Telegram Web Link
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#sayyor_qabul

BOSHQARMA BOSHLIG'I "JEYNOV" LIKLARNING MUAMMOLARINI TINGLADI

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Mirishkor tumanining “Jeynov” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshlig'i S.Nuriyev hamda tuman Xalq qabulxonasi mas'ullari fuqarolarning  uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari  masalalardagi 50 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 14 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 20 ta Davlat xizmatlari ko'rsatildi, 3 nafar fuqarolarga FHDY bo'limi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/qashqadaryoviloyatadliya
Forwarded from Qashqadaryo yuridik texnikumi (𝓝𝓾𝓻𝓾𝓵𝓵𝓪𝓮𝓿𝓲𝓬𝓱)
⚖️Aholining huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, har bir fuqaroning muamomosiga huquqiy yechim topish adliya organlari va muassasalarining eng asosiy vazifalaridan biridir.

🏛Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi ish rejasining 9-bandiga muvofiq, texnikum pedagog-xodimlari va volontyorlari tomonidan Qarshi shahrining jamoat joylarida fuqarolarning kundalik hayotidagi muhim masalalar, jumladan, "Xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina haydama", "Iflos qilma", "Navbatga tur", "Piyodalar o'tish joyidan o't", "Mashinani belgilangan joyga qo'y", "Qonunbuzilishni fosh qil", "Chekni talab qil" va "Men qonunni hurmat qilaman" mavzularida fuqarolar o'rtasida fleshmob tadbirlari o'tkazildi.

💡Tadbirdan asosiy maqsad ─ fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko'maklashishdan iborat.

⚖️@kaslofficial kanaliga ulaning!

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵facebook |🎬youtube |🌐 rasmiy sayt |📷• instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

QASHQADARYODA BOSHQARMA BOSHLIGʻI TOMONIDAN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Shunday qabullar tuman Xalq qabulxonalari masʼullari bilan hamkorlikda Mirishkor tumanining “Jenov” hamda Kasbi tumanining “Oqqamish” mahallalarida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi S.Nuriyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi. Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning oʻzida oʻz yechimini topdi. Jumladan, 26 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 30 ga yaqin Davlat xizmatlari koʻrsatildi, 5 nafar fuqarolarga FHDY boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, qolgan fuqarolarga tegishliligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

@adliyangiliklari
2025/06/30 18:11:08
Back to Top
HTML Embed Code: