Telegram Web Link
🥈 Qashqadaryolik sportchi xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi!

🇦🇿 2025-yil 25–26-oktabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan U-17 IV International Education Judo Cup musobaqasida Qashqadaryolik dzyudochi Madinabonu Po‘latova 70 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egalladi!

👏 Yosh sportchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalarni tilaymiz! 🇺🇿

#Judo #QashqadaryoSport #YouthJudo #Azerbaijan2025 #MadinabonuPolatova #SportYutuqlari

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Forwarded from Judo Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋📹O‘zbekiston dzyudo federatsiyasidan Xalqaro dzyudo kuniga maxsus video rolik

O‘zbekistonda dzyudo rivojlanib, ommalashib bormoqda. Mahorat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan iroda avloddan-avlodga meros bo‘lib qolmoqda. Barchangizni Xalqaro dzyudo kuni bilan tabriklaymiz! Uch avlod vakillari - Andrey Shturbabin, Davlat Bobonov va yosh dzyudochilarimiz ishtirokidagi ushbu ijod mahsuli sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz!

На татами встречаются три поколения узбекского дзюдо: легендарный тренер Андрей Штурбабин, олимпиец Давлат Бобонов и наши юные таланты. Дзюдо в Узбекистане продолжает расти и развиваться, передавая мастерство, стойкость и волю к победе от поколения к поколению. Поздравляем всех с Международным днём дзюдо!

Оbuna bo'ling👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bahrayn 2025 | Og'ir Atletika


🐃 Og‘ir atletika

▶️  Jonli efir

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🥋 28-oktabr — Xalqaro Dzyudo kuni!

Bugun Qarshi shahar Olimpiya va MSTBDI maktab-internati jamoasi ushbu bayramni ko‘tarinki ruhda nishonladi.
Yosh dzyudochilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, sportga bo‘lgan muhabbat va sadoqatlarini ifoda etdilar! 🇺🇿

🔹 28-oktabr tom ma’noda dzyudo sport turining tug‘ilgan kuni hisoblanadi.
Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano 1860-yil 28-oktabr kuni dunyoga kelgan.
2011-yildan buyon Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi (IJF) har yili bayramga shior belgilab keladi.

🕊 Bu yilgi shior — “Tinchlik”.
Garchi bitta so‘zdan iborat bo‘lsa-da, uning zamirida insonparvarlik, do‘stlik va o‘zaro hurmat g‘oyalari mujassam.
Dzyudo — bu nafaqat sport, balki hayot maktabi hamdir! 💪

#DzyudoKuni #QarshiOlimpiyaMaktabi #Tinchlik #IJF #SportHayotTarzi

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👏2
🏐 Kosonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Maktablar ligasi” musobaqalari davom etmoqda!

Koson tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Maktablar ligasi” sport musobaqalarining "Voleybol” turi bo‘yicha tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar Koson tuman 1-son sport maktabida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faol va iqtidorli o‘quvchilari o‘z jamoalari bilan g‘alaba uchun kurash olib bordilar.

🥇 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa endilikda viloyat bosqichida tuman sharafini munosib himoya qiladi.

Tumanning iqtidorli o‘quvchilariga keyingi bosqichda katta zafarlar va ulkan omad tilaymiz!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
2025/10/29 08:00:31
Back to Top
HTML Embed Code: