Telegram Web Link
Qashqadaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Qarshi shahridagi 9 hamda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari boshlandi.

Mazkur olimpiada davomida yoshlar sportning 9 ta turi va “Quvnoq startlar” shartlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Ushbu musobaqalar o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, raqobat muhitini shakllantirish, ularning iste’dod va iqtidorini yuzaga chiqarish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” yosh avlodni sportga keng jalb etish, jismoniy va ma’naviy barkamollikka erishishida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Qashqadaryoda “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir 15-sentabrdan 15-oktabrgacha o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida o‘tkazildi.

Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish hamda yong‘inlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sport boshqarmasi rahbar va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda YoPB mas’ullari ishtirok etishdi. Tadbirda ko‘rgazmali slayd materiallari asosida tushuntirishlar berildi, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Qarshida “O‘zbekneftgaz-2025” stol tennisi chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Qarshi shahridagi “Geolog” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida “O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparati, boshqarmalar, zavod hamda tizimidagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari (erkaklar va ayollar) o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “O‘zbekneftgaz-2025” chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sport orqali jamoaviylik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

🔹 Chempionatda yuzlab xodimlar faol ishtirok etmoqda. Ular guruh bosqichlari va final bellashuvlarida o‘z mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
2025/10/27 16:14:45
Back to Top
HTML Embed Code: