Telegram Web Link
🤼‍♂️ Sport kurashlari bo‘yicha “QARSHI OPEN-2025” I-Xalqaro turniriga start berildi!

Bugun Qarshi shahrida tarixda ilk bor kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun I-Xalqaro “QARSHI OPEN-2025” turniri o‘z startini oldi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, sportchilar va mehmonlarni qutladi. Hokim o‘z so‘zida musobaqaning sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.

Mazkur nufuzli musobaqada 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etmoqda. Turnir Xalqaro sport kurashlari federatsiyasi talablari asosida tashkil etilgan.

Ayni paytda gilamda yunon-rum kurashi yo‘nalishida bahslar davom etmoqda. Ertaga esa musobaqalar erkin kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida davom ettiriladi.

Turnir davomida sportchilar g‘alaba sari intilish, matonat va mahoratlarini namoyish etishadi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyat!

Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan sambo sport turi bo‘yicha jahon chempionatida Yakkabog‘ tumanidagi 1-sonli sport maktabi tarbiyalanuvchisi Mohinur Aralova o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

🏅 Ushbu yutuq sportchimizning mehnatsevarligi, sabr-toqati va ustozlarining samarali murabbiyligi natijasidir.

Ajoyib natija bilan Mohinur Aralovani va uning murabbiylarini tabriklaymiz! 🎉🇺🇿

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
🤼‍♂️ “QARSHI OPEN-2025” I-Xalqaro turniri

📸Musobaqaning yorqin lahzalaridan fotogalereya

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
2025/10/26 07:27:18
Back to Top
HTML Embed Code: