Telegram Web Link
Давлатимиз раҳбари Қашқадарёга ташрифи чоғида Шаҳрисабз туманидаги агротуризм мажмуасини бориб кўрди.

В ходе поездки в Кашкадарью глава государства посетил агротуристический комплекс в Шахрисабзском районе.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Qashqadaryo_AOKB
Mamlakatimiz rahbarining Qashqadaryoga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. Xodjayev ham vohaga tashrif buyurdi.
Koʻkdala tumanida yangidan qurilib foydalanishga topshirilayotgan Maʼnaviyat maskani - tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi. Agentlik hisobidan mazkur markazga 100 jildlik sara adabiyotlar toʻplami (2 nusxadan) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning toʻliq asarlar toʻplamini sovgʻa sifatida taqdim etdi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va viloyatdagi shu sohaning mas’ullariga tuman kutubxonasini zamonaviy asarlar bilan boyitish, soha xodimlari malakasini oshirish yuzasidan aniq koʻrsatmalar berdi.

https://www.tg-me.com/Qashqadaryo_AOKB
Forwarded from Qashqadaryo_AOKB
Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. Xodjayev agentlikning viloyat boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Boshqarma balansidagi "Jurnalistlar uyi" binosida 5 ta gazeta, 2 ta veb sayt, Respublika OAVlarining viloyat muhbirlari, 2 ta nashriyot va Nasaf telekanali faoliyat yuritadi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, boshqarmada yosh kadrlarga berilayotgan eʼtibor, ularni sohaga yoʻnaltirish va zahiralarini shakllantirish borasidagi ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Sohaga oid muhim vazifalar yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdilar.

https://www.tg-me.com/Qashqadaryo_AOKB
2025/10/02 23:16:13
Back to Top
HTML Embed Code: