Telegram Web Link
Forwarded from Sport vazirligi
“Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda — adaptiv sportning oʼrni” mavzusidagi oʼquv-amaliy seminar qizgʼin tarzda davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan, Sport vazirligi hamda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar filiali hamkorligida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda adaptiv sportning oʻrni” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi boshligʼi Muzaffarxoʼja Raxmatxoʼjaev “Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirishda adaptiv jismoniy tarbiya va inklyuziv sport yoʼnalishlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalari” mavzusida maʼruza qildi.

Taqdimot davomida mamlakatimizda adaptiv va inklyuziv sportni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar, sport maktablarining bu jarayondagi oʼrni hamda kelgusidagi vazifalar xususida atroflicha maʼlumot berildi. Ishtirokchilar sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, seminar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalariтш joriy etish va raqamlashtirish boʼlimi boshligʼi Navruz Shoymordanov “Sport taʼlim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda raqamlashtirish jarayoni: ‘ERP Sport elektron tizimi orqali boshqaruv va ijtimoiy integratsiya masalalari” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruza davomida sport taʼlimi tizimida raqamlashtirishning ahamiyati, elektron boshqaruv orqali samaradorlikni oshirish va jamoaviy faoliyatni takomillashtirish masalalariga alohida toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, “ERP Sport” tizimining amaliyotdagi imkoniyatlari va uning ijtimoiy integratsiyaga qoʼshayotgan hissasi haqida ham keng maʼlumot berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
🏓 Qarshi shahrida U17 yosh toifasida stol tennisi chempionati bo‘lib o‘tadi

🗓 10-oktabr kuni Qarshi shahridagi Stol tennisi markazida (Monomarkaz, 2-qavat) sportning stol tennisi turi bo‘yicha U17 yosh toifasida Qashqadaryo viloyat chempionati o‘tkaziladi.

Musobaqada viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli raketka ustalari ishtirok etishadi.

Maqsad — yosh raketka ustalarining tajribasini oshirish, ularni respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash, hamda viloyatda stol tennisi sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirishdir.


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlanadi.

📣 Barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni musobaqani yoritishda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Stol tennisi — tezlik, aniqlik va qat’iyat sporti! Yosh chempionlar, zarbalaringiz doimo aniq, g‘alabalaringiz ketma-ket bo‘lsin!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 SOG‘LOM HAYOT SARI BIRGALIKDA QADAM TASHLAYMIZ!

“Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” va “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari g‘olib va sovrindorlaridan intervyu

🗓 06.10.2025-yil
📍Shahrisabz shahri.


🟢 Sog‘lom hayot sari birgalikda intilamiz!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
#YangiJihozlar #YangiMarralarSari #SportJihozlari

Yangi jihozlar – yangi marralar sari!


O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan yengil atletika sport turini yanada rivojlantirish, yosh sportchilarni tayyorlash hamda sport infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi tizimidagi bir qator sport ta’lim muassasalariga zamonaviy sport jihozlari topshirildi.

Mazkur sport anjomlari Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Viloyat sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, G‘uzor tuman Olimpiya va milliy sport turlariga Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, shuningdek Shahrisabz tuman sport maktabiga topshirildi.

Taqdimot marosimida viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, MOQ hududiy bo‘limi ijrochi direktori Erkin Vahidovlar ishtirok etib, sportchilar va murabbiylarga yangi jihozlar sportdagi yutuqlarni yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2👏2
🏐 Chiroqchida voleybol bahsi — tuman IIB kubogi uchun!

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida tuman IIB kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumandagi 10–11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z jamoalari sharafi uchun kurash olib bordilar.

Ushbu bellashuv yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sport ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 💪

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🏆3
2025/10/22 03:17:27
Back to Top
HTML Embed Code: