Telegram Web Link
🇺🇿 Ular Jahon chempionatiga borishadi!

Joriy yilning noyabr oyida Misrning Qohira (Cairo) shahrida karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidan 7 nafar sportchi mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Quvonarlisi, ular orasida Qashqadaryo viloyati vakilasi — Gulshan Alimardonova -50 kg vazn toifasida bahs olib boradi va yurtimiz nomini faxr bilan himoya etadi.

🇺🇿 Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibi:
1️⃣Gulshan Alimardonova — (-50kg)
2️⃣Sevinch Otaboyeva — (-61kg)
3️⃣Mohlaroyim Hakimjonova — (+68kg)
4️⃣Mehriddin To‘raxonov — (-60kg)
5️⃣Abdulvahob Rashidov — (-67kg)
6️⃣Quvonchbek Muhammadiyev — (-75kg)
7️⃣Shuhratjon Namozov — (-84 kg)

👊 Terma jamoa bosh murabbiyi: Sulaymon Yusupov

Mazkur Jahon chempionati — sportchilarimiz uchun o‘z mahoratini jahon miqyosida sinovdan o‘tkazish uchun katta imkoniyatdir.

Sportchilarimizga omad va g‘alabalar tilaymiz! 🥋🇺🇿

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
⚡️ Mehnat va fidoyilikning mevasi — Qashqadaryolik birinchi “C class” xalqaro hakam!

Qashqadaryolik malakali hakam Faxriddinov Jamshid Shamshiddin o‘g‘li WAKO Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Xalqaro toifadagi “C class” hakam unvonini qo‘lga kiritdi.

U ushbu toifani olgan birinchi Qashqadaryolik hakam sifatida viloyat sport tarixiga o‘z nomini yozib qoldirdi. Nasib etsa, Faxriddinov Jamshid yaqin kelajakda xalqaro sport musobaqalarida ham hakamlik qilishi mumkin.

Faxriddinov Jamshidga kelajakdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi cho‘qqilarni zabt etishda omad tilaymiz!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥋 Maʼhorat darsi: tajriba, ruh va g‘alabaga ishonch!

Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev Qarshi shahar Kurash mahorat maktabining dzyudo bo‘limi tarbiyalanuvchilari uchun amaliy master class mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Ustoz dars davomida yosh dzyudochilarga texnik va taktik usullarni mukammal qo‘llash, jangovar ruhni saqlab qolish, hamda sportda yuksak natijalarga erishish yo‘lida intilish haqida muhim tavsiyalar berdi.

Mazkur mahorat darsi yosh sportchilarda yangi bilim, ishonch va g‘alabaga bo‘lgan motivatsiyani yanada mustahkamladi. 💪

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍8🔥2👏1
⚡️ Qashqadaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari qizg‘in pallada!

Qashqadaryo viloyatidagi barcha professional ta’lim tizimi o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning ta’lim muassasasi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash, sabr-toqat hamda diqqatni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechmoqda. G‘oliblar esa o‘z ta’lim muassasasi nomidan tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Musobaqa jarayoni yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
🏆 Qamashilik yoshlar – O‘zbekiston kubogida 28 ta medal sohibi!

📅 6–12 oktabr kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Muay Tay (VMF) bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida Qamashi tumani 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari yuqori natijalarga erishdilar.

👊 Trenerlar Azizbek BarnoevMirsaid Saydullaev va Sherzod Hazratqulov rahbarligidagi jamoa umumiy hisobda:
🥇 7 ta oltin
🥈 8 ta kumush
🥉 13 ta bronza
— jami 28 ta medalni qo‘lga kiritdi!

🏅 G‘oliblar orasida Zahriddin XolmatovParizoda EshmurodovaAli Yo‘ldoshevParvina TayloqovaMuslima NurtojiyevaDurdona Musulmonova va Farangiz Shavkatova kabi yosh sportchilar o‘z mahoratlari bilan ajralib turdilar.
👏 Yosh sportchilarimiz va murabbiylarni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!
🇺🇿 Qamashi sporti – faxrimiz!
👍2🔥2🎉2🏆1
2025/10/17 05:29:00
Back to Top
HTML Embed Code: