Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
WAKO Jahon Kubogi 2025 — yakunlandi!
Bugun Toshkent yana bir bor jahon sport tarixida yorqin sahifa yozdi


🌍 50 dan ortiq davlat
🥊 3000 dan ziyod sportchi
💥 Minglab tomoshabinlar

Ushbu katta sport bayrami orqali biz nafaqat kuch va mahoratni, balki do‘stlik, birlik va sport ruhini namoyon etdik.

🤝 Minnatdorchilik:
Bosh homiy — International Beverages Tashkent (PepsiCo)
Va albatta, WAKO — ishonch va hamkorlik uchun!

🙏 Barcha sportchilar, murabbiylar, tashkilotchilotchilar, volontyorlar va tomoshabinlarga tashakkur!

Toshkent sizni yana kutadi!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
“15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan sport sinovlari tashkil etildi

Joriy yilning 15-oktabr kuni “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida xotin-qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jismoniy faollikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
⚡️Qarshi shahrida aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport sinovlari tashkil etildi

Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan yuqori yoshdagi erkaklar hamda ayollar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sport sinovlari o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 60, 400 va 1000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, basketbol to‘pini masofadan savatga tushirish, gimnastika o‘rindig‘ida tizzalarni bukmasdan oldinga egilish hamda yerga tayanib qo‘llarni bukib yozish mashqlarini bajarishdi.


Mazkur sinovlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

🔹 Tadbir Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
2025/10/20 02:36:42
Back to Top
HTML Embed Code: