⚡️ SOG‘LOM HAYOT SARI BIRGALIKDA QADAM TASHLAYMIZ!
Bugun Shahrisabz shahrida “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” va “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalariga start berildi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi hamda Viloyat sport boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Shahrisabz shahrining tarixiy markazi bo‘ylab tashkil etilgan marafon sport bayrami ruhida, yuqori kayfiyatda o‘tmoqda.
🟢 Sog‘lom hayot sari birgalikda intilamiz!
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

🏃♂️ Joriy marafonda jami 4150 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Jumladan:
“Eco - Save Aral - 2025” yo‘nalishida — 2600 nafar,
“Talaba-yugur” yo‘nalishida — 750 nafar,
“O‘quvchi-yugur” yo‘nalishida — 800 nafar ishtirokchi yugurmoqda
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi hamda Viloyat sport boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Shahrisabz shahrining tarixiy markazi bo‘ylab tashkil etilgan marafon sport bayrami ruhida, yuqori kayfiyatda o‘tmoqda.
🟢 Sog‘lom hayot sari birgalikda intilamiz!
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
⚡️ Ommaviy yugurish musobaqasi davom etmoqda
Shahrisabz shahrida “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” va “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari davom etmoqda.
Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Viloyat Yo‘l patrul xizmati, Milliy gvardiya hamda Viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan zarur choralar ko‘rildi.
Musobaqaning tashkiliy ishlarida Shahrisabz shahar hokimligi, Viloyat sport boshqarmasi mas’ullari, Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tayinlangan malakali hakamlar jamoasi faol ishtirok etib, bellashuvlarning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashdi.
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Shahrisabz shahrida “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” va “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari davom etmoqda.
Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
❗️ Musobaqa boshlanishi oldidan shaffoflikni ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim muassasalari talabalari FaceID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi.

👍1