Telegram Web Link
💦Ilya Sibirtsev Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonda o‘tkazilayotgan suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining suzish bahslarining ikkinchi kunida suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirtsev 1500 metrga erkin usulda suzishda 15:23,35 natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi Ilyani ushbu ajoyib yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qashqadaryolik sport jonkuyarlari e’tirof etildi

Bayram munosabati bilan bugun sport sohasida samarali faoliyat yuritib, iqtidorli sportchilarni tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir qator murabbiylar munosib taqdirlandilar.

O‘tkazilgan tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Tog‘ayev, MOQ viloyat bo‘linmasi ijrochi direktori E. Vahidov, Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori A.Raximov, markaz xodimlari, sport murabbiylari, trenerlar hamda o‘quvchi-sportchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan quyidagilar taqdirlandilar:

🏅 Shoyiqulov Jobirjon Jononovich – Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi sport yutuqlari sho‘basi boshlig‘i;

🏅 Hayitov Sobir Baratovich – Xalq ta’limi a’lochisi, stol tennisi murabbiyi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍5
🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan trenerlar va sportchilar taqdirlandi

Ma’lumki, har bir sportchining yutug‘i ortida fidokor murabbiylarning mashaqqatli mehnati mujassam. Shu munosabat bilan bugun Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan bayram tadbirida sport sohasida samarali faoliyat yuritayotgan murabbiylar, trenerlar hamda xalqaro va respublika musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan o‘quvchi-sportchilar e’tirof etildi.

Tadbir davomida ularning mehnati markaz rahbariyati tomonidan munosib qadrlanib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
2025/10/27 16:09:33
Back to Top
HTML Embed Code: