Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Qadrli, sport ixlosmandlari!

Polvonlar yurti, Qashqadaryo yana yirik Xalqaro turnirga mezbonlik qiladi!!!

⚡️2025-yil 2–5-oktabr kunlari — Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida tarixda ilk bor! Kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun 1-Xalqaro “KARSHI OPEN” turniri bo‘lib o‘tadi!

📝Arizalar qabul qilish muddati 1-oktabrga qadar davom etadi. Ushbu turnir Xalqaro sport kurashlari talablari asosida tashkil etiladi!

🤼‍♂️ Polvonlar quyidagi vazn toifalarida gilamga tushishadi:
🔹Yunon-rim (erkaklar): 60, 67, 77, 87, 97, 130 kg (+2 kg)
🔹Erkin kurash (erkaklar): 57, 65, 74, 86, 97, 125 kg (+2 kg)
🔹Ayollar kurashi: 50, 53, 57, 62, 68, 76 kg (+2 kg)


💰Turnir mukofot jamg‘armasi:

🥇 — 10 mln so‘m + medal, diplom
🥈 — 5 mln so‘m + medal, diplom
🥉 — 3 mln so‘m + medal, diplom


🔥 Hayajonli, shiddatli va murosasiz bahslarini o‘tkazib yubormang! Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

G‘alaba uchun gilamga chiq!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Ilya Sibirtsev – Osiyo chempionatining ikki karra kumush medali sohibi

Suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining suzish bahslarining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirtsev 800 metrga erkin usulda suzishda 8:00.37 natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu sovrin Ilyaning joriy chempionatlardagi ikkinchi kumush medalidir. Shuningdek, u avvalroq 1500 metrga erkin usulda suzishda 15:23,35 natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi Ilya Sibirtsevni kuchli o‘yini bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun 1-Xalqaro “KARSHI OPEN” turniri. 1-KUN

👉 JONLI EFIR👈

🔥 Hayajonli, shiddatli va murosasiz bahslarini o‘tkazib yubormang! Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

G‘alaba uchun gilamga chiq!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari keng ko‘lamda davom etmoqda

Qashqadaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari davom etmoqda.

Mazkur tadbirlar barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Jumladan, viloyatning Qarshi, Kasbi, Koson, Nishon, G‘uzor, Muborak tumanlari hamda Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi umumta’lim maktablarida ham “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar 9 ta sport turlarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Мубораклик спортчилар халқаро мусобақаларда юксак натижа қайд этишди.

Россия Федерациясининг Қозон шаҳрида бўлиб ўтган халқаро турнирда Муборак туманидан спортчилар муносиб иштирок этишиб, жами 4 та олтин, 2 та кумуш ва 2 та бронза медалларини қўлга киритишди.

Бундан ташқари, спортчиларимиз Россиянинг Самара шаҳрида 10 кунлик ўқув-йиғин машғулотларида ҳам иштирок этиб, ўз маҳоратларини оширишди. Бу эса келажакдаги йирик мусобақаларда янада юқори марраларни эгаллаш учун мустаҳкам замин яратди.

Медаллар Муборак бўлсин !
🔥2
2025/10/27 16:09:29
Back to Top
HTML Embed Code: