Telegram Web Link
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kurash mahorat maktabi faol xodimlari e’tirof etildi

Qarshi shahar Kurash mahorat maktabida ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda sport sohasida fidokorona mehnat qilayotgan murabbiy va xodimlar faoliyati alohida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida ularning mehnati maktab rahbariyati tomonidan munosib qadrlanib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi..

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍4
🎉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!

Hurmatli ustozlar, murabbiylar va sport ta’lim muassasalari xodimlari!

Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklayman!
Yosh avlodni sog‘lom, vatanparvar va barkamol etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiqdir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kasbiy faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar!

Hurmat bilan,
Vahob Ro‘ziyev
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i
🔥2👏2🎉1
Forwarded from Sport vazirligi
Sport sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri birinchi o‘rinbosari Odes Baysultanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik sport tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala yuzasidan tadbirda ishtirok etgan Boshqirdiston Respublikasi Hukumati Bosh vazir o‘rinbosari – Sport vaziri Ruslan Xabibov ham ma’lumot berdi.

Uchrashuvda Adkham Ikramov tomonidan Oʻzbekistonda sport sohasida erishilgan yutuqlar, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻz navbatida Rossiya Davlat Dumasi deputati Rima Batalova O‘zbekiston sportida erishilgan yutuqlardan zavqlanganligini alohida ta’kidladi.

Tashrif doirasida mehmonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tanishib, sport infratuzilmasi, zamonaviy majmualar va yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Qadrli, sport ixlosmandlari!

Polvonlar yurti, Qashqadaryo yana yirik Xalqaro turnirga mezbonlik qiladi!!!

⚡️2025-yil 2–5-oktabr kunlari — Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida tarixda ilk bor! Kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun 1-Xalqaro “KARSHI OPEN” turniri bo‘lib o‘tadi!

📝Arizalar qabul qilish muddati 1-oktabrga qadar davom etadi. Ushbu turnir Xalqaro sport kurashlari talablari asosida tashkil etiladi!

🤼‍♂️ Polvonlar quyidagi vazn toifalarida gilamga tushishadi:
🔹Yunon-rim (erkaklar): 60, 67, 77, 87, 97, 130 kg (+2 kg)
🔹Erkin kurash (erkaklar): 57, 65, 74, 86, 97, 125 kg (+2 kg)
🔹Ayollar kurashi: 50, 53, 57, 62, 68, 76 kg (+2 kg)


💰Turnir mukofot jamg‘armasi:

🥇 — 10 mln so‘m + medal, diplom
🥈 — 5 mln so‘m + medal, diplom
🥉 — 3 mln so‘m + medal, diplom


🔥 Hayajonli, shiddatli va murosasiz bahslarini o‘tkazib yubormang! Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

G‘alaba uchun gilamga chiq!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Ilya Sibirtsev – Osiyo chempionatining ikki karra kumush medali sohibi

Suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining suzish bahslarining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirtsev 800 metrga erkin usulda suzishda 8:00.37 natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu sovrin Ilyaning joriy chempionatlardagi ikkinchi kumush medalidir. Shuningdek, u avvalroq 1500 metrga erkin usulda suzishda 15:23,35 natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi Ilya Sibirtsevni kuchli o‘yini bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun 1-Xalqaro “KARSHI OPEN” turniri. 1-KUN

👉 JONLI EFIR👈

🔥 Hayajonli, shiddatli va murosasiz bahslarini o‘tkazib yubormang! Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

G‘alaba uchun gilamga chiq!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
2025/10/27 05:03:43
Back to Top
HTML Embed Code: