Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt oʻtyapti.
Biz esa ulgurishimiz kerak:
• yaxshilik
• ehson

• silai rahm
• ilm olish
• ilm tarqatish
• qadrlash
• qadrlanish
• sevish
• sevilish
• ulashish
• yordam berish
• muvaffaqiyatga erishish
• baxtli boʻlish uchun berilgan fursatlardan foydalanib qolaylik!


@QamariddinBekmuhammad
👍78😢3212🔥3💯2😍1
Uvvos fiğon tutgan G'azza, Rafahni…

@QamariddinBekmuhammad
😢1116👍5😱1
Yaxshiliklar ko'paytirib beriladigan zulhijja oyidan ulkan foydalar olish hammamizga nasib qilsin! 🤲

Diqqat eslatma:

– Bu kunlarda yaxshiliklar koʻpaytirib beriladi.

– Bu kunlarda duolar ijobat boʻladi.

– Bu kunlarda ilohiy fayz-futuh boʻladi.

– Bu kunlarda halokatga olib boruvchi gunohlardan ozod qilinadi.

– Bu kunlar oliy himmat egalari uchun foydani qoʻlga kiritish mavsumidir.


@QamariddinBekmuhammad
💯1811👍9🥰8🔥3
Forwarded from Islom.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isrof

«Isrof» soʻzi asli arabcha boʻlib, «hisobsiz tarzda ishlatish», «haddidan oshish» kabi maʼnolarni anglatadi.

Isrofga yoʻl qoʻygan odam Alloh belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zotning neʼmatlarini oʻrniga sarflamagan yoki hojatdan tashqari ishlatgan boʻladi.

🕋 @islomuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍287🎉3🔥1
Ilk hayitligimiz nomiga yarasha yaxshilik va xushbõy bõldi!

Qadrdon ustozimiz Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori domlamizdan yana bir yangi tashabbus bõlib, iste’molga chiqarilgan – “Hasana” atirlarini hadya qilishdi.

Hayolimizga yarq etib kelgan fikr janobimiz alayhissalomning õzlari xushbõy zot bõlsa-da xushbõylikni yaxshi kõrganlari, suyib ishlatganlari bõldi!

Hozircha tõrt xil atir tayyorlanibdi, shulardan bittasi ayollar uchun ekan.

Oila a’zolariga, yaqinlariga hadya olmoqchi bõlgan qadrdonlarga tavsiya qilaman!

Aytgancha, atirlarni “Attor by Qamar”dan topasiz!

@QamariddinBekmuhammad
🔥32👍1712😍4💯1
Hayit munosabati bilan bizni eslab, har doimgiday õzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini hadya qilgan “Akbar Tea Uzbekistan” jamoasiga tashakkur aytaman! Ishlaringizga rivoj bersin!

@QamariddinBekmuhammad
👍346🔥1
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Qadrdonlar!
Iyd qurbon muborak bõlsin!

@QamariddinBekmuhammad
42👍12🔥2😁1
Ogoh boʻl, bu dunyo – yashnagan bir bogʻcha.
Qachonki, bir tarafi koʻkarsa, boshqa tarafi quriydi.

@QamariddinBekmuhammad
31👍16💯10🔥3😢3👏2
Har kuni “Hilol Nashr”ga deya taksiga chiqaman. Yoshi katta haydovchilar darrov bilishadi. Yoshroq yoki bilmaydiganlarga “Shayx hazratlarining nomlaridagi masjid oldidagi kitob do’kon” deyman. Bugungi haydovchi akaga do’kon nomi kifoya qildi.
— “Hilol Nashr”ga shayx hazrat asos solgan-a?
— Ha, shunday.
— Shu desangiz, bugun hazratni tushimda kõribman deng!
— Mashaalloh, ajoyibku!
— Hazratni ma’ruzalarini har doim eshitib yuraman, kechayam bir mavzu bo’yicha suhbatlarini eshitgandim, balki shundan tushimda ko’rgandirman!..
— Xayrli bo’lsin!..

Suhbat endi qizigandi hamki, haydovchi aka yo’l chetida qo’l ko’tarib turgan yo’lovchilarniyam oldi.
Hazratning kitoblari haqida biroz suhbatlashguncha manzilga kelib qoldim…

Alloh taolo hazratni rahmatiga burkasin, maqomlarini yuksaltirsin!

Saodatli umrlar bo’larkan, bunday umr egalari hayotdan õtib ketgandayam insonlar qalbida yashayverarkan!

Bizgayam nasib qilsin!

QB
19.06.2024

@QamariddinBekmuhammad
169👍62😢16🔥11🥰8😍3🎉2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayyom muborak bo’lsin!

Malayziya safaridan esdalik bõlgan shu
video ham juma (17-may) kuni tasvirga olingandi.
Bir oy ham tezda õtib ketibdiya


Bu uluğ kunning fayzidan, barakasidan hammamizni nasibador aylasin!

@QamariddinBekmuhammad
25👍11🔥4🥰3🎉3💯1
Haybat va gõzallik jamlangan lahza.

@QamariddinBekmuhammad
🥰5122😍12👍9👏2🔥1💯1
Ba’zida shunday ma’lumotlar uchrab qoladi.
Har kimda ham kuzatuvlaridan xulosa õlaroq hayot haqida xulosalari bor. Shulardan birini õqib qoldim:


“Hayot shaxmatga oʻxshaydi. Biror harakatni boshlashdan oldin, yaxshilab oʻylashing lozim”.

@QamariddinBekmuhammad
👏19👍136💯6😢5
Bir kuni yosh taksi haydovchisi bilan hamsuhbat bo‘lib qoldim. Aytishicha, mashinasiga chiqqan “tabletka” ta’siridagilarning ichida talabalar va o’quvchilar bor. Ularning telefonidagi muloqotini eshitib, ota-onasini aldab yurgani, pul topish uchun har xil ishlarni qilishayotganini ham eslagandi.

Ahvol o‘nglanmasa nima bo‘ladi?


Shu masala boʻyicha va ayni kunlarda muhokama boʻlayotgan mavzular boʻyicha maqola yozdim. Iloji boricha uzaytirmaslikka harakat qildim, lekin ba’zi gaplar qoldi…vaqtizga rozi boʻlasiz-a?


https://telegra.ph/NIMAGA-QARSHI-KURASHISH-KERAK-06-26
👍226😢3🔥2😍1
JURNALISTLAR QÕLLARIGA QUROL OLDILAR


Sarlavhadan ajablandingizmi?
Aslida unchalik ajablanarli emas, chunki jurnalistning quroli-qalam, degan gap quloqqa oddiy eshitiladigan bo’lib qolgan.
Bizdagi qurol esa - mikrofon))

Sarlavha esa to’g’ri ma’noda yozilgan.
Sana munosabati bilan jurnalistlar õrtasida õq otish musobaqasi õtkazilibdi. (https://vatanparvar.uz/allnews/428)
Mõljalga tõğri olishgan.


Sohaning chin fidoiysi bõlgan ustozlarga ergashib, sõzning haqqini berib borishni bizgayam nasib qilsin!

Ustozlar, hamkasblar bayram muborak bo’lsin!

P.S. Suratdan anglagandirsiz, ba’zan shug’ullanib turamiz. Natijalardan qoniqmaymiz, mo’ljalga aniq urish uchun kõproq otib turishimiz kerak)

@QamariddinBekmuhammad
👍274😁4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun masnaviyxonlikda ajib gap aytildi:
“Ma’shuqning ishqi maxfiy bõladi. Oshiqning ishqi oshkor bõladi”.


Jumlaning mohiyatini anglash uchun kamida masnaviydan biror narsa anglagan bõlish yoxud uning nimani bayon qilganini bilish kerak deb õylayman.

@QamariddinBekmuhammad
👍33🔥1614👏4😢4🥰1
Forwarded from Peshqadam maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 “Baxt sari yo’l” semimarida ma’rifiy, psixologik hamda tibbiy bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin.

📆 Seminar 8 ta darsdan iborat. Ilk darsimiz 9-iyul soat 10:30 da Peshqadam maktabi binosida bo’lib o’tadi.

⬇️ Ro’yxatdan o’tish uchun hoziroq bizga qo’ng’iroq qiling.

📞 953336080
📞 953336050

🕊Telegram  | 📱Instagram
📱Facebook | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112😁1
Oʻrtacha IQ ballari boʻyicha Oʻzbekiston 115 ta davlat ichida 80-oʻrinda turadi.

@QamariddinBekmuhammad
😢27😁5💯5👏41😱1
Yoz. Issiq. Tirbandlik.
Behuda signallardan boshing ğovlaydi.
Ikkita mashina yõl talashadi-yu kurakda turmaydigan haqoratlar bilan õzlarini ham, boshqalarni ham asabini buzishadi. Mashinadan tushib bir-biriga xõrozlik qiladi.
Tirbandlik degan narsani tubi kõrinmay “tubanlik”ka aylanib ketadi.
Yaqinda sayohatga borib, megapolisning tirbandliklarida birorta signal eshitmasdan kelganingni eslaysanu…
Hayf deysan…
Insof bersin!

4.07.2024

@QamariddinBekmuhammad
🔥27👍16😢12💯64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatni asrash borasidagi bu satrlarni Malayziyaning gõzal tabiati qõynida, Putra masjidida õqigandik.

Õsha kuni ham juma edi.
Ayyom muborak!

@QamariddinBekmuhammad
👍4613👏5🔥1
Qamariddin Bekmuhammad
… Rostmana nomini aytsang ortingdan, “Madaniyatsiz boʻlmay, oʻl-e”, deganlar, Men sizdan oʻkinib yashayman. Erkin Vohidov - Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri. @QamariddinBekmuhammad
Millatning sha’ni, ayol-qizlarining nomusi, millatga xos hayo chegaralariga dahl qilinmasligi kerak. Millatning o‘zi bu masalalarga yengil qarasa ma’naviy tanazzulga yuz tutgan, qadriyatlarining yuziga oyoq bosgan bo‘ladi.
TV ga hamma ham chiqolmasdi. Hozir esa har kimning qo‘lida telefon. Mashhurlik degan ofatga o‘ch bo‘lib, har kas media makonga kiryapti.

Birovning uyidagi noqulay holda videosi chiqqanlardan mahsulotini tanitish uchun foydalanayotganlar borakan. O‘sha holatni qo‘shiq qilayotgan, parodiya qilib obunachi yig‘ayotgan, eng uyatli ish bo‘lgan holatni oddiy ish kabi qabul qilinib qolishiga sabab bo‘layotganlarning hammalariga o‘sha ulug‘ gap: agar uyalmasang, bilganingni qil.

P.S. Erkin Vohidovning “Men sizdan õkinib yashayman xalqim!..” deya bitilgan satrlari yodingizga keladi!

@QamariddinBekmuhammad
👍39😢14💯5🔥4👏21🥰1😍1
2025/11/16 02:20:26
Back to Top
HTML Embed Code: