Telegram Web Link
🇺🇿 Nishon tumanida sport sinovlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK–5148-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-oktabr kuni Nishon tuman sport maktabida 30–70 yoshli aholi o‘rtasida sport sinovlari qabul qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur tadbir aholida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqishni oshirish hamda faol hayot tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Forwarded from Sport vazirligi
"Rahbar  kubogi" musobaqasi respublika bosqichi boshlandi

Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Rahbar kubogi" sport musobaqasining respublika bosqichi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi viloyat hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Qayum Sobirov hamda sport boshqarmalar rahbarlari, vazirlik va viloyat jamoalari tarkibi, hakamlar, sportchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan taʼkidlanganidek, ushbu musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, soha xodimlarining ijtimoiy faolligi va jamoaviyligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

Vazirlik hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlaridan iborat 15 ta jamoa "Rahbar kubogi" uchun ikki kun davomida qizg‘in bahs olib borishadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2
Qarshi tumanida yangi street vorkout maydonchasi foydalanishga topshirildi
*
🟦Qarshi tumanida sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu doirada Batosh mahallasi hududidagi 71-sonli maktabda zamonaviy street vorkout maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Bexruz Murodov, tuman sport bo‘limi boshlig‘i, mutasaddi rahbarlar hamda yosh sportchilar ishtirok etishdi.

📌 Mazkur sport inshooti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to‘plash loyihasi doirasida barpo etilgan bo‘lib, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va ularni sportga keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratadi.
2025/10/19 02:16:47
Back to Top
HTML Embed Code: