Telegram Web Link
Forwarded from Sport vazirligi
🗣 “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi o‘tkazildi

💬 Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida joylashgan Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbida o‘zbekistonlik chavandozlar bilan xorijiy davlatlardan jumladan, Ispaniya va Xitoy davlatlaridan kelgan 100 nafarga yaqin sayyohlar hamda OAV xodimlari tashrif buyurishdi.

📑 Sayyohlarda Qorabayir otlari, Samoviy arg’umoqlar hamda O‘zbekiston otlarining qay darajada parvarishlanishi katta taassurot qoldirdi.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Sport vazirligi
Kamondan va para kamondan otish sport turi bo'yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi

Bugun Farg‘ona viloyati futbol maktabida kamondan va para kamondan otish sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida O‘zbekiston kubogi musobaqalariga tantanali start berildi

Mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan yetib kelgan tajribali sportchilar va yosh iste’dod egalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqalar quyidagi masofalarda tashkil etilgan:

70 metr – kattalar (erkaklar va ayollar), yoshlar (o‘g‘il va qizlar);
60 metr – o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar);
30 metr – kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar).

Bellashuvlar 27-sentabr kuniga qadar davom etib, eng kuchli sportchilar aniqlanadi va ular O‘zbekiston kubogi sovrindorlari sifatida taqdirlanadilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jarayon” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Qashqadaryo viloyat Stol tennisi federatsiyasi faoliyatiga bag‘ishlanadi

Qashqadaryo viloyatida stol tennisi sportiga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar soni sezilarli darajada ko‘paymoqda.

Viloyatning turli hududlarida tashkil etilgan sport maktablari va to‘garaklarda yuzlab o‘quvchilar muntazam shug‘ullanib, o‘z mahoratini oshirmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, stol tennisi nafaqat jismoniy chiniqish, balki tezkorlik va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryolik yosh iste’dodlar bugungi kunda nafaqat respublika, balki xalqaro musobaqalarda ham munosib natijalarni qayd etmoqda. Bu jarayon, albatta, sportning ommalashishida, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishida va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishida muhim o‘rin tutmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🔥3🏆1
Forwarded from Sport vazirligi
Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala, Gyandja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada 9 ta MDH davlati hamda 15 ta taklif etilgan davlatdan
23 ta sport turi bo‘yicha 3 500 nafardan ortiq sportchilar 246 ta jamlanma medallar uchun bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun: MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi.

2021 yil Qozon shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tgan I MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari 18 ta sport turidan 168 nafar sportchilar bilan ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 90 ta medal, shundan 23 ta oltin, 32 ta kumush va 35 ta bronza medallariga ega chiqib umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagan.

2023 yil Minsk, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Mogilyov, Jlobin, Molodechno, Orsha, Soligorsk shaharlarida (Belarus) bo‘lib o‘tgan II MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari 22 ta sport turidan 326 nafar sportchilar bilan ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 106 ta medal, shundan 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza medallariga ega chiqib umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan.


Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 28-sentyabr kuni Gyandja shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur musobaqada 23 ta sport turi bo‘yicha 254 nafar sportchilar ishtirok etadi.

Musobaqalar jadvaliga muvofiq bugun sportchilarimiz stol tennisi bahslarida ishtirok etishmoqda.

MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarining rasmiy maskoti Babir va Leyla (kavkaz leopardlari) nomi bilan tanishtirildi.

Babir va Leyla - Kavkaz leopardlari qiyofasida yaratilgan g'ayratli va do'stona maskotlar bo'lib, ular Ozarbayjon ruhi, boy tabiati, kuchi va mehmondo'stligining yorqin timsoli sifatida gavdalantirilgan.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Audio
#radiodan_gapiramiz 📻

“Besh tashabbus” – yoshlar sog‘lom turmush tarzi sari

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda “Besh tashabbus” loyihasining ahamiyati haqida suhbatlashdik.

Ushbu tashabbus doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalari yuzasidan Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi etno sport turlarini rivojlantirish va sport normativlarini o‘tkazish sho‘basi boshlig‘i Muzaffar Hayitov fikr bildirdi.

📝 Suhbatni jurnalist Shahlo O‘qoqova tayyorladi.

FM 102.3 Oltin voha radiosi ijtimoiy kanallarida tinglashingiz mumkin.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
2025/10/29 07:49:20
Back to Top
HTML Embed Code: