Telegram Web Link
“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim!” shiori ostida sport ruhi, harakat va irodani birlashtirgan tadbir bo‘lib o‘tdi!

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari ishtirok etgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yoshlar o‘z kuchini, chaqqonligini va qat’iyatini sinovdan o‘tkazdi.

Sport sinovlarining asosiy maqsadi — talabalarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, jismoniy chiniqish va sportni kundalik hayot tarziga aylantirishdir.

Mazkur tadbir:
-talabalarda sog‘lom hayot ko‘nikmalarini shakllantirish,
-jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish,
-Vatanga sadoqat ruhini yuksaltirish hamda Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlarni tayyorlashga xizmat qildi.

Har bir harakat — sog‘lom hayot sari! Har bir qadam — g‘alaba sari!


Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 30 октября примет участие в церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО), которая пройдет в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #Samarqand #UNESCO #43sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🏃‍♂️ Qarshi shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida “Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa 7–11-sinf oʻquvchilari o‘rtasida yengil atletika (100 m yugurish), mini futbol, voleybol va shashka turlari bo‘yicha tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

🥇 G‘olib jamoalar va faxrli o‘rin sohiblari diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida sportning inson salomatligi hamda barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

⚡️ Ushbu musobaqa — nafaqat bellashuv, balki do‘stlik, hamkorlik va sog‘lom turmush sari chorlov bo‘ldi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬“Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🥇 Qashqadaryolik sportchi Dilnura Xoldorova oltin medalni qoʻlga kiritdi

-77 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tgan dast ko’tarish bahslari yakuniga yetdi. Unda Dilnura Xoldorova ishonchli va aniq harakatlar bilan 93 hamda 95  kilogrammli toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tardi.

Natijada u musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi!

Endi navbat — siltab ko‘tarish bahslariga!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
2025/10/31 11:58:47
Back to Top
HTML Embed Code: