Telegram Web Link
🇺🇿 Koson tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi sport sinovlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK–5148-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-oktabr kuni Koson tuman sport maktabida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida sport sinovlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tuman aholisi faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini yugurish, turnikda tortilish, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir jarayonida sport mutaxassislari ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzining foydalari, to‘g‘ri ovqatlanish va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Sport sinovlarining o‘tkazilishi aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni hayot mezoniga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🥇 Markaz sportchilari para sport turlarida yuqori natijalarga erishmoqda

Joriy yilning 18–23 oktabr kunlari Toshkent viloyatida sportning para yengil atletika turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur musobaqada Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining para yengil atletika boʻlimi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

🏅 Jumayev Arsen – 11-sinf oʻquvchisi, 1-oʻrin
🥈 Xalilov Sardor – 1-kurs oʻquvchisi, 2-oʻrin
🏅 Ismatillayev Sarvar – 2-kurs oʻquvchisi, 1-oʻrin


Markazda para sport turlari boʻyicha o‘quvchilar muntazam tarzda yuksak natijalarga erishib, o‘z mahoratlarini namoyon etib kelmoqdalar.

Gʻolib sportchilarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿👏

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
Mirishkor tumanida “Quvnoq startlar” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

2025-yil 21-oktabr kuni Mirishkor tuman sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Quvnoq startlar” turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

1–2 hamda 3–4-sinflar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur bellashuvda ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik hamda jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Musobaqa davomida bolalar o‘zlarining g‘ayrati, shijoati va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yorqin ifoda etdilar.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
2025/10/31 13:33:51
Back to Top
HTML Embed Code: