Telegram Web Link
Forwarded from Sport vazirligi
Ommaviy va professional sportni rivojlantirish masalalari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi

Sport vaziri A.Ikramov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ommaviy va professional sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib chiqish maqsadida Qashqadaryo viloyatidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ommaviy va professional sportni rivojlantirish, sport maktablariga iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish qamrovini kengaytirish, sport normativlarini topshirishni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy o‘tgan yig‘ilishda Prezident tomonidan sport sohasida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu borada ayrim hududlar rahbarlari ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganligi, eng quyi bo‘g‘inlarda ishlar yetarli tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tilib, tegishli mas’ullarga nisbatan navbatdagi intizomiy choralar qo‘llanildi.

Yig‘ilishda mas’ullarning bu borada amalga oshirilgan ishlari, sohada mavjud kamchiliklari yuzasidan hisobotlari tinglanib, aniqlangan masalalar va kelgusi vazifalari belgilab berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#badiiy_gimnastika

🔴LIVE. QASHQADARYO VILOYATIDA BADIIY GIMNASTIKA BO'YICHA O'ZBEKISTON CHEMPIONATI O‘TKAZILMOQDA.

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-18 may kunlari viloyat gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sport zalida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan jami 73 ta yakkalik hamda 96 nafar o‘smir qizlar jamoaviy bahslarda ishtirok etmoqda. Jamoaviy bahslarda Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlaridan 2 tadan jamoalar qatnashishmoqda.

Sportchi qizlarning mashg‘ulotlar jarayonida orttirgan tajribalari ushbu yirik musobaqalar orqali sinovdan o‘tmoqda. Sportchilarning badiiy chiqishlarini Milliy va Xalqaro toifadagi hakamlar baholab bormoqda.

Eslatib o‘tamiz musobaqa 18-mayga qadar davom etadi.

Bizni kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
Forwarded from Sport vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ParalympicUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
#beshtashabbusolimpiadasi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Armrestling" musobaqasi sektor bosqichiga start berilmoqda!

Quyidagi havolalar orqali musobaqaning sektor bosqichi o'tkazilish manzillari, sanasi va vaqti bilan tanishishingiz mumkin:

1️⃣ Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2️⃣ Andijon viloyati;
3️⃣ Buxoro viloyati;
4️⃣ Farg’ona viloyati;
5️⃣ Jizzax viloyati;
6️⃣ Namangan viloyati;
7️⃣ Navoiy viloyati;
8️⃣ Qashqadaryo viloyati;
9️⃣ Samarqand viloyati;
1️⃣0️⃣ Sirdaryo viloyati;
1️⃣1️⃣ Surxondaryo viloyati;
1️⃣2️⃣ Toshkent viloyati;
1️⃣3️⃣ Toshkent shahri;
1️⃣4️⃣ Xorazm viloyati;

Eslatma: Armrestling sport musobaqalarining sektor bosqichi 16-20- may kunlari bo'lib o'tadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#sambo
#osiyo_okeaniya_chempionati

QASHQADARYOLIK POLVONLAR SAMBO BO‘YICHA OSIYO -OKEANIYA CHEMPIONATIDA ZAFAR QUCHISHDI.

Joriy yilning 11-18-may kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida Sambo bo‘yicha Yoshlar, o‘smirlar, kadetlar va o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu yirik musobaqada Qashqadaryolik sambochilar ham munosib ishtirok etmoqda. Ular tomonidan musobaqa bahslarida hozirgagi kungacha erishilgan natijalar bilan tanishing:

🥇- Nurillayeva Vazira 41 kg;
🥇- Nomozova Diyora 47kg;
🥇- O‘roqova Gulsevar 54 kg;
🥇- Amrullayeva Zebuniso 54 kg;
🥉- Diyorova Dildora 65 kg;
🥈- Boboqulova Feruza 65 kg;
🥇- Aralova Mohinur 80 kg;
🥉- Abloqulov Sanjar 88 kg.


👏Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan samimiy qutlaymiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
2024/06/01 02:16:19
Back to Top
HTML Embed Code: