mamlakatdagi eng yirik qurol-yarog‘ zavodini qurish buyrug‘ini bergan.

Yangi zavodning mahsulotlari Rossiya armiyasi uchun mo‘ljallangani aytilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦Zelenskiyning ona yurtidagi eng baland Ukraina bayrog‘ini shamol uchirib ketdi

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy tug‘ilib o‘sgan Krivoy Rog shahridagi eng baland ustunga o‘rnatilgan davlat bayrog‘ini kuchli shamol uchirib ketgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇱🇧Livanda Eronning g‘alabasi mana shunday bannerlar bilan nishonlandi

Bayrutning janubiy chekkasidagi Dahiya shahrida Eronning Isroil ustidan qozongan g‘alabasi bayram qilingan.

Ko‘pchilikning e’tibori Trampning Xomanaiy huzurida tiz cho‘kkan holati aks etgan bannerga tushgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Ayblanuvchining aybini 3 ming dollarga oqlab bergan prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi tanishining aybini yopib, tergovni tugatib berish evaziga 3000 AQSH dollari talab qilib, porani dollar va so‘m valyutalari hamda qimmatbaho buyumlar ko‘rinishida olgan.

Biroq fuqaro ayblov hujjatlari sudga taqdim etilganini bilgan va tergovchidan pullarni talab qilgan. Shundan so‘ng tergovchi buyumlar hamda pullarni qaytarayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇳Ozodbek Nazarbekov Mo‘g‘uliston Prezidenti bilan kamondan o‘q otishda bellashdi

O‘zbekiston Prezidenti va delegatsiyasining Mo‘g‘ulistonga tashrifi chog‘ida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mo‘g‘uliston yetakchisi Uxnaagiyn Xurelsux bilan kamondan o‘q uzish o‘yinida kuch sinashib ko‘rgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳Xitoyda tog‘dan o‘tgan ulkan ko‘prik qulab tushdi

Guychjou provinsiyasidagi magistral ko‘prik qulab tushishiga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida tosh ko‘chkilarining hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Hodisada qurbonlar bo‘lmagan va videoda yuk mashinasida osilib qolgan haydovchi ham qutqarib qolingan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
OLXda 3 yoshli bola sotuvga qo‘yildi

Ijtimoiy tarmoqlarda OLX onlayn savdo platformasida 3 yoshdagi bola rasmi joylangan holda sotuvga qo‘yilgani tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozirda Ichki ishlar organlari holatga huquqiy baho berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇲🇳Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonda daraxt ekdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga “Ix Tenger” davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekishdi.

Shuningdek, Prezident va delegatsiya vakillari “Naadam” an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qilishdi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi O‘zbekistonning 2025-yilgi hisobotini e’lon qildi

24-iyun kuni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi: IV moddasi doirasidagi maslahatlashuv” sarlavhasi ostida navbatdagi hisobot e’lon qilingan.

Hisobotda O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi yutuqlari yuqori baholangan. XVJ hisobotiga ko‘ra, keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatga kapital oqimi oshgan, xalqaro narxlar va pul jo‘natmalari barqarorligi esa o‘sishni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
2025/07/01 20:02:16
Back to Top
HTML Embed Code: